2 Samuel 17:27 — Compare Translations
2 translations compared side by side
Uzbek 2016 (UZB) (Муқаддас Китоб)
null
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
[27-29] Dovud Moxanayimga borganda, uni bir necha odam kutib turishardi. Ular Ommonlarning Rabba shahridan Naxosh o‘g‘li Sho‘vi, Lo‘davor shahridan Omiyol o‘g‘li Moxir va Ro‘g‘olim shahridan Giladlik Borzulay edilar. Ular, odamlar cho‘lda toliqqan, och qolib, chanqagandir, deb Dovud bilan uning odamlariga ko‘rpa–to‘shaklar, kosalar, sopol idish–tovoqlar, bug‘doy, arpa, kepakli un, qovurilgan don, loviya, yasmiq doni, asal, suzma, qo‘y, pishloq olib kelishgan edi.