bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Kings 17
1 Kings 17
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 16
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 18 →
1
Giladning Tishba shahridan bo‘lgan Ilyos Axabga dedi: — Men xizmat qilayotgan Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shohid! Men aytmagunimcha, shu yillarda na shudring tushadi, na yomg‘ir yog‘adi.
2
Ilyosga Egamiz shu so‘zlarni ayon qildi:
3
— Bu yerdan ket, sharq tomonga bor. Iordan daryosi sharqidagi Xarit jilg‘asi yonida berkinib ol.
4
Sen o‘sha jilg‘aning suvidan ichasan, qarg‘alarga amr berdim: ular seni boqishadi.
5
Ilyos Egamizning amriga binoan, bu yerdan ketdi. Iordan daryosining sharqidagi Xarit jilg‘asiga borib, o‘sha yerda qoldi.
6
Qarg‘alar unga ertalab ham, kechqurun ham non va go‘sht olib kelishar, o‘zi esa daryochaning suvidan ichardi.
7
Butun yurt bo‘ylab yomg‘ir yog‘madi, oradan bir necha kun o‘tgach, daryocha ham qurib qoldi.
8
Keyin Ilyosga Egamiz shu so‘zlarni ayon qildi:
9
— Tur o‘rningdan! Sidondagi Zorafat shahriga borib, o‘sha yerda yasha. Shu shaharda yashaydigan bir beva ayolga amr etdim, u seni boqadi.
10
Ilyos Zorafatga jo‘nadi. Shahar darvozasi oldiga yetib borgach, qarasa, bir ayol o‘tin terib yuribdi. Ilyos ayolni chaqirib, unga dedi: — Iltimos, menga ichgani idishda ozgina suv bersangiz.
11
Ayol suvga ketayotgan edi, uni yana chaqirib aytdi: — Iltimos, menga bir burda non ham ola keling.
12
Ayol dedi: — Egangiz Xudo shohid! Uyimda non uvog‘i ham yo‘q, faqat xumda bir hovuch un va xurmachada ozgina zaytun moyi bor, xolos. Ikki–uchta tarasha o‘tin terib olsam, borib, o‘zim va o‘g‘lim uchun nimadir tayyorlagan bo‘lardim. Bu oxirgi yeguligimiz bo‘ladi. Balki keyin o‘lib ketarmiz.
13
Ilyos ayolga dedi: — Qo‘rqmang, boravering, yegulikni tayyorlayvering. Faqat oldin o‘sha un va moydan kulcha qilib, menga olib kelib bering. O‘zingizga va o‘g‘lingizga esa keyin qilarsiz.
14
Binobarin, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: “Men yer uzra yomg‘ir yog‘dirmagunga qadar, xumdagi un tamom bo‘lmas, xurmachadagi moy ham tugamas.”
15
Ayol borib, Ilyosning aytganlarini qildi. Shundan keyin Ilyos bilan birga, ayolning oilasi uchun ko‘p kunlarga yetadigan yegulik bo‘ldi.
16
Egamizning Ilyos orqali aytganlariga binoan, xumdagi un ham tamom bo‘lmadi, xurmachadagi moy ham tugamadi.
17
Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, xonadon sohibasi — ayolning o‘g‘li kasal bo‘lib qoldi. U shunchalik og‘ir dardga yo‘liqdiki, oxiri jon berdi.
18
Ayol Ilyosga dedi: — Mendan nima istaysiz, ey, Xudoning odami? Siz gunohlarimni Xudoga eslatgani va o‘g‘limning o‘limiga sababchi bo‘lgani kelibsiz–da?!
19
Ilyos ayolga: “Menga bering o‘g‘lingizni!” — deb bolani ayolning quchog‘idan oldi, uni o‘zi istiqomat qiladigan boloxonaga olib chiqib, to‘shakka yotqizdi.
20
So‘ngra Egamizga xitob qildi: — Ey, Egam Xudo! Men shu beva ayolning mehmoniman. Nahot, uning o‘g‘lini nobud qilib, boshiga kulfat yog‘dirsang?!
21
Ilyos bolaning ustiga uch marta cho‘zilib, keyin Egamizga yana xitob qildi: — Ey, Egam Xudo! Iltijo qilaman, bu bolaga qaytadan jon ato et!
22
Egamiz Ilyosning iltijosini eshitdi. U bolaga qaytadan jon ato etib, tiriltirdi.
23
Ilyos bolani boloxonadan uyga olib tushdi, uni onasiga berib: “Qarang, o‘g‘lingiz tirik!” — dedi.
24
Ayol esa Ilyosga: — Endi bildim: siz Xudoning odami ekansiz, — dedi. — Egamiz chindan ham siz orqali gapirar ekan.
← Chapter 16
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 18 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22