bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Jonah 3
Jonah 3
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 4 →
1
Yunusga Egamiz ikkinchi marta shu so‘zlarni ayon qildi:
2
“Qani, bo‘l, qudratli Naynavo shahriga borib, Mening so‘zlarimni jar solib u yerdagilarga e’lon qil.”
3
Yunus Egamizning amriga bo‘ysunib, Naynavo tomonga ketdi. Naynavo juda katta shahar bo‘lib, uch kunda aylanib chiqsa bo‘lardi.
4
Yunus shahar bo‘ylab bir kun yo‘l yurib o‘tdi. U aylanib yurib: “Yana qirq kundan keyin Naynavo xarob bo‘ladi”, deb jar soldi.
5
Naynavoliklar Xudoga ishonib, ro‘za tutamiz, deb e’lon qildilar. Shahardagi kattayu kichik tavba qilib qanorga o‘randi.
6
Bu xabar Naynavo shohiga ham yetib bordi. U taxtdan tushib, shohona liboslarini yechdi, qanorga o‘ranib, kulga o‘tirdi.
7
O‘zi va amaldorlari nomidan butun Naynavo bo‘ylab quyidagi farmonni e’lon qildi: “Na insonlar, na hayvonlar — mol–qo‘ylar hech narsa yemasin, suv ichmasin.
8
Insonlar ham, hayvonlar ham qanorga o‘ransin. Har kim Xudoga yalinib iltijo qilsin, yovuz qilmishidan qaytsin, zulm qilmasin.
9
Kim biladi, balki Xudo rahm qilib, bizga bo‘lgan g‘azabini qaytarar, biz halok bo‘lmasmiz.”
10
Xudo ularning qilgan ishlarini, yovuz qilmishlaridan qaytganini ko‘rib, rahm qildi va ularning ustiga “yuboraman”, deb aytgan ofatni yubormadi.
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 4 →
All chapters:
1
2
3
4