bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Malachi 4
Malachi 4
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
1
Sarvari Olam shunday deydi: “Ana, qiyomat kuni yaqinlashib qoldi. O‘sha kun lovullagan tandirday bo‘ladi. Takabburlar bilan yovuzlarning hammasi go‘yo xas–cho‘pdir. Kelayotgan o‘sha kuni hammasi yondirib tashlanadi. Ulardan na shoxlar, na ildizlar qoladi.
2
Sizlar uchun esa, ey nomimni eshitib qo‘rqadiganlar, zafar quyosh kabi ko‘tariladi, sizlarga shifo nurlarini sochadi. Ha, sizlar shodlanasizlar. Og‘ilxonadan qo‘yib yuborilgan buzoqlarday sakraysizlar.
3
Yovuzlarni bosib ezasizlar. Ha, Men belgilagan o‘sha kunda ular oyog‘ingiz ostidagi tuproqday bo‘ladi, — deydi Sarvari Olam. —
4
Qulim Musoning ko‘rsatmalarini eslang. Unga Sinay tog‘ida butun Isroil xalqi uchun bergan odil qonun–qoidalarimni esga oling.
5
Mana, Men, Egangizning ulug‘ va dahshatli kuni kelishidan oldin, oldingizga Ilyos payg‘ambarni yuboryapman.
6
U otalarning yuraklarini farzandlarga, farzandlarining yuraklarini esa otalarga moyil qiladi. Toki Men yurtni la’natlab yo‘q qilmayin.”
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
All chapters:
1
2
3
4