bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Amos 4
Amos 4
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 5 →
1
Ey Samariya ayollari, eshiting! Sizlar Bashandagi bo‘rdoqi sigirlarday semirib ketgansiz, Kambag‘allarga jabr qilasiz, yo‘qsilni ezasiz, Erlaringizdan ichkilik talab qilasiz.
2
Egamiz Rabbiy O‘z muqaddas nomi haqi ont ichib demoqda: “Shunday kunlar keladiki, Sizlarni ilmoqlar bilan sudrab ketishadi, Orqada qolganlaringizni qarmoqlar bilan tortib ketishadi.
3
Har biringiz to‘ppa–to‘g‘ri devordagi teshiklardan chiqib ketasizlar. Sizlarni Xarmonga uloqtirishadi, — deb aytmoqda Egamiz. —
4
Qani, endi Baytilga borib gunoh qilavering! Gilgalda gunohlaringizni ko‘paytiring! Sahardan qurbonliklar keltiring, Ertasiga ushrlar olib keling!
5
Xamirturushli nonlarni Menga shukrona nazri qiling, Ko‘ngildan chiqarib bergan qurbonligingiz haqida Jar solib hammaga ayting, Axir, bunday qilishni xo‘p yaxshi ko‘rasiz, ey Isroil xalqi! — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. —
6
Men hamma shaharlaringizda sizlarga Tishingizning kirini so‘rdirdim, Qishloqlaringizni nonga zor qildim, Shunda ham sizlar Menga qaytmadingizlar, — deb aytmoqda Egamiz. —
7
Ekinzorlaringizga suv kerak bo‘lganda, Men yomg‘ir yog‘dirmadim. Bir shaharga yomg‘ir yog‘dirib, Boshqasiga yog‘dirmas edim. Bir dalani yomg‘ir suviga to‘ydirardim, Boshqasiga yomg‘ir yog‘dirmay, quritar edim.
8
Shunda ikki–uch shahar aholisi suv ichgani Boshqa shaharga oyog‘ini sudrab borardi. Lekin sizlar suvga to‘ymadingizlar. Shunda ham Menga qaytmadingizlar, — deb aytmoqda Egamiz. —
9
Men hosilingizga shira va oqqirov qasalini yubordim. Chigirtkalar qayta–qayta bog‘u uzumzorlaringizni, Anjir va zaytun daraxtlaringizni nobud qildi, Shunda ham sizlar Menga qaytmadingizlar, — deb aytmoqda Egamiz. —
10
Misrda bo‘lgani kabi, orangizga falokat yubordim. Yigitlaringizni qilichdan o‘tkazdim, Otlaringizni dushmanlaringizga berdim. Qarorgohingizdagi jasadlarning qo‘lansa hidi bilan Dimog‘ingizni to‘ldirdim. Shunda ham sizlar Menga qaytmadingizlar, — deb aytmoqda Egamiz. —
11
Sado‘m va G‘amo‘rani yo‘q qilganim kabi, Men ko‘plaringizni yo‘q qildim. Sizlar alangadan chiqarib olingan yonayotgan o‘tinday edingizlar. Shunda ham Menga qaytmadingizlar, — deb aytmoqda Egamiz. —
12
Shunday ekan, ey Isroil, Men seni jazolayman. Xudoning oldida hisob berishga tayyorlangin!”
13
Zero, Xudo tog‘larga shakl berdi, Shamolni yuzaga keltirdi. U o‘y–fikrini insonlarga ayon qiladi, Tonggi shafaq nurini zulmatga aylantiradi, Tog‘ cho‘qqilari uzra yuradi. Parvardigori Olam — Egamizdir Uning nomi!
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 5 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9