bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Judges 17
Judges 17
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 16
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 18 →
1
Efrayim qirlarida Mixo degan bir odam yashardi.
2
Bir kuni u onasiga shunday dedi: — Oyi, esingizdami 1100 bo‘lak kumushni o‘g‘irlatib qo‘ygan edingiz? O‘shanda o‘g‘rini oldimda qarg‘agansiz. Mana, o‘sha kumushingiz. Uni men olgandim. Shunda onasi: — Iloyim baraka topgin, o‘g‘lim! — dedi.
3
Mixo 1100 bo‘lak kumushni onasiga qaytarib berdi. Onasi esa: — Men bu kumushni bosh–ko‘zingdan sadaqa qilib, Egamga bag‘ishlayman, — dedi, — undan quyma va o‘yma butlar yasattiraman. O‘sha kumush o‘zingga qaytib keladi, o‘g‘lim.
4
Onasi Mixo qaytarib bergan kumush bo‘laklarning 200 tasini zargarga berdi. Zargar but yasab, uni kumush bilan qopladi. Tayyor bo‘lgan but Mixoning uyiga o‘rnatildi.
5
Mixoning bir sajdagohi bor edi. U ruhoniylar kiyadigan maxsus libos tiktirib, yana bir nechta xonaki sanamlar yasattirdi, so‘ng o‘g‘illaridan birini o‘zining sajdagohiga ruhoniy qilib tayinladi.
6
O‘sha davrda Isroilda shoh yo‘q edi. Har bir odam bilganini qilar edi.
7
Yahudo hududidagi Baytlahm shahrida bir yosh levi yashardi.
8
Bu odam o‘ziga boshqa joydan boshpana topmoqchi bo‘lib, Baytlahmni tark etdi. U yo‘l yurib, Efrayim qirlaridagi Mixoning uyiga kelib qoldi.
9
— Qayerliksan, o‘g‘lim? — deb so‘radi undan Mixo. — Men Yahudodagi Baytlahmdan kelgan leviman, — deb javob berdi u. — O‘zimga boshpana qidirib yuribman.
10
— Kel, menikida turaqol, — dedi Mixo. — Mening maslahatchim hamda ruhoniyim bo‘l. Men esa har yili senga o‘n bo‘lakdan kumush to‘lab, kiyim–kechaging bilan yeguligingni beraman.
11
[11-12] Levi Mixonikida turishga rozi bo‘ldi. Mixo uni ruhoniy qilib tayinladi. Levi Mixonikida yashab yurdi va Mixoga xuddi o‘g‘liday bo‘lib qoldi.
12
***
13
Shunda Mixo dedi: “Mana, endi Egam meni barakali qilishini bilaman, chunki levining o‘zi menga ruhoniy bo‘lib xizmat qilyapti.”
← Chapter 16
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 18 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21