bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
2 Kings 24
2 Kings 24
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 23
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 25 →
1
Yahudo shohi Yohayiqim hukmdorligi davrida Bobil shohi Navuxadnazar Yahudoga hujum qildi. Yohayiqim uch yil uning hukmronligi ostida bo‘ldi. Oxiri u Navuxadnazarga qarshi isyon ko‘tardi.
2
Egamiz O‘z qullari payg‘ambarlar orqali aytganiga ko‘ra, Yahudo xalqiga qarshi Bobil, Oram, Mo‘ab va Ommon bosqinchi to‘dalarini yuborib, bu yurt xalqini yo‘q qilmoqchi bo‘ldi.
3
[3-4] Egamizning amri bilan Yahudo xalqining boshiga ko‘p kulfat keldi. Manashe qilgan hamma gunohlar uchun, beayblarning qonini to‘kkani uchun, Egamiz Yahudo xalqini O‘z huzuridan haydamoqchi bo‘ldi. Manashe Quddusni beayblarning qoniga botirgan edi. Egamiz Manasheni bu qilmishi uchun kechirmoqchi emasdi.
4
***
5
Yohayiqimning boshqa ishlari, butun faoliyati “Yahudo shohlari tarixi” kitobida yozilgan.
6
Yohayiqim olamdan o‘tgach, o‘rniga o‘g‘li Yohayixin shoh bo‘ldi.
7
Misr fir’avni qaytib o‘z yurtidan tashqariga chiqmadi. Bobil shohi Misrning shimoliy chegarasi — Misr soyligidan tortib, Furot daryosigacha fir’avnga qarashli bo‘lgan hamma yerlarni bosib olgan edi.
8
Yohayixin o‘n sakkiz yoshida shoh bo‘lib, Quddusda uch oy hukmdorlik qildi. Onasining ismi Naxushta bo‘lib, Qudduslik Elnatanning qizi edi.
9
Yohayixin ham, otasi kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qildi.
10
O‘sha paytda Bobil shohi Navuxadnazarning lashkarlari Quddusni qamal qildi.
11
Qamal paytida Navuxadnazarning o‘zi Quddusga keldi.
12
Yahudo shohi Yohayixinning o‘zi, onasi, xizmatkorlari, lashkarboshilari, saroy a’yonlari Navuxadnazarga taslim bo‘ldilar. Bobil shohi hukmronligining sakkizinchi yilida Yohayixin asirga olingan edi.
13
Egamizning aytgani bo‘yicha, Navuxadnazar Egamizning uyidagi va shoh saroyidagi barcha xazinalarni bo‘shatdi. Isroil shohi Sulaymon Egamizning uyi uchun yasattirgan oltin ashyolarning hammasini maydaladi.
14
Jamiki Quddus aholisini, beklarni, jasur sipohlarni, hunarmandlarni, temirchilarni, hammasi bo‘lib o‘n mingta odamni asir qilib olib ketdi. Yahudo xalqining eng qashshoq to‘pidan boshqa kimsa bu yurtda qolmadi.
15
[15-16] Bobil shohi Navuxadnazar Yohayixinni asir qilgandan keyin, Bobilga olib keldi. Yohayixin bilan birga uning onasini, xotinlarini, a’yonlarini va yurtning obro‘li odamlarini ham Quddusdan Bobilga haydab keldi. Bundan tashqari, hamma jasur sipohlarni — yetti mingta sipohni, jang qilishga qodir mingta hunarmand va temirchini ham asir qilib olib ketdi.
16
***
17
Yohayixinning o‘rniga esa amakisi Mattaniyoni shoh qilib tayinladi va uning otini o‘zgartirib, Zidqiyo qo‘ydi.
18
Zidqiyo yigirma bir yoshida shoh bo‘ldi va Quddusda o‘n bir yil hukmdorlik qildi. Onasining ismi Xamutal bo‘lib, Libnalik Yeremiyoning qizi edi.
19
Zidqiyo ham, Yohayiqim kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qilgani uchun
20
Egamiz Quddus va Yahudo xalqidan g‘oyat g‘azablangan, oqibatda ularni O‘z huzuridan quvib yuborgan edi. Zidqiyo Bobil shohiga qarshi isyon ko‘tardi.
← Chapter 23
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 25 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25