bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Luke 21
Luke 21
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 20
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 22 →
1
Iso Ma’badning ehson qutisiga nazar solar ekan, ehson tashlab turgan boy odamlarni ko‘rdi.
2
Shuningdek, ikki chaqa tashlagan bir kambag‘al beva ayolni ham ko‘rdi.
3
Shunda Iso dedi: “Sizlarga chinini aytayin, bu kambag‘al beva hammadan ko‘proq ehson berdi.
4
Chunki boylarning hammasi o‘zlarining ortiqcha pullaridan ehson qildilar. Ammo bu ayol kambag‘alligiga qaramasdan, o‘zining bor–yo‘g‘ini tashladi.”
5
Shogirdlardan ba’zilari Ma’badning go‘zal toshlar va Xudoga nazr qilingan in’omlar bilan bezatilgani to‘g‘risida gaplashayotgan edilar. Shunda Iso dedi:
6
— Shunday kunlar keladiki, siz ko‘rib turganlarning hammasi vayron bo‘ladi. Bu yerda tosh ustida turgan bironta tosh qolmaydi.
7
Ular Isodan so‘radilar: — Ustoz, bu hodisalar qachon yuz beradi? Tez orada yuz berishini nimadan bilsak bo‘ladi?
8
Iso dedi: — Ehtiyot bo‘linglar, yo‘ldan ozmanglar, chunki ko‘pchilik o‘zlarini Mening nomim bilan atab: “Men O‘shaman”, “Vaqt yaqin”, deb aytadi. Ularga ergashmanglar.
9
Sizlar urush va isyonlar to‘g‘risida xabarlarni eshitganingizda, vahimaga tushmanglar, chunki bu hodisalar birinchi bo‘lib sodir bo‘lishi kerak. Ammo bu hali so‘nggi nihoya emas.
10
Keyin Iso ularga dedi: “Xalq xalqqa qarshi, shohlik shohlikka qarshi ko‘tariladi.
11
Ayrim joylarda shiddatli zilzilalar, qahatchiliklar, o‘latlar bo‘ladi. Osmonda vahimali hodisalar, buyuk alomatlar yuz beradi.
12
Lekin bularning hammasidan oldin sizlarni hibsga oladilar, quvg‘in qiladilar, sinagogalarga topshirib, qamoqlarga tashlaydilar. Mening nomim tufayli sizlarni shohlar va hokimlar oldiga olib boradilar.
13
Bular Xushxabarni aytishingiz uchun imkoniyat bo‘ladi.
14
O‘zimizni qanday himoya qilamiz, deb oldindan qayg‘urmaslikka qaror qilinglar.
15
Men O‘zim sizlarga so‘z, donolik ato qilamanki, raqiblaringizdan birontasi aytganlaringizni rad qila olmaydilar yoki e’tiroz bildira olmaydilar.
16
Sizlarni hatto ota –onangiz, aka–ukalaringiz, qarindosh–urug‘laringiz, do‘stlaringiz tutib berishadi. Ular ba’zilaringizni o‘ldirishadi.
17
Mening nomim tufayli hamma sizlardan nafratlanadi.
18
Biroq boshingizdan bir tola soch ham tushmaydi.
19
Qat’iyatli bo‘linglar, shunda hayotga erishasiz.”
20
“ Quddusni dushman lashkarlari o‘rab olganini ko‘rganingizda, bilingki, shahar yaqin orada vayron qilinadi.
21
Shunda Yahudiyada bo‘lganlar tog‘larga qochsin, shaharning ichida bo‘lganlar tashqariga chiqsin, dalalarda bo‘lganlar shaharga kirmasin.
22
Chunki Xudoning qasos oladigan kunlari keldi. O‘sha kunlarda hamma bashoratlar amalga oshadi.
23
U kunlarda homilador va emizikli ayollarning holiga voy! Chunki yer yuzini katta musibat chulg‘ab oladi, bu xalqning boshiga Xudoning g‘azabi yog‘iladi.
24
Ba’zilari qilichdan o‘tkaziladi, boshqalari barcha yurtlarga asir qilib olib ketiladi. G‘ayriyahudiylarning davru davroni tugamaguncha, ular Quddusni oyoq osti qiladilar.”
25
“Quyosh, oy va yulduzlarda alomatlar paydo bo‘ladi. Dengizlar va to‘lqinlar shovqinidan xalqlar sarosimaga tushib, iztirob chekadi.
26
Odamlar dunyoga keladigan falokatlarni ko‘rib, qo‘rquvdan hushidan ketadilar. Chunki o‘shanda samoviy kuchlar larzaga keladi.
27
Shunda hamma odam Inson O‘g‘lini ko‘radi. Inson O‘g‘li qudratga va buyuk ulug‘vorlikka burkanib, bulutlarda keladi.
28
Bu hodisalar yuz bera boshlaganda, turib, boshingizni baland ko‘taring. Chunki qutqariladigan vaqtingiz yaqinlashmoqda.”
29
Iso shogirdlariga bir masalni aytib berdi: “Anjir daraxtiga va boshqa hamma daraxtlarga qaranglar.
30
Daraxtlar barg yozayotganini ko‘rganingizda, yoz yaqinlashib qolganini bilasiz.
31
Shu singari, mana bu voqealar sodir bo‘lganda, bilingki, Xudoning Shohligi yaqin.
32
Sizlarga chinini aytayin, bu nasl o‘tmasdanoq, bularning hammasi sodir bo‘ladi.
33
Yeru osmon yo‘q bo‘lib ketadi, ammo Mening so‘zlarim kuchda qoladi.
34
Hushyor bo‘linglar! Kayfu safoga, bu hayotning tashvishlariga berilib ketmanglar. Tag‘in o‘sha kun kelib qolganda sizlar to‘satdan to‘rga tushgan odamlarga o‘xshab qolmanglar!
35
Chunki u kun butun yer yuzida yashovchilarning boshiga tushadi.
36
Doim hushyor bo‘linglar. Yuz beradigan bu hamma musibatlardan qutula olishingiz va Inson O‘g‘li oldida munosib tura olishingiz uchun doimo ibodatda bo‘linglar.”
37
Har kuni Iso Ma’badda ta’lim berardi, kechalari esa shahardan chiqib, tunni Zaytun deb ataladigan tog‘da o‘tkazar edi.
38
Xalq sahardan Isoni tinglagani Ma’badga kelardi.
← Chapter 20
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 22 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24