bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Hebrews 3
Hebrews 3
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 4 →
1
Ey birodarlarim, sizlar Xudoning aziz xalqisizlar. Xudo sizlarni O‘z huzuriga kirishga da’vat etgan. Kelinglar, Xudoning elchisi va biz e’tirof etgan e’tiqodimizning oliy ruhoniysi Iso haqida mulohaza qilaylik.
2
Xudo Isoni Oliy ruhoniy qilib tayinladi. Muso Xudoning xonadonida sodiq xizmatkor bo‘lgani kabi, Iso ham Xudoga sodiq bo‘ldi.
3
Biroq Iso Musodan ko‘ra ko‘proq ulug‘vorlikka loyiq bo‘ldi. Axir, uydan ko‘ra uni qurgan odam ko‘proq e’tiborga sazovor–ku!
4
Albatta, har bir uyning quruvchisi bor, ammo aslida butun borliqning binokori — Xudo.
5
Muso sodiq qul edi. U Xudoning butun xalqi orasida eng ishonchlisi bo‘lib, uning xizmati kelajakda oshkor bo‘ladigan ilohiy haqiqatning sharpasi edi, xolos.
6
Masih esa sodiq O‘g‘il edi. Unga Xudoning xonadonini boshqarish topshirildi. Xudoning xonadoni esa bizmiz. Biz faqat jasur bo‘lib, umidimizni mahkam tutishimiz kerak. Axir, biz bu umidimiz bilan faxrlanamiz.
7
Shunday ekan, Muqaddas Ruhning aytgan gaplarini yodingizda tuting: “Qaniydi bugun Mening ovozimga quloq solsangiz!
8
Menga qarshi isyon qilgan otalaringizday tosh yurak bo‘lmanglar, Meni sahroda sinagan o‘sha ajdodlaringizday bo‘lmanglar.
9
Otalaringiz qirq yil qilgan ishlarimni ko‘rsa ham, U yerda Meni sinab ko‘rdilar.
10
Shu bois Men bu nasldan g‘azablanib, dedim: ‘Ular doim Mendan yuz o‘girishadi, Amrlarimga bo‘ysunishdan bosh tortishadi.’
11
Shuning uchun g‘azablanib, ont ichdim: ‘Ular farog‘at diyorimga kirmaydi’, dedim.”
12
Ey birodarlarim, ehtiyot bo‘linglar! Yomon niyatga qalbingizdan o‘rin bermanglar, Xudoga bo‘lgan ishonchingizni yo‘qotmanglar. Aks holda bu illatlar sizlarni barhayot Xudodan qaytaradi.
13
Har kunni Muqaddas Bitiklardagi “bugun” deb bilib, bir–biringizga nasihat qilinglar. Tag‘in birortangiz gunohga aldanib, yuragingizni tosh qilmanglar.
14
Axir, biz Masihga sherik bo‘ldik. Faqat boshida ega bo‘lgan imonimizni oxirigacha mahkam tutishimiz lozim.
15
Bir–biringizga Zaburdagi shu so‘zlarni eslatib turinglar: “Qaniydi bugun Mening ovozimga quloq solsangiz! Menga qarshi isyon qilgan otalaringizday tosh yurak bo‘lmanglar!”
16
O‘shanda Xudoning ovozini eshitib turib, isyon qilgan kim edi? Muso Misrdan olib chiqqanlarning hammasi!
17
Qirq yil davomida Xudo kimdan g‘azablangandi? Gunoh qilgan odamlardan! Ular hammasi o‘ldi, sahro ularga qabr bo‘ldi.
18
Xudo ont ichib: “Ular farog‘at diyorimga kirmaydi”, deya kim haqida aytgan edi? Albatta bo‘ysunmagan odamlar haqida!
19
Demak, ular Xudoga ishonmaganlari uchun farog‘at diyoriga kira olmadilar.
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 4 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13