bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Daniel 1
Daniel 1
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 2 →
1
Yahudo shohi Yohayiqim hukmronligining uchinchi yilida Bobil shohi Navuxadnazar Quddusga qo‘shin tortib kelib, shaharni qamal qildi.
2
Rabbiyning irodasi bilan Navuxadnazar Yahudo shohi Yohayiqimni asirlikka olib, Xudoning uyidagi ayrim idishlarni olib chiqdi. Navuxadnazar o‘ljalarni Bobil yurtiga olib borib, idishlarni o‘z xudosining uyidagi xazinaga joylashtirdi.
3
U saroyning bosh mulozimi Ashnapazga shunday buyruq bergan edi: “ Isroil xalqidan olingan asirlardan shoh va zodagonlarning oilalariga mansub bo‘lgan
4
yosh, jismonan sog‘lom, xushqomat, zehni o‘tkir, qobiliyatli, farosatli va shohning saroyida xizmat qilishga layoqatli yigitlarni olib kel. Sen ularga bobil tili va adabiyotini o‘rgatishing kerak.
5
Har kungi yegulik bilan sharob ularga mening dasturxonimdan berilsin. Ular uch yil ta’lim olishgach, mening huzurimda hozir bo‘lishlari lozim.”
6
Tanlanganlarning orasida Yahudo qabilasidan bo‘lgan Doniyor, Xanoniyo, Mishail va Ozariyo ismli o‘spirinlar bor edi.
7
Bosh mulozim ularning ismlarini o‘zgartirib, Doniyorni Beltashazar, Xanoniyoni Shadrax, Mishailni Meshax, Ozariyoni esa Abednaxu deb atadi.
8
Doniyor shohona yegulik va sharobdan bulg‘anishni xohlamadi. U bu taomlardan voz kechmoqni ahd qilib, bosh mulozimdan buning uchun ijozat so‘radi.
9
Xudoning irodasi bilan Doniyor bosh mulozimning muruvvatiyu iltifotiga sazovor bo‘lgan edi.
10
Ammo bosh mulozim Doniyorning taklifini eshitib lol qoldi va dedi: “Yo‘q, yegulik bilan ichimliklarni sizlarga shoh hazratlarining o‘zlari belgilaganlar. Hazratimning buyruqlaridan bosh tortishdan qo‘rqaman. Bordi–yu, ko‘rinishlaring tengdoshlaringnikidan yomonroq bo‘lsa, jonimni xavf ostiga qo‘ygan bo‘lasizlar.”
11
Keyin Doniyor bu masala xususida bosh mulozim tayinlagan soqchi bilan gaplashdi, chunki bu soqchi Doniyor va uning uch og‘aynisi uchun mas’ul bir odam edi. U soqchiga shunday dedi:
12
“Iltimos, qullaringizni o‘n kun davomida sinab ko‘ring. Bizga yegani sabzavot, ichgani suv bering.
13
Keyin esa bizni shohona yegulikni yegan yigitlar bilan solishtirib ko‘ring, so‘ng bilganingizni qilavering.”
14
Soqchi rozi bo‘lib, ularni o‘n kun davomida sabzavotlar bilan boqdi.
15
O‘n kun o‘tgach, ularning qadlari to‘lishib, shohona yegulik yegan boshqa yigitlardan ancha ko‘rkam bo‘ldi.
16
Shunday qilib, soqchi ularning shohona yeguliklari va sharobini o‘ziga olib qolib, ularga faqat sabzavotlar beradigan bo‘ldi.
17
Xudo bu to‘rtta yigitga adabiyot va falsafaning har sohasini fahmlamoq uchun bilim va iste’dod bergan edi. Bundan tashqari, Doniyor turli xil vahiy va tushlarni ta’birlash qobiliyatiga ega edi.
18
Shoh belgilagan muddat tugagach, bosh mulozim hamma yigitlarni Navuxadnazar huzuriga olib bordi.
19
Shoh ularning har biri bilan suhbatlashdi. Ular orasida hech kim Doniyor, Xanoniyo, Mishail va Ozariyoga teng kelmas edi. Shuning uchun shoh ularni o‘z saroyida olib qoldi.
20
Shoh qanday savol bermasin va qanday jumboqni yechishni so‘ramasin, ularning bilimi va donoligi butun shohlikdagi folbinu munajjimlarnikidan o‘n barobar ziyoda edi.
21
Doniyor saroyda shoh Kurush hukmronligining birinchi yiligacha xizmat qildi.
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 2 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Recommended Reading
Commentary
Daniel Commentaries
→
Devotional
Daniel Devotional Guide
→
Get This Bible
UZLBC Study Bible
→