bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Acts 6
Acts 6
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 5
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 7 →
1
Shu vaqt davomida shogirdlarning soni ortib boraverdi. Ammo shu paytda yunonzabon va oromiyzabon imonli yahudiylar orasida ziddiyat paydo bo‘ldi. Yunonzabon yahudiylar: “Kundalik oziq–ovqat taqsimlanganda, bizning bevalarimiz e’tibordan chetda qolyaptilar”, deb e’tiroz bildirdilar.
2
O‘n ikki havoriy jamiki shogirdlarni yig‘ib, ularga shunday dedilar: — Biz Xudoning kalomini va’z qilishni bir chetda qoldirib, ozuqa tarqatish bilan ovora bo‘lishimiz to‘g‘ri emas.
3
Birodarlar, orangizdan yetti kishini tanlanglar. Ular obro‘–e’tiborga ega, Muqaddas Ruhga va donolikka to‘lib–toshgan bo‘lsin. Ularni bu xizmatga tayin etaylik.
4
Biz esa o‘zimizni ibodatga va Xudoning kalomi xizmatiga bag‘ishlaylik.
5
Ularning gapi butun jamoaga ma’qul bo‘ldi. Jamoa imonga va Muqaddas Ruhga to‘la Stefanni, shuningdek Filip, Proxor, Nikanor, Timon, Parmen va yahudiy diniga kirgan Antioxiyalik Nikolayni tanladilar.
6
Ular bu odamlarni havoriylarning oldiga turg‘izib qo‘ydilar. Havoriylar ularga qo‘llarini qo‘yib, ibodat qildilar.
7
Shunday qilib, Xudoning so‘zi yoyilib boraverdi. Shogirdlar soni Quddusda ko‘paydi. Ruhoniylarning ko‘pchiligi imonga keldilar.
8
Stefan Xudoning marhamatiga va ilohiy qudratga to‘lgan edi. U xalq orasida ajoyib mo‘jizalar va alomatlar ko‘rsatdi.
9
Ammo Ozodlar degan sinagoga a’zolarining ba’zilari — Kirineyaliklar, Aleksandriyaliklar, shuningdek Kilikiya va Asiyaliklar Stefan bilan bahslasha boshladilar.
10
Muqaddas Ruh Stefanga ko‘p donolik berdi, shuning uchun ular Stefanning gaplarini inkor qila olmadilar.
11
Shundan keyin sinagoga a’zolari ba’zi odamlarni gijgijlab: “Stefan Musoga va Xudoga qarshi kufr so‘zlar aytganini eshitdik”, — deb aytishga ko‘ndirdilar.
12
Shu yo‘l bilan ular xalqni, oqsoqollarni, Tavrot tafsirchilarini qayradilar. Ular Stefanni ushlab, Oliy kengashga olib keldilar.
13
Shunda ular soxta guvohlarni yolladilar. Soxta guvohlar shunday dedilar: “Bu odam mana shu muqaddas Ma’badga va qonunga qarshi gaplar aytishdan to‘xtamayapti.
14
Uning aytishicha, Nosiralik Iso Ma’badni qulatar emish, Muso bizlarga bergan urf–odatlarni o‘zgartirar emish.”
15
Oliy kengashda o‘tirganlar Stefanga tikilib qaradilar, uning yuzi xuddi farishtaning yuziga o‘xshash ekanini ko‘rdilar.
← Chapter 5
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 7 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28