bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Galatians 1
Galatians 1
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 2 →
1
[1-2] Men — Pavlus va men bilan birga bo‘lgan hamma birodarlar Galatiya o‘lkasidagi imonlilar jamoatlariga salom yo‘llaymiz. Men insonlar tomonidan emas, inson orqali ham emas, balki Iso Masih va Uni tiriltirgan Otamiz Xudo tomonidan havoriy qilib tayinlanganman.
2
***
3
Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat hamda tinchlik ato qilsin.
4
Iso Masih bizni hozirgi yovuz zamondan qutqaray, deb bizning gunohlarimiz uchun O‘zini fido qildi. U shu yo‘sin Otamiz Xudoning irodasini ado etdi.
5
Xudoga abadulabad shon-sharaflar bo‘lsin! Omin.
6
Sizlar Xudodan shunchalik tez yuz o‘girib, boshqa bir Xushxabarga yuz burayotganingizdan juda hayronman. Axir, Masihning inoyati orqali Xudo sizlarni O‘z Xushxabariga da’vat qilgan edi.
7
O‘sha Xushxabardan boshqa hech qanday xushxabar yo‘q–ku! Faqat ba’zilar sizlarni chalg‘itib, Masih haqidagi Xushxabarni buzib ko‘rsatmoqchi bo‘ladilar.
8
Ammo kimda–kim, hatto biz o‘zimizmi yoki osmondan kelgan biror farishtami, sizlarga biz yetkazgan Xushxabardan boshqa bir “xushxabar” keltirsa, u la’nati bo‘lsin!
9
Men oldin ham aytgan edim, hozir ham aytyapman: kimki sizlar qabul qilgan Xushxabarga zid bo‘lgan xabarni targ‘ib etsa, la’nati bo‘lsin!
10
Xo‘sh, men kimning maqtoviga sazovor bo‘lmoqchiman: insonlarningmi yoki Xudoningmi?! Nahotki insonlarni mamnun qilmoqchi bo‘lsam?! Agar men hali ham insonlarni mamnun qilayotgan bo‘lsam edi, Masihning quli bo‘lolmas edim!
11
Ey birodarlar, sizlarga aytib qo‘yay: men targ‘ib etayotgan Xushxabar inson ijodi emas.
12
Axir, men bu Xushxabarni insondan qabul qilmaganman yoki biror odamdan o‘rganmaganman. Uni menga Iso Masihning O‘zi vahiy orqali ayon qilgan.
13
Men yahudiy diniga e’tiqod qilib, qanday hayot kechirganim haqida eshitgansizlar. O‘sha paytlarda Xudoning jamoatini shafqatsizlarcha quvg‘in qilardim, uni qirib tashlashga harakat qilardim.
14
Qavmimdan bo‘lgan ko‘p tengdoshlarimga qaraganda, yahudiy dinini chuqurroq tushunib, ulardan ancha ilgarilab ketgan edim. Ota –bobolarimning urf–odatlari amal qilinishiga juda jonkuyarlik qilar edim.
15
Ammo Xudo menga muruvvat qildi, inoyati bilan meni O‘ziga da’vat etib, onam qornida bo‘lganimdayoq meni tanlagan edi.
16
Men boshqa xalqlar orasida Xudo O‘g‘li haqidagi Xushxabarni targ‘ib qilishim uchun, Xudo O‘z O‘g‘lini menga zohir qildi. Shunda men hech bir inson bilan maslahatlashmadim.
17
Hatto mendan oldin havoriy bo‘lganlarni ko‘rishga Quddusga bormay, darhol Arabistonga jo‘nadim. Undan keyin yana Damashqqa qaytdim.
18
Uch yildan keyin, Butrus bilan tanishay, deb Quddusga bordim. Uning yonida o‘n besh kun bo‘ldim.
19
Ammo Quddusda Butrusdan va Rabbimiz Isoning ukasi Yoqubdan boshqa hech bir havoriyni ko‘rmadim.
20
Men sizlarga nima yozayotgan bo‘lsam, Xudo shohid, hech biri yolg‘on emas.
21
Undan so‘ng Suriya va Kilikiya viloyatlariga bordim.
22
Yahudiya o‘lkasidagi imonlilar jamoatlari meni hali shaxsan tanimas edilar.
23
O‘sha imonlilar men haqimda faqat boshqalarning: “U bir vaqtlar bizlarni quvg‘in qilib yurgan kishi edi. Endi esa ilgari ildizi bilan quritmoqchi bo‘lgan imonni o‘zi targ‘ib qilmoqda”, degan gaplarini eshitardilar
24
va men tufayli Xudoni ulug‘lar edilar.
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 2 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6