bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Mark 1
Mark 1
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 2 →
1
Xudoning O‘g‘li Iso Masih to‘g‘risidagi Xushxabar shunday boshlanadi.
2
Ishayo payg‘ambarning kitobida yozilganki: “Mana, Men Sendan oldin O‘z elchimni yuboryapman, U Sening yo‘lingni hozirlaydi.
3
Sahroda bir ovoz yangramoqda: Egamizga yo‘l hozirlang, Unga to‘g‘ri yo‘l oching!”
4
Darvoqe, Yahyo cho‘mdiruvchi sahroda yashar va odamlarga: “Gunohlaringizdan tavba qilib, suvga cho‘minglar, shunda Xudo gunohlaringizni kechiradi”, deb va’z qilardi.
5
Butun Yahudiya yurti va Quddus aholisi Yahyoning oldiga borishardi. Ular gunohlarini e’tirof etishar, Yahyo ularni Iordan daryosida cho‘mdirar edi.
6
Yahyoning kiyimlari tuya junidan to‘qilgan bo‘lib, beliga teridan kamar bog‘lagan edi. U chigirtka va yovvoyi asal yer edi.
7
U xalqqa shunday deb e’lon qilardi: “Ortimdan mendan ham qudratliroq bo‘lgan bir Zot kelmoqda. Men engashib Uning choriq iplarini yechishga ham arzimayman.
8
Men sizlarni suvga cho‘mdiryapman, U esa sizlarni Muqaddas Ruhga cho‘mdiradi.”
9
O‘sha kunlari Iso Jalila viloyatining Nosira shahridan Yahyo oldiga keldi. Yahyo Uni Iordan daryosida cho‘mdirdi.
10
Suvdan chiqishi bilanoq Iso osmonning ochilib ketganini va Muqaddas Ruh Uning ustiga kaptarday tushib kelganini ko‘rdi.
11
Osmondan esa: “Sen Mening sevikli O‘g‘limsan, Sendan nihoyatda mamnunman”, degan ovoz eshitildi.
12
Muqaddas Ruh Isoni darhol cho‘lga boshlab ketdi.
13
Iso cho‘lda qirq kun bo‘lib, shayton tomonidan vasvasaga solindi. Iso yovvoyi hayvonlar orasida yashab, farishtalar Unga xizmat qilishardi.
14
Yahyo zindonband qilingandan keyin, Iso Jalilaga borib, Xudoning Xushxabarini va’z qildi:
15
“Vaqt–soati yetdi. Xudoning Shohligi yaqinlashdi! Tavba qilinglar, Xushxabarga ishoninglar!”
16
Iso Jalila ko‘li bo‘ylab o‘tayotib, Shimo‘n va uning ukasi Idrisni ko‘rib qoldi. Ular baliqchi bo‘lib, ko‘lga to‘r tashlayotgan edilar.
17
Iso ularga: — Ortimdan yuringlar, — dedi. — Men sizlarga odamlarni ovlashni o‘rgataman.
18
Ular o‘sha zahotiyoq to‘rlarini tashlab, Isoga ergashdilar.
19
Iso bir oz nari yurgach, Zabadiyning o‘g‘illari Yoqub va Yuhannoni ko‘rib qoldi. Ular qayiqda to‘rlarini yamab o‘tirishgan edi.
20
Iso shu onda ularni ham chaqirdi. Ular otalari Zabadiyni va yollanma ishchilarni qayiqda qoldirib, Isoga ergashdilar.
21
Ular Kafarnahum shahriga kirib borishdi. Shabbat kuni Iso sinagogaga kirib, ta’lim bera boshladi.
22
Xaloyiq Isoning ta’limotini eshitib, hayratda qoldi, chunki U odamlarga Tavrot tafsirchilari kabi emas, balki hokimiyat egasiday ta’lim berar edi.
23
O‘sha sinagogada yovuz ruhga chalingan bir odam bor edi. U to‘satdan qichqirib yubordi:
24
— Ey Nosiralik Iso! Bizlar bilan nima ishing bor?! Sen bizni halok qilgani keldingmi? Sening kimligingni bilaman, Sen Xudoning Azizisan!
