bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Thessalonians 1
1 Thessalonians 1
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 2 →
1
Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masihning Salonika shahridagi imonlilar jamoatiga Pavlus, Sila va Timo‘tiydan salom! Xudoning inoyati va tinchligi sizlarga yor bo‘lsin.
2
Biz doim sizlar uchun ibodat qilib, hammangiz uchun Xudoga shukrlar aytamiz.
3
Imon va sevgi bilan qilgan ishlaringizni, Rabbimiz Iso Masihga bog‘lagan mustahkam umidingizni doimo Otamiz Xudo huzurida yodga olamiz.
4
Ey Xudo sevgan birodarlarimiz, Xudo sizlarni tanlab olganini bilamiz.
5
Axir, biz Xushxabarni sizlarga quruq so‘zlar bilan emas, balki Muqaddas Ruhning qudrati va to‘liq ishonch bilan keltirdik. Orangizda bo‘lganimizda, sizlarning manfaatingizni ko‘zlab, qanday yashaganimizni bilasiz.
6
Sizlar bizdan va Rabbimiz Isodan o‘rnak oldingiz. Axir, ko‘p azob–uqubat chekkaningizga qaramay, Muqaddas Ruh beradigan quvonch bilan Xudoning so‘zini qabul qildingiz.
7
Shunday qilib, Makedoniya va Axaya o‘lkalaridagi barcha imonlilarga o‘rnak bo‘ldingiz.
8
Rabbimizning kalomi sizlardan faqatgina Makedoniya va Axayaga yoyilib qolmadi. Sizlarning Xudoga bo‘lgan imoningiz hamma joyda mashhur bo‘ldi. Shuning uchun endi bizning biror narsa gapirishimizga hojat qolmadi.
9
Bizni yaxshi qabul qilganingiz haqida, barhayot va haqiqiy Xudoga xizmat qilaylik, deya butlardan yuz o‘girib, Xudoga yuz burganingiz haqida hamma gapiryapti.
10
Xudoning O‘g‘li Isoning samodan tushishini kutayotganingiz haqida ham gapiryaptilar. Xudo O‘z O‘g‘li Isoni tiriltirgan, Iso bizni kelajak g‘azabdan qutqaradi.
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 2 →
All chapters:
1
2
3
4
5