bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Leviticus 2
Leviticus 2
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 1
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 3 →
1
Agar birortangiz Egamizga don nazrini keltirmoqchi bo‘lsangiz, sifatli bug‘doy unini nazr qiling. Bug‘doy uniga zaytun moyini qo‘shib, ustiga xushbo‘y tutatqidan qo‘ying.
2
So‘ng o‘sha bug‘doy unini Horunning ruhoniy o‘g‘illariga olib keling. Ruhoniy moy qo‘shilgan sifatli unning bir hovuchini va ustidagi tutatqining hammasini olib, qurbongoh ustida kuydirsin. Bunday qilish nazrning hammasi Xudoga tegishli ekanini bildiradi. Olovda kuydirilgan bu nazrdan Egamizga yoqimli hid boradi.
3
Don nazrining qolgani esa Horun va uning o‘g‘illariniki bo‘lsin. Nazrning ruhoniylarga tegishli bu qismi g‘oyat muqaddasdir, chunki u Egamizga atalgan, olovda kuydiriladigan nazrlardan olingandir.
4
Agar tandirda yopilgan nonni don nazri sifatida keltirmoqchi bo‘lsangiz, zaytun moyiga qorilgan nonlarni yoki yuziga zaytun moyi surtilgan chalpaklarni nazr qiling. Ularni sifatli undan yopib, xamirturush qo‘shmang.
5
Agar tovada pishirilgan nonni nazr qilmoqchi bo‘lsangiz, noningiz zaytun moyiga qorilgan sifatli undan yopilgan bo‘lsin. Unga xamirturush qo‘shmang.
6
Nonni sindirib, ustiga zaytun moyidan quying. Bu don nazridir.
7
Agar nazringiz qozonda tayyorlangan bo‘lsa, u sifatli undan tayyorlangan bo‘lib, zaytun moyida qovurilgan bo‘lishi kerak.
8
Don nazringizni qaysi usulda tayyorlaganingizdan qat’iy nazar, uni Egamizga olib kelib, ruhoniyga bering. Ruhoniy esa uni qurbongohga olib borsin.
9
Ruhoniy don nazringizning bir qismini olib, qurbongohda kuydirsin. Bunday qilish nazrning hammasi Xudoga tegishli ekanini bildiradi. Olovda kuydirilgan bu nazrdan Egamizga yoqimli hid boradi.
10
Don nazringizning qolgani esa Horun va uning o‘g‘illariniki bo‘lsin. Nazrning ruhoniylarga tegishli bu qismi g‘oyat muqaddasdir, chunki u Egamizga atalgan, olovda kuydiriladigan nazrlardan olingandir.
11
Egamizga keltiradigan don nazringizning birortasiga xamirturush qo‘shmang. Na xamirturushni, na qiyomni olovda kuydirib, Egamizga nazr qilmang.
12
Xamirturush va qiyomni ilk hosil nazringizga qo‘shib, Egamizga keltirishingiz mumkin. Lekin Egamizga yoqimli hid borsin, deb bularni qurbongoh ustida kuydirmang.
13
Don nazringizning hammasiga tuz qo‘shing. Zotan tuz — siz Xudoyingiz bilan tuzgan ahdni bildiradi. Shunday ekan, birorta nazringiz tuzsiz bo‘lmasin.
14
Agar Egamizga ilk hosilingizdan don nazri keltirmoqchi bo‘lsangiz, qovurilgan yangi bug‘doy boshoqlarini tuyib, olib keling.
15
Bu don nazri bo‘lgani uchun, unga zaytun moyini qo‘shib, ustiga xushbo‘y tutatqidan qo‘ying.
16
Ruhoniy tuyilgan bug‘doyning bir qismini, ustidagi moy va hamma tutatqi bilan birga qurbongoh ustida kuydirsin. Bunday qilish nazrning hammasi Xudoga tegishli ekanini bildiradi. Egamizga atab, olovda kuydirilgan nazr shudir.
← Chapter 1
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 3 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27