bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Philippians 1
Philippians 1
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 2 →
1
Iso Masihning qullari Pavlus va Timo‘tiydan Filippi shahridagi barcha Iso Masihning azizlariga hamda jamoat yetakchilari va xizmatchilariga salom!
2
Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat va tinchlik ato qilsin.
3
Har safar sizlarni yodga olganimda Xudoyimga shukrona aytaman.
4
Hammangiz uchun ibodat qilganimda, har doim shodlik bilan ibodat qilaman,
5
chunki sizlar Xushxabarga ishonganingizdan boshlab to hozirga qadar o‘sha Xushxabarni yoyishda men bilan birga ishtirok etib kelmoqdasizlar.
6
Xudo sizlarning hayotingizda boshlagan ezgu ishini Iso Masih keladigan kungacha bitirishiga aminman.
7
Sizlarni yaxshi ko‘rganim uchun hammangiz haqingizda shunday fikr qilishim o‘rinlidir. Axir, qamoqdaligimda ham, Xushxabar haqiqat ekanligini himoya qilish va ta’kidlashimda ham Xudo bergan inoyatda sizlar menga sheriksizlar.
8
Mana, Xudo shohid: men sizlarni rosa sog‘inganman, chunki sizlarni Iso Masihnikiday bo‘lgan mehr–muhabbat bilan yaxshi ko‘raman.
9
Sizlarning muhabbatingiz yanada oshib, bilim va aql–idrok bilan boyisin, deb ibodat qilyapman,
10
chunki men sizlarning a’lo narsalarni tanlaydigan bo‘lib, Masih keladigan kunda pok va aybsiz bo‘lishingizni istayman.
11
Toki sizlarning hayotingiz Iso Masih kuchi orqali solihlik samarasiga to‘lib, Xudoga sharaf va maqtov keltirsin.
12
Ey birodarlar, shuni bilishingizni istaymanki, boshimga tushganlarning hammasi Xushxabarning yanada ko‘proq yoyilishiga turtki bo‘ldi.
13
Masih tufayli qamalganligim butun saroy qo‘riqchilariga va bu yerdagilarning hammasiga ma’lum bo‘ldi.
14
Mening qamoqdagi vaziyatim ko‘p birodarlarning Rabbimiz Isoga bo‘lgan ishonchini oshirdi, shuning uchun ular qo‘rqmasdan, katta jasorat bilan Masih haqidagi xabarni targ‘ib qilmoqdalar.
15
To‘g‘ri, Masih haqidagi Xushxabarni ba’zilar baxillik va xasadgo‘ylik bilan, ba’zilar esa yaxshi niyat bilan targ‘ib qilyaptilar.
16
Yaxshi niyat bilan targ‘ib qilayotganlar meni yaxshi ko‘rganlari uchun va men Xushxabarni himoya qilishga tayinlanganimni bilib shunday qilyaptilar.
17
Qolganlar esa Xushxabarni raqobat ruhi bilan targ‘ib qilyaptilar. Ular pok niyatda emas, balki mening qamoqda tortayotgan azoblarim ko‘paysin, deb shunday qilyaptilar.
18
Ammo nima farqi bor? Yomon niyatdami, yaxshi niyatdami, muhimi, Masih haqidagi Xushxabar targ‘ib qilinmoqda. Mana shu meni xursand qiladi. Men xursand bo‘lishda davom etaveraman,
19
chunki bilaman, sizlarning ibodatlaringiz orqali va Iso Masih Ruhining yordami bilan mana shularning hammasi mening ozod bo‘lishimga olib keladi.
20
Ishonch bilan umid qilaman: isnodga qolmayman, aksincha, jasorat ko‘rsataman. Ha, umidim shuki, hozir ham oldingiday, o‘lsam ham, yashasam ham mening tanam orqali Masih ulug‘lanadi.
21
Zotan, men uchun hayot Masihdir, o‘lim esa yutuqdir.
22
Axir, tirik qoladigan bo‘lsam, samarali ishlar qilaveraman, shunday ekan, nimani tanlashni ham bilmayman.
23
Ikki yo‘lning qay birini tanlashni bilmay, boshim qotib qoldi. Mening istagim bu dunyodan ketib, Masih bilan birga bo‘lishdir. Shunday bo‘lsa juda yaxshi bo‘lardi.
24
Ammo tirik qolishim sizlar uchun zarurroqdir.
25
Bunga ishonchim komil, shuning uchun tirik qolishimni bilaman. Sizlarning imoningiz mustahkamlanib, quvonchingiz oshib boraverishi uchun men sizlar bilan birga qolaman.
26
Shunday qilib, men yana sizlarning oldingizga kelganimda, men tufayli Iso Masihdan yanada ko‘proq faxrlanasiz.
27
Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, Masih Xushxabariga loyiq tarzda hayot kechirishingiz kerak. Shunday yashanglarki, men sizlarni ko‘rishga borganimda, Xushxabarning samarasi bo‘lgan imon uchun yakdillik bilan kurashib, bir ruhda mustahkam turganingizni ko‘ray! Ammo sizlarni ko‘rishga borolmasam, shunday xabar eshitay.
28
Sizlarga qarshilik ko‘rsatayotganlardan hech hayiqmanglar. Sizlarning qat’iyatingiz ularning halok bo‘lishidan, sizlarning esa najot topishingizdan dalolat beradi. Bu Xudoning ishidir.
29
Zotan Xudo sizlarga nafaqat Masihga ishonish, balki Uning uchun azob–uqubat tortish sharafini ato qilgan.
30
Axir, sizlar azob–uqubatlarimni ko‘rdingiz, hozir ham aziyat chekayotganim haqida eshityapsiz. Endi mana shu kurashda sizlar mening sheriklarimsiz.
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 2 →
All chapters:
1
2
3
4