bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
2 Samuel 4
2 Samuel 4
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 5 →
1
Ishbosit Abnurning Xevronda o‘ldirilganini eshitdi–yu, bo‘shashib qoldi. Butun Isroil xalqi vahimaga tushdi.
2
Ishbositning xizmatida Banax va Raxav degan ikkita odam bor edi, ular bosqinchi to‘dalar sardori edilar. O‘zlari Bero‘t shahridan bo‘lib, Benyamin qabilasidan Rimmon deganning o‘g‘illari edi. Bero‘t shahri u vaqtda Benyamin hududiga kirardi.
3
Bero‘t aholisi Gitayim shahriga qochib ketgan edi. O‘shandan buyon ular kelgindi bo‘lib o‘sha yerda yashaydilar.
4
Shoulning naslidan Mefibosit degan ikkala oyog‘i ham nogiron bola bor edi. U Yo‘natanning o‘g‘li edi. “Shoul bilan Yo‘natan halok bo‘ldi”, deb Yizril shahridan xabar kelganda, Mefibosit besh yoshda edi. Enagasi, bolani olib qochaman, deb shosha–pisha ketayotganda, bolani qo‘lidan tushirib yuborgan, bola esa nogiron bo‘lib qolgan edi.
5
Bir kuni Raxav bilan Banax kun rosa qizigan paytda Ishbositning uyiga kelishdi. Tush payti, Ishbosit o‘zining xonasida uxlayotgan ekan.
6
[6-7] Ikkala aka–uka bug‘doy olish bahonasida uyga kirishdi. Uyga kirganlari zahoti, Ishbositning qorniga xanjar urib, uni o‘ldirdilar. So‘ng uning boshini kesib olib ketdilar. Raxav bilan Banax tun bo‘yi Iordan vodiysi bo‘ylab yurishdi.
7
***
8
Ular Ishbositning boshini Xevronga — shoh Dovudga olib kelishib, unga shunday deyishdi: — Mana sizni o‘ldirmoqchi bo‘lgan g‘animingiz Shoulning o‘g‘li Ishbositning boshi! Egamiz bugun Shouldan va uning xonadonidan shoh janoblari uchun o‘ch oldi.
9
Biroq Dovud Raxav bilan ukasi Banaxga shunday dedi: — Jonimni har turli balo–qazolardan asragan Xudo shohid!
10
Shoulning o‘limini bittasi o‘zicha xushxabar deb olib kelgan edi. O‘sha odamni ushlab, Zixlaxda o‘ldirtirgan edim. Uning mukofoti shu bo‘lgan edi!
11
Aybsiz odamni o‘zining uyida, to‘shagida o‘ldirgan yovuz kimsalarning o‘ldirilishi ham shubhasizdir! Hoziroq sizlardan uning xunini talab qilib, butunlay quritib yubormasammi?!
12
Dovud yigitlariga farmon bergan edi, ular ikkala aka–ukani o‘ldirishdi. So‘ng qo‘l–oyoqlarini kesib tashlab, jasadlarini Xevrondagi hovuz bo‘yidagi tik o‘rnatilgan xodalarning uchlariga qoqishdi. Ishbositning boshini Abnurning Xevrondagi xilxonasiga olib borib dafn qilishdi.
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 5 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24