bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Romans 12
Romans 12
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 13 →
1
Shunday qilib, ey birodarlarim, Xudoning marhamati haqi sizlarga yolvoraman. O‘z tanangizni tirik, muqaddas va Xudoga manzur bo‘ladigan qurbonlik sifatida bag‘ishlang. Mana shu Xudoga loyiq bo‘lgan asl xizmatdir.
2
Bu dunyoga moslashmanglar, fikr–zikringizni yangilab, tubdan o‘zgaringlar. Shunda Xudoning irodasini tushuna oladigan bo‘lasiz, ya’ni nima yaxshi, Xudoga manzur va mukammal ekanligini bila oladigan bo‘lasiz.
3
Menga berilgan inoyatdan foydalanib, sizlarga aytyapman. O‘zingizga haddan tashqari yuqori baho bermanglar. Aksincha, Xudo har bir kishiga qancha imon bergan bo‘lsa, shunga ko‘ra fikr qilib, aqli raso odamlar bo‘linglar.
4
Axir, tanamiz bir bo‘lsa–da, tana a’zolari ko‘p, ammo tana a’zolarining vazifasi ham bir xil emas.
5
Shunga o‘xshab, biz — Masihga tegishli bo‘lganlar, bir tanani tashkil qilamiz. Har birimiz har xil a’zolar bo‘lib, bir–birimizga bog‘liqmiz.
6
Bizga berilgan inoyat bo‘yicha har birimizning har xil in’omlarimiz bor. Agar birortasida Xudoning so‘zini boshqalarga yetkazish in’omi bo‘lsa, u e’tiqodimizga muvofiq ravishda gapirsin.
7
Agar birorta odamga xizmat qilish in’omi berilgan bo‘lsa, u xizmat qilsin, agar birortasiga muallimlik in’omi berilgan bo‘lsa, u ta’lim bersin.
8
Agar insonga dalda berish in’omi berilgan bo‘lsa, u dalda bersin, beg‘araz yordam beradigan bo‘lsa, saxiylik bilan bersin. Yetakchilik qiladigan odam qunt bilan yetakchilik qilsin, mehr–shafqat ko‘rsatadigan odam xursandchilik bilan ish tutsin.
9
Bir–biringizga bo‘lgan mehr–muhabbatingiz samimiy bo‘lsin. Yomonlikdan nafratlanib, yaxshilikni mahkam tuting.
10
Bir-biringizni birodarlarcha, chuqur muhabbat bilan yaxshi ko‘ring. Bir–biringizni hurmat qilib, o‘zingizdan yuqori ko‘ring.
11
G‘ayratingiz susaymasin, butun qalbingiz bilan Rabbimiz Isoga xizmat qiling.
12
Umidingiz borligi uchun xursand bo‘ling. Qiyinchilikda sabr–toqat qiling. Ibodat qilishdan charchamang.
13
Muhtojlikda bo‘lgan birodarlarga yordam bering, doimo mehmondo‘st bo‘ling.
14
Sizlarni quvg‘in qilayotganlarni duo qilinglar, ularni qarg‘amanglar.
15
Sevinayotganlar bilan birga sevininglar, yig‘layotganlar bilan birga yig‘langlar.
16
O‘zaro hamfikr bo‘linglar. Takabburlik qilmay, bechora hamda past tabaqali odamlar bilan do‘st bo‘ling. O‘zbilarmonlik qilmanglar.
17
Hech kimga yomonlik evaziga yomonlik qaytarmanglar, odamlar yaxshilik deb bilganlarni qilishga intilinglar.
18
Agar iloji bo‘lsa, qo‘lingizdan kelganicha, barcha odamlar bilan tinch-totuv hayot kechiringlar.
19
Azizlarim, o‘zingiz uchun o‘zingiz qasos olmang, balki Xudoning g‘azabiga yo‘l qo‘yib bering. Axir, Muqaddas Bitiklarda Egamiz shunday deb aytgan–ku: “Men O‘zim qasos va o‘ch olaman.”
20
Muqaddas Bitiklarda yozilganiday qiling: “Dushmaning och bo‘lsa, ovqat ber, Chanqagan bo‘lsa, suv ichir. Shunda uning boshiga yonayotgan cho‘g‘ yiqqanday bo‘lasan.”
21
Yomonlik sizni mag‘lub qilmasin, aksincha siz yomonlikni yaxshilik bilan mag‘lub eting.
← Chapter 11
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 13 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16