bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Nehemiah 10
Nehemiah 10
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 9
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 11 →
1
Xaxaliyo o‘g‘li, hokim Naximiyo qarorni tasdiqlab, muhrladi. Zidqiyo ham qarorga muhrini bosdi. Bulardan tashqari, qarorni muhrlaganlarning ismlari quyidagilardir:
2
Sarayo, Ozariyo, Yeremiyo,
3
Pashxur, Emoriyo, Malkiyo,
4
Xattush, Shabaniyo, Mallux,
5
Xarim, Miromo‘t, Obodiyo,
6
Doniyor, Ginatoy, Borux,
7
Mashullom, Abiyo, Miyomin,
8
Maziyo, Bilgi, Shamayo. Ular ruhoniylar edilar.
9
Levilar: Ozaniyo o‘g‘li Yeshuva, Xanadod urug‘idan Binnuy, Kadmil,
10
ularning sheriklari: Shabaniyo, Xo‘diyo, Kilit, Paliyo, Xanon,
11
Mixa, Rexob, Xashaviyo,
12
Zakkur, Sharaviyo, Shabaniyo,
13
Xo‘diyo, Banix, Baninu.
14
Xalq yo‘lboshchilari: Paro‘sh, Paxatmo‘ab, Elam, Zattu, Banix,
15
Bo‘nax, Ozgad, Bo‘vay,
16
Odoniyo, Big‘vay, Adin,
17
Oter, Hizqiyo, Ozzur,
18
Xo‘diyo, Xashum, Bezay,
19
Xorif, Onoto‘t, Nabay,
20
Maxpiyosh, Mashullom, Xazir,
21
Mashazavil, Zodo‘x, Yodduva,
22
Pilatiyo, Xanon, Onoyoh,
23
Xo‘sheya, Xanoniyo, Xashshub,
24
Xalloxesh, Pilxo, Sho‘vex,
25
Raxum, Xashavno, Masiyo,
26
Oxiyo, Xanon, Onon,
27
Mallux, Xarim, Banax.
28
Biz, jamiki Isroil xalqi — ruhoniylar, levilar, Ma’bad darvozabonlari, qo‘shiqchilar, Ma’bad xizmatchilari va Tavrotga muvofiq o‘zlarini mahalliy xalqlardan ayirgan hamma yahudiylar xotinlari va esini tanigan o‘g‘il–qizlari bilan birga,
29
yo‘lboshchilarimiz qatorida ont ichamiz. Agar ontimizni buzsak, la’nati bo‘laylik. Xudo O‘z quli Muso orqali bergan Tavrotga biz amal qilib yashaymiz. Egamiz — Rabbimizning amrlariga, qonun–qoidalariga va farmonlariga rioya qilamiz.
30
Biz mahalliy xalqlar bilan quda–andachilik qilmaymiz.
31
Agar mahalliy odamlar Shabbat kuni yoki boshqa biror muqaddas kunda sotish uchun don yoki har xil mol olib kelishsa, ulardan hech narsa sotib olmaymiz. Biz har yettinchi yili yerga ishlov bermaslikka va bergan hamma qarzlarimizdan voz kechib yuborishga va’da qilamiz.
32
Bundan tashqari, shuni va’da qilamizki, Xudoyimizning uyidagi sajda marosimlari ehtiyojlari uchun har yili bir misqol kumushni topshiramiz.
33
Bu pullar quyidagi narsalar uchun sarf qilinadi: muqaddas nonlar uchun, kundalik don nazrlari uchun, kundalik kuydiriladigan qurbonliklar uchun, Shabbat kunida, yangi oy shodiyonasida, har yili o‘tkaziladigan bayramlarda keltiriladigan qurbonliklar, nazrlar va boshqa ehsonlar uchun, Isroil xalqini poklaganda qilinadigan gunoh qurbonliklari uchun, Xudoyimizning uyida qilinadigan boshqa sarf–xarajatlar uchun.
34
Biz qur’a tashlab, ruhoniylar, levilar va xalqning har bir xonadoni qay vaqtda Xudoning uyi uchun o‘tin olib kelishlari kerakligini aniqlab oldik. So‘ng shunday va’da berdik: biz har yili belgilangan paytda o‘tin olib kelamiz. Shu yo‘l bilan Tavrotda, Egamiz Xudoning qurbongohida doimo olov yonib tursin, deb yozilgan amrni bajaramiz.
35
Biz har yili yerimizning birinchi hosilini va hamma mevali daraxtlarimizning birinchi hosilini Egamizning uyiga olib kelamiz, deb va’da qilamiz.
36
Shuningdek, Tavrotda yozilganiga muvofiq, to‘ng‘ich o‘g‘illarimizni, mol–qo‘ylarimizning birinchi tug‘ilganlarini Xudoyimizga bag‘ishlaymiz, deb va’da qilamiz. Biz ularni Xudoyimizning uyida o‘z vazifasini o‘tayotgan ruhoniylarga olib kelamiz.
37
Ruhoniylarga atalgan mahsulotlarni Xudoyimizning uyidagi omborxonalarga olib kelamiz. Unimizning va boshqa don mahsulotlarimizning a’losini, mevalarimizning a’losini, yangi sharob va zaytun moyimizning a’losini omborxonalarga olib kelamiz. Biz yerimizning hosilidan levilarga ushr berishga va’da qilamiz. Dehqonchilik bilan mashg‘ul hamma shaharlarimizdan levilar ulush yig‘adilar.
38
Levilar ushrni olayotganlarida, Horun naslidan bo‘lgan ruhoniy ularning yonida bo‘ladi. Levilar ushrning o‘ndan birini Xudoyimizning uyiga olib kelib, omborxonalarga joylashtiradilar.
39
Xullas, Isroil xalqi va levilar ehson qilgan don, sharob va zaytun moylarini Ma’baddagi omborlarga olib kelishadi. Bu omborxonalar vazifasini o‘tayotgan ruhoniylar, darvozabonlar va qo‘shiqchilarning xonalari yonida joylashgan bo‘lib, u yerda Ma’bad buyumlari ham saqlanadi. Biz Xudoyimizning uyini qarovsiz qoldirmaymiz, deb va’da beramiz.”
← Chapter 9
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 11 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13