bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Acts 14
Acts 14
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 13
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 15 →
1
Xuddi shunga o‘xshash voqea Ikoniya shahrida yuz berdi: Pavlus bilan Barnabo sinagogaga kirib, otashin va’z aytdilar. Natijada bir qancha yahudiylar bilan g‘ayriyahudiylar imonga keldilar.
2
Ammo imonga kelmagan yahudiylar g‘ayriyahudiylarni qayrab, ularni imonlilarga qarshi qo‘zg‘atdilar.
3
Havoriylar Pavlus bilan Barnabo bu yerda uzoq vaqt qolib, Rabbimiz Iso haqida jasorat bilan gapiraverdilar. Rabbimiz ham ularga mo‘jizalar va alomatlar ko‘rsatish qudratini berib, O‘zining marhamati haqidagi xabarni ular orqali tasdiqladi.
4
Shahar aholisi esa ikkiga bo‘lindi: ba’zilari yahudiylar tomonga o‘tdi, boshqalari esa havoriylarga qo‘shildi.
5
Shundan keyin yahudiylar va g‘ayriyahudiylar o‘z yo‘lboshchilari bilan birga havoriylarga hamla qilib, ularni toshbo‘ron qilmoqchi bo‘ldilar.
6
Havoriylar bu to‘g‘rida bilib qolganlaridan keyin Likaoniyaning boshqa hududlariga qochib ketdilar. Ular Listra va Darba shaharlarida va ularning yon–atrofidagi joylarda
7
ham Xushxabarni va’z qilishda davom etdilar.
8
Listra shahrida bir odam bo‘lib, oyoqlarini qimirlata olmasdan o‘tirardi. U tug‘ma mayib bo‘lib, hech qachon yurmagan edi.
9
Pavlus gapirayotganda, u quloq solib o‘tirgan edi. Pavlus unga tikilib qaradi. U odamning shifo topishiga ishonchi borligini ko‘rib,
10
unga baland ovozda dedi: — O‘rningdan tur! U odam sakrab o‘rnidan turdi–da, yura boshladi.
11
Olomon Pavlusning qilgan ishini ko‘rgach, Likaoniya tilida: “Xudolar bizning oldimizga inson qiyofasida kelibdi!” deb shovqin soldilar.
12
Ular Barnaboni Zevs, Pavlus notiq bo‘lgani uchun uni Hermes deb atashdi.
13
Zevsning ma’badi shahar tashqarisida edi. Zevs ruhoniysi shahar darvozalariga buqalar va gulchambarlar olib keldi. Ruhoniy bilan olomon qurbonlik nazr qilmoqchi bo‘ldilar.
14
Havoriylar — Barnabo bilan Pavlus buni eshitib, yoqalarini chok qilib, olomon orasiga yorib kirdilar. Ular shunday deb shovqin soldilar:
15
— Do‘stlar! Nimaga bunday qilyapsizlar! Biz ham sizlar singari insonlarmiz! Biz sizlarga Xushxabar olib keldik, toki sizlar anavi behuda narsalardan yuz o‘giringlar, osmonni, yerni, dengizni, ulardagi hamma narsani yaratgan barhayot Xudoga yuz buringlar.
16
O‘tmishda Xudo hamma xalqlarni o‘z holiga qo‘ydi.
17
Ammo shunga qaramay, O‘z ezguligini ko‘rsatib, osmondan yomg‘ir yog‘dirib keldi, mavsumida hosil berdi, rizqingizni tugal qilib, yuraklaringizni shodlikka to‘ldirdi.
18
Shu gaplari bilan havoriylar, biz uchun qurbonlik keltirmanglar, deb olomonni zo‘rg‘a to‘xtatib qoldilar.
19
Ammo Antioxiya va Ikoniyadan yahudiylar kelib, xalqni o‘zlariga og‘dirib oldilar. Ular Pavlusni toshbo‘ron qildilar va “U o‘ldi, shekilli”, deb uni shahardan tashqariga sudrab chiqarib tashladilar.
20
Shogirdlar Pavlusning atrofiga yig‘ilganlaridan keyin esa, u o‘rnidan turib, shaharga qaytib kirdi. Ertasi kuni esa Barnabo bilan birga Darba shahriga ketdi.
21
Ular Xushxabarni Darba shahrida va’z qilib, ko‘p shogirdlar orttirganlaridan keyin, Listra shahriga, so‘ngra Ikoniya va Antioxiya shaharlariga qaytib keldilar.
22
Ular shogirdlarni imonda sobit qolishga undab: “Biz Xudo Shohligiga kirishimiz uchun ko‘p mashaqqatlarni boshdan kechirishimiz kerak”, deb dalda berardilar.
23
Ular har bir imonlilar jamoatiga oqsoqollar tayin qildilar. So‘ng ibodat qilib va ro‘za tutib, oqsoqollarni o‘zlari ishongan Rabbimiz Isoning panohiga topshirdilar.
24
So‘ngra ular Pisidiyadan o‘tib, Pamfiliyaga keldilar.
25
Perga shahrida Iso haqidagi xabarni va’z qilganlaridan keyin, Attaliyaga ketdilar.
26
So‘ng kemada Antioxiyaga qaytib keldilar. Bu shahardagi jamoat ularni hozir tamomlagan ishlari uchun Xudoning marhamatiga topshirgan edi.
27
Havoriylar Antioxiyaga kelganlaridan keyin, jamoatni bir joyga yig‘dilar va Xudo ular orqali nimalar qilganini, g‘ayriyahudiylarning imonga kelishi uchun Xudo qanday yo‘l ochib berganini aytib berdilar.
28
Havoriylar bu yerda shogirdlar bilan birga ancha vaqt qoldilar.
← Chapter 13
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 15 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28