bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Titus 3
Titus 3
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
1
Sen jamoatdagilarga eslatib tur: ular davlat boshliqlariyu hokimlarga bo‘ysunsinlar, itoat etib, har qanday xayrli ishga tayyor bo‘lsinlar.
2
Hech kimni yomonlamasinlar, janjallashmasinlar, boshqalarga nisbatan doim muloyim va mehribon bo‘lsinlar.
3
Bir vaqtlar bizlar ham fahmsiz, itoatsiz, adashgan odamlar edik, har xil zavqu ehtiroslarning quli bo‘lib, gina–kudurat va hasadgo‘ylik bilan kun kechirardik, bir–birimizdan nafratlanadigan razil odamlar edik.
4
Ammo Najotkorimiz Xudo bizga bo‘lgan ezguligi va mehr–muhabbatini ko‘rsatdi.
5
Savobli ishlarimiz tufayli emas, balki O‘zining rahm–shafqati tufayli U bizni qutqardi. Muqaddas Ruh orqali gunohlarimizni yuvdi, bizni yangidan tug‘dirib, yangi hayot ato etdi.
6
Najotkorimiz Iso Masih orqali Xudo bizning ustimizga Muqaddas Ruhini mo‘l–ko‘l qilib yog‘dirdi.
7
Biz Isoning inoyati bilan oqlandik, endi abadiy hayotga umid bog‘lab, Xudo va’da qilgan barakalardan bahramand bo‘la olamiz.
8
Bu gaplarning hammasi to‘g‘ri va asoslidir. Ushbu ta’limotning foydasi katta. Jamoatdagilarga yaxshilab uqtir, ular o‘rgatganlarimning hammasiga rioya qilsinlar. Xudoga ishonganlar xayrli ishlarga astoydil bel bog‘lasinlar.
9
Sen esa ahmoqona bahslardan, shajaralar hamda Tavrot qonunlari borasidagi munozarayu janjallardan o‘zingni olib qoch. Bular foydasiz va behudadir.
10
Orangizga nizo urug‘ini sepayotgan odamni bir–ikki marta ogohlantir, agar gapingga kirmasa, u bilan aloqani uz.
11
O‘zing bilasan–ku, bunday odamning fikri buzuq. Uning qilayotgan gunohlari o‘zini mahkum etadi.
12
Artemas yoki Tixikni sening yoningga yuborganimdan keyin, Nikopol shahriga, mening oldimga tezroq kelishga harakat qil. Chunki men qishni shu yerda o‘tkazishga qaror qildim.
13
Qo‘lingizdan kelgancha qonunshunos Zinas va Apollosga yordam qilinglar, safarga chiqishlari uchun kerakli hamma narsani ularga bekamu ko‘st qilib yetkazib beringlar.
14
Toki jamoatdagilar ham xayrli ishlarga astoydil bel bog‘lashga odatlansinlar, boshqalarning zaruriy ehtiyojlarini qondirsinlar, shunda hayotlari samarasiz bo‘lmaydi.
15
Yonimdagilarning hammasi senga salom yo‘llayaptilar. Bizni yaxshi ko‘radigan imondagi birodarlarimizga salom aytgin. Xudoning inoyati hammangizga yor bo‘lsin.
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
All chapters:
1
2
3