bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
2 Timothy 1
2 Timothy 1
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 2 →
1
[1-2] Xudoning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi bo‘lgan men — Pavlusdan sevimli o‘g‘lim Timo‘tiyga salom! Xudo abadiy hayotni e’lon qilishim uchun meni yubordi. U va’da qilgan bu hayotga Iso Masihga bo‘lgan imon orqali erishiladi. O‘g‘lim Timo‘tiy, senga Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih inoyat, marhamat va tinchlik ato qilsin.
2
***
3
Timo‘tiy, boringga shukr! Men ota –bobolarim kabi, Xudoga vijdonan xizmat qilib, kechayu kunduz sen uchun ibodat qilaman.
4
Seni juda sog‘inganman, ko‘z yosh to‘kkanlaring hamon yodimda. Qaniydi, diydoringni ko‘rsamu qalbim quvonchga to‘lsa, deyman.
5
Sening samimiy imoningni doim eslayman. Avvaldan buving Loida hamda onang Evnika o‘z qalblariga jo etgan o‘sha imon endi senda ham ravnaq topayotganiga aminman.
6
Shu sababdan, yodingda bo‘lsin: men ustingga qo‘llarimni qo‘yib duo qilganimda, sen Xudodan Muqaddas Ruhni in’om qilib olgansan. Ichingdagi o‘sha Muqaddas Ruh in’omini alangalatib tur.
7
Zero, Xudo bergan Ruh qalbimizga qo‘rquv solmaydi, aksincha, bizga kuch, muhabbat va aqli rasolikni ato qiladi.
8
Shunday ekan, Rabbimiz Iso haqida shohidlik berishdan or qilma, men Rabbimiz tufayli zanjirband bo‘lganimdan ham uyalma. Mendan ibrat olib, Xushxabar tufayli azob chekishga tayyor turgin, buning uchun Xudoning bergan kuchiga tayangin.
9
Axir, Xudo bizga najot berdi, Xushxabar aytish kabi muqaddas xizmatga bizni da’vat etdi. Bunga bizning savob ishlarimiz emas, aksincha, Xudoning murod–maqsadiyu inoyati sabab bo‘ldi. Xudo azaldanoq Iso Masih orqali bizga inoyat ko‘rsatishga qaror qilgan edi.
10
Mana endi, bu inoyat Xaloskorimiz Iso Masihning olamga kelishi bilan yaqqol namoyon bo‘ldi. Masih o‘lim kuchini yo‘q qildi. U mangu hayotga eltuvchi yo‘lni bizga Xushxabar orqali yoritib berdi.
11
Xudo meni bu Xushxabarni turli xalqlarga yetkazuvchi voiz, havoriy va muallim qilib tayinladi.
12
Shu sababdan ham bu azoblarni tortyapman. Biroq men bundan or qilmayman, chunki Kimga e’tiqod qilganimni yaxshi bilaman. Ishonchim komilki, Xudo menga topshirgan Xushxabarni qiyomat kunigacha Uning O‘zi to‘lig‘icha saqlashga qodir.
13
Sen mendan eshitgan bu sog‘lom ta’limotdan namuna olgin, uni asragin. Iso Masihga tegishli bo‘lgan inson sifatida imon va muhabbatga to‘la hayot kechirgin.
14
Senga ishonib topshirilgan bu ezgu ta’limotni ichimizda yashayotgan Muqaddas Ruh yordamida avaylab–asragin.
15
Asiya viloyatidagi barcha birodarlar, shu jumladan, Figel bilan Hermogen mendan yuz o‘girganlarini bilasan.
16
Onisifor baraka topsin, Rabbimiz Iso uning xonadoniga marhamat qilsin. Onisifor bir necha marta kelib, mening ko‘nglimni ko‘tardi. Zanjirbandligimdan or qilmay,
17
Rimga kelishi bilanoq, meni astoydil qidirib, oxiri topdi.
18
U menga Efes shahrida ham qanchalar xizmat qilganini o‘zing yaxshi bilasan. Yo Rabbim Iso, qiyomat kunida O‘z marhamatingni Onisifordan darig‘ tutmagin!
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 2 →
All chapters:
1
2
3
4