bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Acts 11
Acts 11
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 10
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 12 →
1
Havoriylar va Yahudiyadagi imonlilar: “G‘ayriyahudiylar ham Xudoning kalomini qabul qilibdilar”, degan xabarni eshitdilar.
2
Butrus Quddusga borganda, yahudiy imonlilar unga ta’na qildilar:
3
— Siz sunnatsiz odamlarnikida mehmon bo‘libsiz, ular bilan birga yeb–ichibsiz!
4
Shunda Butrus ularga yuz bergan voqeani batafsil tushuntira boshladi:
5
— Men Yaffa shahrida ibodat qilayotgan edim, bir payt hushimdan ketib, vahiy ko‘ribman. Osmondan katta dasturxonga o‘xshash bir narsa to‘rt burchagidan osilgan holda yerga tushib keldi. O‘sha narsa oldimga tushdi.
6
Men o‘sha narsaning ichiga yaxshilab qaradim va unda turli xil chorva va yovvoyi hayvonlarni, sudralib yuruvchilar va qushlarni ko‘rdim.
7
O‘shanda bir ovoz menga: “Tur, Butrus, so‘yib yegin”, deganini eshitdim.
8
Men shunday javob berdim: “Aslo unday qilmayman, Egam! Men hech qachon xarom yoki nopok narsalarni og‘zimga olmaganman!”
9
Ammo o‘sha ovoz ikkinchi marta eshitilib: “Xudo halol deb aytgan narsalarni sen xarom deb aytmasliging kerak”, deb osmondan gapirdi.
10
Bu suhbat uch marta takrorlandi. Shunda dasturxonga o‘xshash o‘sha narsa yana osmonga olindi.
11
Xuddi shu paytda Qaysariyadan yuborilgan uchta odam men turgan uyga yetib kelgan edi.
12
Muqaddas Ruh menga: “Hech ikkilanmay bu odamlar bilan birga bor”, deb aytdi. Bu oltita birodar men bilan birga borib, o‘sha odamning uyiga kirdi.
13
U odam uyida farishta paydo bo‘lganini, uning o‘zi bu farishtani ko‘rganini bizga so‘zlab berdi. Farishta unga shunday debdi: “Yaffaga odam yuborib, Shimo‘n degan odamni chaqirtirib kel. Uning ikkinchi ismi Butrus.
14
U senga aytadigan xabar orqali o‘zing va oilang najot topasizlar.”
15
Men gapimni boshlashim bilanoq, Muqaddas Ruh oldin bizni qamrab olgani singari, ularni ham qamrab oldi.
16
Shunda men Rabbimiz Isoning: “Yahyo suvga cho‘mdirgan edi, sizlar esa Muqaddas Ruhga cho‘mdirilasizlar”, degan so‘zlarini esladim.
17
Biz Rabbimiz Iso Masihga imon keltirganimizda, Xudo bizga bergan in’omni ularga ham bergan bo‘lsa, men kim bo‘libmanki, Xudoga qarshilik qilsam?!
18
Ular bu so‘zlarni eshitib, jim bo‘lib qoldilar. So‘ng Xudoga hamdu sano aytib: “Xudo hatto g‘ayriyahudiylarni ham hayotga eltadigan tavbaga olib boribdi”, dedilar.
19
Stefan o‘ldirilgandan keyin boshlangan quvg‘inlar oqibatida imonlilar Finikiya, Kipr va Antioxiyaga tarqalib ketdilar. Ular Iso haqidagi xabarni yahudiylardan boshqa hech kimga aytmasdilar.
20
Ularning orasida Kipr va Kirineyadan Antioxiyaga kelgan ba’zi imonlilar bor edi. Ular Rabbimiz Iso to‘g‘risida u yerdagi g‘ayriyahudiylarga ham va’z qildilar.
21
Egamizning qudrati ularda bor edi, shuning uchun ko‘pchilik imonga kelib, Rabbimizga yuz burdi.
22
Bu yangilik Quddusdagi imonlilar jamoatiga yetib keldi. Jamoatdagilar Barnaboni Antioxiyaga jo‘natdilar.
23
U kelib, Xudoning marhamatini ko‘rganidan xursand bo‘ldi. Hammaga: “Chin yurakdan Rabbimiz Isoga sadoqatingizni saqlab qolinglar”, deb nasihat qildi.
24
U Muqaddas Ruhga va imonga to‘la, olijanob odam edi. Juda ko‘p odamlar Isoni Rabbim deb imonga keldilar.
25
Shundan keyin Barnabo Shoulni izlab Tarshishga ketdi. U Shoulni topgandan keyin, uni Antioxiyaga olib keldi.
26
Shunday qilib, Barnabo bilan Shoul bir yil davomida u yerdagi jamoat bilan bir joyga yig‘ilib, bir qancha odamlarga ta’lim berdilar. Shogirdlarga birinchi marta Antioxiya shahrida “ masihiylar ” deb nom berildi.
27
O‘sha paytda Quddusdan Antioxiyaga payg‘ambarlar keldilar.
28
Ulardan biri — Agav degani o‘rtaga chiqib, butun olamda qattiq ocharchilik bo‘lishini Muqaddas Ruh orqali bashorat qildi (uning bashorati Qaysar Klavdiy hukmronligi davrida yuz berdi).
29
Shogirdlar, imkonimiz boricha Yahudiyada yashaydigan imonli birodarlarimizga yordam jo‘natamiz, deb qaror qildilar.
30
Ular aytganlarini qilib, Barnabo va Shoul orqali Quddusdagi jamoat oqsoqollariga hadyalar yubordilar.
← Chapter 10
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 12 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28