bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Luke 18
Luke 18
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 17
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 19 →
1
Shogirdlar doimo va bezmasdan ibodat qilsin deb, Iso ularga shunday bir masal aytib berdi:
2
— Bir shaharda Xudodan ham qo‘rqmaydigan, odamdan ham uyalmaydigan bir qozi bor ekan.
3
O‘sha shaharda bir beva ayol ham yashar ekan. U qozining oldiga tez–tez borib turib: — Meni raqibimdan himoya qiling, — deb o‘tinarkan.
4
Qozi ancha vaqtgacha unga yordam berishdan bosh tortib yurar ekan. Oxiri u o‘zi–o‘ziga shunday debdi: — Men Xudodan qo‘rqmayman, odamlardan ham uyalmayman.
5
Ammo bu beva xotin meni holu jonimga qo‘ymagani uchun, uni himoya qila qolay. Bo‘lmasa, u kelaverib meni bezor qiladi.
6
Rabbimiz Iso gapida davom etib dedi: — Adolatsiz qozining gapini eshitdingizmi?
7
Shunday ekan, nahotki Xudo tunu kun iltijo qilayotgan O‘z tanlaganlarini himoya qilmasa?! Yo‘q, Xudo ularni kuttirib qo‘ymaydi!
8
Sizlarga aytaman, ularni zudlik bilan himoya qiladi! Ammo Inson O‘g‘li kelganda, yer yuzida imoni bor odamlarni toparmikin?”
9
O‘zlarining solihligiga ishonib, boshqalarni mensimaydigan ba’zi odamlarga Iso quyidagi masalni aytib berdi:
10
“Ikki odam ibodat qilgani Ma’badga kirishibdi. Ularning biri farziy, ikkinchisi soliqchi ekan.
11
Farziy o‘rnidan turib, shunday ibodat qilibdi: — Xudoyim, O‘zingga shukr! Chunki men boshqalarga o‘xshab o‘g‘ri, jinoyatchi, zinokor yoki manavi soliqchiday emasman.
12
Men haftada ikki marta ro‘za tutaman. Topganimning o‘ndan birini ushr qilib beraman.
13
Soliqchi bo‘lsa uzoqda turib, hatto osmonga ham qarashga botinolmay, ko‘kragiga urganicha: — Yo Xudo, men gunohkorga rahm qil! — deb iltijo qilardi.
14
Sizga aytaman: farziy emas, mana shu odam oqlanib uyiga qaytdi. Zotan o‘zini o‘zi yuksaltirgan odam kamsitiladi, o‘zini past olgan odam esa yuksaltiriladi.”
15
Iso bolalarimizga qo‘l tekkizsin, deb odamlar Uning oldiga hatto go‘daklarni ham olib kelishardi. Shogirdlar buni ko‘rib, odamlarni koyidilar.
16
Iso esa bolalarni yoniga chaqirib, dedi: “Bolalarga yo‘l beringlar, Mening oldimga kelishiga to‘sqinlik qilmanglar! Zero, Xudoning Shohligi shundaylarnikidir.
17
Sizlarga chinini aytayin: kim Xudoning Shohligini bola kabi qabul qilmasa, unga hech qachon kirolmaydi.”
18
Yahudiy boshliqlardan biri Isodan so‘radi: — Valine’mat Ustozim! Abadiy hayotga ega bo‘lish uchun nima qilishim kerak?
19
Iso unga dedi: — Nega Meni valine’mat deysiz? Birgina Xudodan boshqa hech kim valine’mat emas.
20
Siz amrlarni bilasiz: “Zino qilmang. Qotillik qilmang. O‘g‘irlik qilmang. Yolg‘on guvohlik bermang. Ota –onangizni hurmat qiling.”
21
— Bularning hammasiga yoshligimdan amal qilib kelaman, — dedi boyagi boshliq.
22
Buni eshitib, Iso dedi: — Sizga birgina narsa yetishmaydi: bor narsangizni soting, pulini kambag‘allarga tarqating. Shunda osmonda xazinangiz bo‘ladi. Keyin kelib, Menga ergashing.
23
Boshliq buni eshitib, qattiq xafa bo‘ldi, chunki u juda boy edi.
24
Iso uning xafa bo‘lganini ko‘rib dedi: — Mol–dunyosi bor odamlarning Xudo Shohligiga kirishi naqadar qiyin!
25
Boyning Xudo Shohligiga kirishidan ko‘ra, tuyaning igna teshigidan o‘tishi osonroqdir.
26
Buni eshitganlar esa: — Unday bo‘lsa, kim najot topa olar ekan? — deb so‘rashdi.
27
Iso shunday javob berdi: — Odamlar uchun imkonsiz bo‘lgan narsaning Xudo uchun imkoni bor.
28
Shunda Butrus dedi: — Mana, biz uy–joyimizni tashlab, Sizning orqangizdan ergashib keldik.
29
Iso shogirdlariga dedi: — Sizlarga chinini aytayin, Xudoning Shohligi uchun uy–joyini, yoki xotinini yo aka–ukalarini yoki ota–onasini yo bola–chaqasini qoldirgan odam
30
bu dunyoning o‘zidayoq bir necha barobar ortig‘i bilan oladi, narigi dunyoda esa abadiy hayotga ega bo‘ladi.
31
Keyin Iso o‘n ikki shogirdini chetga olib, ularga dedi: — Mana, biz Quddusga ketyapmiz. Payg‘ambarlarning Inson O‘g‘li to‘g‘risida yozgan hamma bashoratlari bajo bo‘ladi.
32
Uni g‘ayriyahudiylarga tutib beradilar. Uni masxaralab haqorat qiladilar. Unga tupuradilar.
33
G‘ayriyahudiylar Uni qamchilaydilar, keyin o‘ldiradilar. Ammo uchinchi kuni U tiriladi.”
34
Shogirdlar esa bu so‘zlardan hech narsa tushunmadilar. Bu so‘zlarning ma’nosi ularga qorong‘i edi, Isoning aytganlarini ular anglamadilar.
35
Iso Yerixo shahriga kirib kelayotganda, bir ko‘r odam yo‘l chekkasida sadaqa so‘rab o‘tirar edi.
36
Oldidan katta bir olomon o‘tib ketayotganini eshitgan o‘sha ko‘r: — Nima gap? — deb so‘radi.
37
— Nosiralik Iso o‘tib ketyapti, — deb javob berishdi unga.
38
Shunda ko‘r: — Ey Dovud O‘g‘li Iso, menga rahm qil! — deb baqirdi.
39
Oldinda ketayotganlar esa: — Jim bo‘l! — deb ko‘rni koyishdi. U esa yanada qattiqroq baqirdi: — Ey Dovud O‘g‘li! Menga rahm qil!
40
Shunda Iso to‘xtab, ko‘rni yoniga olib kelishlarini buyurdi. Ko‘r kelgach, Iso undan so‘radi:
41
— Mendan nima istaysan? Sen uchun nima qilay? — Hazrat, ko‘zlarim ko‘rsin! — dedi u.
42
Iso unga: — Ko‘zlaring ko‘rsin, ishonching senga shifo berdi, — dedi.
43
O‘sha zahoti u ko‘ra boshladi. So‘ng Xudoni ulug‘lagancha Isoga ergashdi. Buni ko‘rgan butun xalq Xudoga hamdu sanolar aytdi.
← Chapter 17
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 19 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24