bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Leviticus 21
Leviticus 21
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 20
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 22 →
1
Egamiz Muso orqali Horunning ruhoniy o‘g‘illariga shunday dedi: “Ruhoniy qazo qilgan qarindoshining jasadiga tegib o‘zini bulg‘amasin.
2
Bordi–yu, marhum ruhoniyga eng yaqin qarindoshi, ya’ni ota–onasi, o‘g‘il–qizi, aka–ukasi,
3
shuningdek, turmushga chiqmagan opa–singlisi bo‘lsa, ular tufayli bulg‘anishi mumkin.
4
Lekin xotini tomonidan birov qazo qilsa, u tufayli o‘zini bulg‘ab, murdor bo‘lmasin.
5
Ruhoniy aza tutganda sochini qirmasin, soqolining uchini qirqmasin, badanini tilmasin.
6
U Mening oldimda muqaddas bo‘lsin, Meni badnom etmasin. Men, Egasi Xudoga olovda kuydiriladigan taom nazrlarni keltirgani uchun u muqaddas bo‘lsin.
7
Fohishalik qilib bulg‘angan yoki eridan ajralgan ayolga uylanmasin. Zotan ruhoniy Mening oldimda muqaddasdir.
8
Xalq ham ruhoniyni muqaddas deb bilsin, chunki Men, Xudoyingizga nonni keltiradigan o‘shadir. U odamlar uchun muqaddas bo‘lsin, zotan Men, Egangiz, muqaddasman. Xalqimni muqaddas qiladigan Menman.
9
Agar ruhoniyning qizi fohishalik qilib o‘zini bulg‘asa, u otasini ham bulg‘agan bo‘ladi. Unday qizni tiriklayin kuydirish lozim.
10
Aka–ukalari orasidan boshiga moy surtib tanlangan oliy ruhoniy ruhoniylik liboslarini kiyish uchun bag‘ishlangandir. Shuning uchun u qayg‘udan sochini to‘zmasin, liboslarini ham yirtmasin.
11
Jasadning yaqiniga bormasin, hatto vafot etgan ota–onasi tufayli ham o‘zini bulg‘amasin.
12
U ota–onasini dafn qilish uchun Muqaddas chodirdan chiqmasin, shu tufayli Mening chodirimni bulg‘amasin. Zotan Mening muqaddas qiladigan moyim uning ustidadir, u Menga bag‘ishlangandir. Men Egangizman.
13
Oliy ruhoniy faqat bokira qizga uylansin.
14
Beva, eridan ajralgan yoki fohishalik qilib bulg‘angan ayolni xotinlikka olmasin. O‘z qavmidagi bokira qizga uylansin,
15
shu tariqa muqaddas naslini haromlikdan asrasin. Men, Egangiz, uni muqaddas qilganman.”
16
Egamiz Muso orqali
17
Horunga shunday dedi: “Avlodingdan nuqsoni bor biror odam Menga qurbonliklarni keltirmasin. Bunga avlodlar osha rioya qilinglar.
18
Nuqsoni bor hech kim yaqinimga kelmasin: ko‘r, cho‘loq, mayib, majruh
19
qo‘l–oyog‘i singan,
20
bukur, pakana, ko‘zida nuqsoni bor, yiringlagan yaralari yoki qo‘tiri bor, moyagi ezilgan odam qurbongohning yaqiniga bormasin.
21
Ruhoniy Horun naslidan nuqsoni bor hech kim olovda kuydiriladigan nazrlarni Men, Egangizga keltirmoqchi bo‘lib yaqinlashmasin. Nuqsoni bo‘lgani uchun u Menga taom nazrlarni keltirish uchun yaqinlashmasin.
22
U Mening qurbonliklarimni, eng muqaddas va muqaddas nazrlarimni tanovul qilishi mumkin.
23
Lekin nuqsoni tufayli u Muqaddas xonadagi ichki pardaga va qurbongohga aslo yaqinlashmasin. Aks holda u muqaddas makonimni bulg‘agan bo‘ladi. Makonimni muqaddas qiladigan Egangiz Menman.”
24
Shunday qilib, Muso bularning hammasini Horun va uning o‘g‘illariga hamda butun Isroil xalqiga aytdi.
← Chapter 20
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 22 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27