bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Philemon 1
Philemon 1
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
Jump to:
Chapter 1
1
Iso Masihga qilgan xizmatim tufayli qamoqda bo‘lgan men — Pavlusdan hamda birodarimiz Timo‘tiydan sevikli hamkorimiz Filimo‘nga salom!
2
Singlimiz Affiya bilan safdoshimiz Arxippga, shuningdek, xonadoningda yig‘ilib turadigan imonlilar jamoatiga ham salom yo‘llaymiz.
3
Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat va tinchlik ato qilsin.
4
Ey Filimo‘n, men ibodat qilganimda seni eslab, har doim Xudoyimga shukr aytaman.
5
Chunki sening Rabbimiz Isoga bo‘lgan imoning va barcha aziz birodarlarga bo‘lgan muhabbating haqida eshitib turibman.
6
Ibodatim shuki, bizniki bilan bir bo‘lgan imoning Iso Masih nomi uchun qilishimiz kerak bo‘lgan yaxshiliklarni chuqurroq tushunishingga olib kelsin.
7
Birodarim, sen tufayli birodarlarning ko‘ngli tinch. Sening mehr-muhabbating menga katta sevinch va tasalli berdi.
8
Filimo‘n, sen ham, men ham Masihga ishonamiz. Shuning uchun men jasorat bilan senga o‘z burchingni bajargin, deb buyursam bo‘lardi.
9
Ammo sen meni yaxshi ko‘rganing uchun iltimos qilishni afzal ko‘rdim. Iso Masih tufayli qamoqda bo‘lgan, yoshi o‘tib qolgan, men, Pavlus,
10
mahbusligimda imon orqali menga o‘g‘il bo‘lib qolgan O‘nisim uchun sendan iltimos qilyapman.
11
O‘nisim bir vaqtlar senga foydasiz edi. Endi esa u senga ham, menga ham foydalidir.
12
Ko‘zimning oqu qorasiday bo‘lib qolgan O‘nisimni sening oldingga qaytarib yubordim.
13
Men Xushxabarni targ‘ib qilganim uchun qamoqda yotibman. O‘nisimning yonimda qolishini, sening o‘rningga menga xizmat qilishini xohlar edim.
14
Ammo sening roziligingsiz hech bir ish qilishni xohlamadim, chunki sening iltifotingni majburiy emas, balki ixtiyoriy bo‘lishini istadim.
15
Balki, sen O‘nisimni abadiy qaytarib olishing uchun u sendan vaqtinchalik ajralgandir.
16
Endi u senga faqatgina qul emas, balki quldan yuqori, sevikli birodaringdir. Men uni juda qadrlayman. Ishonchim komilki, u senga ham qul sifatida, ham Rabbimiz Iso orqali birodaring sifatida yanada qadrliroqdir.
17
Agar sen meni Rabbimiz xizmatidagi safdoshing, deb bilsang, O‘nisimni meni qabul qilganday qabul qilgin.
18
Mabodo u senga zarar keltirgan bo‘lsa yoki sendan qarzdor bo‘lsa, buni mening zimmamga yukla.
19
Men, Pavlus, quyidagini o‘z qo‘lim bilan yozyapman: men qarzingni to‘layman. Sen o‘z hayoting uchun mendan qarzdor ekanligingni aytishimning esa hojati yo‘q.
20
Ha, birodarim, Rabbimiz Iso tufayli mendan bu iltifotingni ayama! Masih haqi–hurmati jonimga oro kirgin!
21
Sen mening so‘zlarimga quloq solib, aytganlarimni qilasan, ha, bundan ham ko‘prog‘ini bajarasan, deb ishonganim uchun bularni yozdim.
22
Bundan tashqari, menga biror turar joy ham tayyorlab qo‘ygin. Chunki Xudo ibodatlaringizni eshitib, meni yana sizlarning oldingizga qaytarishiga ishonaman.
23
[23-24] Men bilan birga Iso Masih nomi uchun mahbus bo‘lgan Epafras, hamkorlarim Mark, Aristarx, Dimas, Luqo senga salom yo‘llayaptilar.
24
***
25
Rabbimiz Iso Masihning inoyati sizlarga yor bo‘lsin.
Jump to:
Chapter 1
All chapters:
1