bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Luke 23
Luke 23
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 22
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 24 →
1
Butun Kengash a’zolari turib, Isoni Pilatning oldiga keltirdilar.
2
Ular Isoni ayblay boshladilar: — Biz bu Odamni xalqimizni yo‘ldan ozdirayotganda ushlab oldik. U, Qaysarga soliq to‘lamanglar, Men Masihman, shohman, deb aytib yuribdi.
3
Pilat Isodan: — Sen yahudiylarning shohimisan? — deb so‘radi. — Siz shunaqa deysiz, — deb javob berdi Iso.
4
Shunda Pilat bosh ruhoniylarga va olomonga: — Men bu odamni ayblashga hech qanday sabab ko‘rmayapman, — dedi.
5
Ammo ular qattiq turib oldilar: — U O‘z ta’limoti bilan butun Yahudiyadagi odamlarni qo‘zg‘olonga da’vat qilyapti. U bu qilmishini Jalilada boshlagandi, endi shu yerga ham yetib kelibdi.
6
Pilat bu gapni eshitib: — Bu Odam Jalilalikmi? — deb so‘radi.
7
Iso Hirodning qo‘l ostidagi hududdan ekanini Pilat bilgach, Uni Hirod huzuriga jo‘natdi. Hirod o‘sha paytda Quddusda edi.
8
Hirod Isoni ko‘rib, juda xursand bo‘lib ketdi. U anchadan buyon Isoni ko‘rmoqchi bo‘lib yurgan edi. Chunki Hirod Iso haqida eshitgan, Uning biron mo‘jizasini ko‘rsam, degan niyatda edi.
9
Hirod Isoga ko‘p savollar berdi, ammo Iso hech biriga javob qaytarmadi.
10
Shu yerda turgan bosh ruhoniylar bilan Tavrot tafsirchilari esa Uni shiddat bilan qoraladilar.
11
Shundan keyin Hirodning o‘zi ham askarlari bilan birga Isoni kamsitib masxaraladi. Unga shohona chopon kiydirib, Pilatning oldiga qaytarib yubordi.
12
Bir–biriga dushman bo‘lgan Hirod bilan Pilat o‘sha kuni do‘stlashdilar.
13
Pilat bosh ruhoniylar, boshliqlar va xalqni chaqirib,
14
ularga dedi: — Sizlar bu Odamni xalqni yo‘ldan ozdirishda ayblab, oldimga olib keldingizlar. Men Uni sizlarning oldingizda tekshirib ko‘rdim. Ammo sizlar Unga qo‘ygan ayblardan birontasini men topmadim.
15
Hirod ham hech nima topolmagani uchun Uni bizning oldimizga qaytarib yubordi. Xullas, bu Odam o‘limga loyiq biron ish qilmagan.
16
[16-17] Shuning uchun, men Uni kaltaklab, ozod qilib yuboraman.
17
***
18
Xaloyiq esa bir og‘izdan: — Unga o‘lim! Bizga Barabbani ozod qiling! — deb baqira ketishdi.
19
Barabba shaharda yuz bergan isyonda ishtirok etib, qotillik qilgan, shuning uchun zindonga tashlangan edi.
20
Pilat Isoni ozod qilmoqchi bo‘lib, olomonga yana murojaat etdi.
21
Ammo olomon: “ Xochga mixlansin! Xochga mixlansin!” deb shovqin ko‘tardi.
22
Pilat uchinchi marta ularga aytdi: — U nima yomonlik qildi, axir?! Men Unda o‘limga loyiq biror ayb topganim yo‘q. Shunday ekan, men Uni kaltaklab, ozod qilib yuboraman!
23
Biroq olomon ovozi boricha: “Iso xochga mixlansin!” deb baqirib, talab qilaverdi. Nihoyat ularning baqir–chaqirlari ustun keldi.
24
Pilat ularning talabini bajarishga qaror qildi.
25
Olomonning istagiga ko‘ra, isyonda ishtirok etib, qotillik qilgani uchun zindonga tashlangan odamni Pilat ozod qildi, Isoni esa olomonning ixtiyoriga topshirdi.
26
Askarlar Isoni olib ketdilar. Ular ketayotganlarida, Shimo‘n degan bir odamni uchratib qoldilar. Shimo‘n Kirineyalik bo‘lib, daladan shaharga qaytib kelayotgan ekan. Askarlar uning yelkasiga xochni ortib, Isoning ketidan borishga majbur qildilar.
27
Bir talay olomon Isoning ortidan ergashib kelayotgan edi. Ularning orasida ayollar ham bor edi. Ayollar ko‘ksiga urib, Iso uchun faryod qilardilar.
