Ezekiel 43:14 — Compare Translations
2 translations compared side by side
Uzbek 2016 (UZB) (Муқаддас Китоб)
null
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
[14-17] Qurbongoh uch qismdan iborat bo‘lishi shart. Har bir qism to‘rt burchak shaklida bo‘lsin. Qurbongoh quyi qismining balandligi ariqchaning tubidan o‘lchaganda 2 tirsak, har bir tomonining uzunligi 16 tirsak bo‘lsin. Ikkinchi qismining balandligi 4 tirsak, har bir tomonining uzunligi 14 tirsak bo‘lsin. Bu qismning aylanasiga tarnov qilinsin. Tarnovning eni yarim tirsak, tarnov chetining balandligi 1 tirsak bo‘lsin. Qurbongohning yuqori qismida qurbonliklar kuydiriladi. Bu qismning balandligi 4 tirsak, har bir tomonining uzunligi 12 tirsak bo‘lsin. Uning to‘rtala burchagidan shoxlar chiqib tursin. Qurbongohga sharq tomondan, zinapoyalar orqali chiqiladigan bo‘lsin.