bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Hebrews 1
Hebrews 1
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 2 →
1
Xudo qadimda ota –bobolarimizga ko‘p marta va turli tarzda payg‘ambarlar orqali gapirgan edi.
2
Bu oxirgi kunlarda esa U bizga O‘z O‘g‘li orqali gapirdi. Xudo koinotni O‘g‘li orqali yaratgan va Uni butun borliqning vorisi qilib tayin etgan.
3
O‘g‘il — Xudo shuhratining porlashi, Xudo borlig‘ining aniq suratidir. U O‘zining qudratli kalomi bilan koinotni asrab turibdi. U O‘z jonini fido qilib, bizni gunohlardan pokladi, so‘ng samoda Ulug‘vor Xudoning o‘ng tomonida o‘tirdi.
4
Darhaqiqat, Xudo Masihga “O‘g‘il” deb ulug‘ nom berdi. Bu nom Masih farishtalardan nihoyatda yuksak martabaga ega ekanligini ko‘rsatib turibdi.
5
Axir, Xudo bironta farishtaga: “Sen Mening O‘g‘limsan, Bugun Men Senga Ota bo‘ldim”, — deb aytmagan! Yoki: “Men Unga Ota bo‘laman, U esa Menga O‘g‘il bo‘ladi.” — demagan!
6
To‘ng‘ich O‘g‘lini bu dunyoga yana yuborishidan oldin esa, Xudo shunday deb aytadi: “Hamma farishtalarim Unga sajda qilsinlar.”
7
Farishtalar haqida esa Xudo: “Men O‘z malaklarimni shamollarga aylantiraman, Xizmatkorlarimni lovullagan olov qilaman, — degandi.
8
Ammo O‘z O‘g‘liga U shunday degan: “Sen Xudosan, Sening taxting abadiydir, Adolat hassasi shohliging hassasidir.
9
Sen solihlikni sevasan, qabihlikdan nafrat etasan. Shu bois Men Seni do‘stlaringdan ustun qildim, Ha, Men, Xudoying, shodlik moyini Senga surtdim.”
10
Yana O‘g‘liga shunday degan: “Sen Rabbiysan, Azalda zaminning poydevorini Sen qo‘ygansan, Samolarni O‘z qo‘llaring ila yaratgansan.
11
Ular yo‘q bo‘lib ketar, Sen turaverasan, Ularning hammasi kiyim kabi eskirib ketadi.
12
Keraksiz libosday ularni taxlab qo‘yasan, To‘zib ketgan kiyimday ularni almashtirasan. Sen esa hech o‘zgarmassan, Sen to abad yashaysan.”
13
Xudo bironta farishtaga: “Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga poyandoz qilmagunimcha, Sen Mening o‘ng tomonimda o‘tirgin”, — deb aytmagan.
14
Axir, farishtalar bor–yo‘g‘i xizmatchi ruhlar! Xudo ularni abadiy hayotdan bahramand bo‘ladigan odamlarga xizmat qilish uchun yuborgan.
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 2 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13