28
Iso ayollarga qarab dedi: — Men uchun yig‘lamanglar, ey Quddus qizlari! O‘zlaringiz uchun, farzandlaringiz uchun yig‘langlar.
29
Shunday kunlar keladiki: “Tug‘magan, bola emizmagan, bepusht ayollar baxtlidir”, — deb aytishadi.
30
O‘shanda odamlar tog‘larga: “Bizni yashiringlar!” deya baqirishadi. Qirlarga: “Ustimizga qulanglar!” deb yolvorishadi.
31
Ko‘karib turgan daraxtga shunday qilsalar, qurigan daraxtni nima qilar ekanlar?!
32
Iso bilan birga ikki jinoyatchini ham qatl qilishga olib ketayotgan edilar.
33
Bosh suyagi degan joyga yetib kelganlaridan so‘ng, askarlar Isoni xochga mixladilar. Iso bilan birga ikkita jinoyatchini ham mixladilar, ularning biri Isoning o‘ng tomonida, biri chap tomonida edi.
34
Iso: — Ey Ota! Ularni kechirgin, ular nima qilayotganini bilmaydilar, — dedi. Askarlar qur’a tashlab, Isoning kiyimlarini bo‘lishib oldilar.
35
Olomon qarab turardi. Boshliqlar esa Isoning ustidan kulib, shunday derdilar: — U boshqalarni qutqarardi. Agar U Xudo tanlagan Masih bo‘lsa, endi O‘zini qutqarib ko‘rsin–chi! — deyishardi.
36
Askarlar ham Isoni masxaraladilar. Ular Isoga arzon sharob ichirgani yaqinlashib,
37
shunday dedilar: — Agar Sen yahudiylarning Shohi bo‘lsang, O‘zingni O‘zing qutqar–chi!
38
Isoning bosh tomonida “Bu Yahudiylarning Shohidir” degan yozuv bor edi.
39
Osilgan jinoyatchilardan biri Isoni haqoratlab dedi: — Masih ekansan, O‘zingni ham, bizni ham qutqarmaysanmi?!
40
Ikkinchi jinoyatchi esa bu sherigiga ta’na qildi: — Xudodan qo‘rqmaysanmi?! O‘zing ham shu odam kabi jazoga mahkum bo‘lgansan–ku!
41
Biz qilmishimizga yarasha adolatli jazo oldik. U esa hech qanday yomonlik qilgani yo‘q.
42
Keyin dedi: — Ey Iso, taxtingizga o‘tirib, Shoh bo‘lganingizda meni eslang!
43
Iso unga dedi: — Senga chinini aytayin, bugunoq sen Men bilan birga jannatda bo‘lasan.
44
[44-45] Tush payti edi. Kun qoraydi, soat uchga qadar hamma yoq zulmatga cho‘mdi. Ma’baddagi parda o‘rtasidan yirtildi.
45
***
46
Iso baland ovoz bilan faryod qildi: — Ota! Ruhimni Sening qo‘llaringga topshiryapman. Shunday dedi–da, jon berdi.
47
Voqeani ko‘rib turgan yuzboshi Xudoni ulug‘lab: — Haqiqatan ham, bu Odam solih ekan, — dedi.
48
Tomoshaga to‘plangan olomon sodir bo‘lgan voqealarni ko‘rib, qayg‘udan ko‘ksiga ura–ura uylariga qaytib ketdilar.
49
Isoni bilganlar esa, shu jumladan, Jaliladan Unga ergashib kelgan ayollar yuz bergan voqealarni uzoqdan kuzatib turardilar.
50
Oliy kengash a’zolari orasida Yusuf ismli yaxshi va solih bir kishi bor edi.
51
U yahudiylarning Arimateya shahridan bo‘lib, Xudoning Shohligini intizorlik bilan kutardi. Yusuf Kengash a’zolarining bu qarorini va qilgan ishini ma’qullamagan edi.
52
U Pilatning oldiga borib, Isoning jasadini so‘radi.
53
Yusuf jasadni xochdan tushirib olib, zig‘ir mato bilan kafanladi. Keyin jasadni qoyaga o‘yilgan qabrga qo‘ydi. Bu qabrga hali hech kim qo‘yilmagan edi.
54
Bu kun Shabbat arafasi bo‘lib, Shabbat kuni boshlanishiga oz qolgandi.
55
Jaliladan Iso bilan birga kelgan ayollar Yusufning orqasidan ergashib bordilar. Ular qabrni va Isoning jasadi qanday dafn qilinganini ko‘rdilar.
56
Ular uylariga qaytib borib, jasadga surtish uchun xushbo‘y moylar va atirlar tayyorladilar. Shabbat kuni esa, Qonunda buyurilganday, dam oldilar.
← Chapter 22
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 24 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24