bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Judges 10
Judges 10
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 9
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 11 →
1
Abumalekning o‘limidan so‘ng Puvax o‘g‘li To‘lo Isroil xalqini dushmanlardan ozod qildi. U Issaxor qabilasidan bo‘lgan Do‘do‘ning nabirasi bo‘lib, Efrayim qirlaridagi Shomir shahrida istiqomat qilardi.
2
U Isroil xalqiga yigirma uch yil davomida hakam bo‘lib xizmat qildi. So‘ngra olamdan ko‘z yumib, Shomirda dafn qilindi.
3
Undan keyin Giladlik Yovir hakam bo‘ldi. U yigirma ikki yil davomida Isroilga rahnamolik qildi.
4
Uning o‘ttizta o‘g‘li bor edi. Ular o‘ttizta eshakni minishar va Gilad o‘lkasidagi o‘ttizta shaharga egalik qilishardi. Bu shaharlar bugunga qadar Yovir qishloqlari, deb atalmoqda.
5
Yovir olamdan o‘tib, Kamonda dafn qilindi.
6
Isroil xalqi yana Egamizning oldida qabihliklar qilib, Baal va Ashtaretning tasvirlariga sig‘inish bilan bir qatorda, Oram, Sidon, Mo‘ab, Ommon va Filist xalqlarining xudolariga sajda qildi. Egamizdan yuz o‘girib, Unga sajda qilmay qo‘ydi.
7
Bundan nihoyatda g‘azablangan Egamiz Isroil xalqini Filist va Ommon xalqlarining qo‘liga berdi.
8
O‘sha yili ular Isroil xalqiga zulm qilib, rosa ezdilar. Iordanning sharqida, ya’ni Gilad hududida istiqomat qilgan Isroil xalqiga ular o‘n sakkiz yil davomida zulmini o‘tkazib keldilar. Ilgarilari bu yerlar Amor xalqiga tegishli edi.
9
Shunisi yetmaganday, Ommon xalqi Yahudo, Benyamin va Efrayim qabilalariga ham hujum qilmoqchi bo‘lib, Iordan daryosining narigi qirg‘og‘iga o‘tib olgan edi. Bundan qattiq tashvishga tushgan
10
Isroil xalqi: — Biz gunoh qildik! — deya Egamizga faryod qildi. — Biz o‘z Xudoyimizdan yuz o‘girib, Baalning tasvirlariga sig‘indik.
11
Egamiz esa ularga shunday dedi: — Men sizlarni Misr, Amor, Ommon va Filist xalqlarining zulmidan qutqardim.
12
Sidonliklar, Omolek va Moyun xalqlarining jabru zulmidan nolib, Menga yolvorganingizda, sizlarga najot berdim.
13
Shunga qaramay, sizlar Mendan yuz o‘girib, boshqa xudolarga sig‘indingizlar. Bo‘ldi, yetar! Endi sizlarni qutqarmayman!
14
Borib, o‘zlaringiz tanlab olgan xudolaringizga iltijo qilinglar. Qiynalganingizda ular sizlarga najot berishsin.
15
— Biz gunoh qildik! Bizga xohlaganingni qil, ammo bugun bizni dushmanlarimizdan qutqargin, — deya o‘tindi Isroil xalqi.
16
Shunday qilib, ular begona xudolarning tasvirlarini yo‘q qilib, Egamizga sajda qildilar. Isroil xalqining chekkan azob–uqubatlarini ko‘rgan Egamiz ularga nihoyatda achindi.
17
Ommon xalqi odamlarini jangga safarbar qilib, qarorgohini Gilad hududida joylashtirdi. Isroil xalqi esa to‘planib, qarorgohini Mispaxda joylashtirdi.
18
Isroil qabilalarining rahnamolari: “Ommon xalqiga kim birinchi bo‘lib hujum qilar ekan?” — deya bir–birlariga qarab olishdi. So‘ng: “Jangni boshqargan odam Giladga hokim bo‘ladi”, — degan qarorga kelishdi.
← Chapter 9
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 11 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21