25
Biroq Iso jinga do‘q urib: — Jim bo‘l! Undan chiqib ket! — dedi.
26
Yovuz ruh u odamni qattiq siltadi, ovozi boricha baqirib, uning ichidan chiqib ketdi.
27
Odamlar hayratlanib, bir–birlaridan so‘ray boshladilar: — Bu nimasi? Xokimiyatga ega bo‘lgan yangi ta’limot–ku! U yovuz ruhlarga buyruq beradi, yovuz ruhlar esa Unga bo‘ysunadi–ya!
28
Shunday qilib, Isoning shuhrati Jalila viloyatining atroflariga yoyila boshladi.
29
Iso, Shimo‘n, Idris, Yoqub, Yuhanno sinagogadan chiqib, to‘g‘ri Shimo‘n va Idrisning uyiga bordilar.
30
Shimo‘nning qaynanasi isitmalab, to‘shakda yotgan edi. Iso kelishi bilanoq Unga bu haqda aytishdi.
31
Iso ayolning yoniga bordi, qo‘lidan tutib, o‘tirg‘izib qo‘ydi. Shunda ayolning isitmasi tushdi, u mehmonlarga xizmat qila boshladi.
32
Quyosh botib kech kirgan paytda, odamlar xastalarni va jinga chalinganlarni Isoning oldiga olib kelishdi.
33
Butun shahar aholisi eshik oldiga yig‘ildi.
34
Iso turli dardu illatlardan qiynalgan ko‘p odamlarni sog‘aytirdi. Ko‘plarning ichidan jinlarni quvib chiqardi. Jinlarning gapirishiga ijozat bermasdi, chunki jinlar Isoning kimligini bilishardi.
35
Ertasi kuni saharda, tong yorishmasdan oldin, Iso o‘rnidan turib, uydan chiqib ketdi. Kimsasiz joyga borib, ibodat qildi.
36
Shimo‘n va boshqalar Isoni qidirib ketdilar.
37
Isoni topib: — Hamma Sizni izlab yuribdi! —dedilar.
38
Iso ularga: — Yaqin atrofdagi qishloqlarga boraylik, Men u yerlarda ham voizlik qilay, chunki Men ana shu maqsadda kelganman, — dedi.
39
Shunday qilib, Iso butun Jalila viloyatini kezib, u yerdagi sinagogalarda voizlik qilar va odamlarning ichidan jinlarni quvib chiqarar edi.
40
Teri kasalligiga chalingan bir odam Isoning oldiga keldi. U tiz cho‘kib, yalindi: — Bilaman, agar istasangiz, meni bu kasallikdan poklay olasiz.
41
Isoning unga rahmi kelib, qo‘lini uzatdi va unga tekkizib: — Istayman, pok bo‘l! — dedi.
42
Shu zahoti o‘sha odam kasalligidan forig‘ bo‘lib, poklandi.
43
[43-44] Iso uni qat’iy ogohlantirib dedi: — Menga qara! Bu to‘g‘rida birovga og‘iz ocha ko‘rma. Lekin borib o‘zingni ruhoniyga ko‘rsat. Poklanganingni hammaga isbot qilish uchun Muso amr qilgan qurbonliklarni keltir. Shu so‘zlar bilan Iso uni darhol jo‘natib yubordi.
44
***
45
O‘sha odam esa ketayotib, ro‘y bergan hodisani bemalol har yoqqa yoya boshladi. Shu bois Iso biror shaharga ochiqchasiga bora olmay qoldi. Aksincha, shahardan tashqarida, kimsasiz joylarda yashaydigan bo‘ldi. Shunga qaramay, xaloyiq har tomondan Uning oldiga kelar edi.
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 2 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
Recommended Reading
Commentary
Mark Commentaries
→
Devotional
Mark Devotional Guide
→
Get This Bible
UZLBC Study Bible
→