bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Song of Solomon 2
Song of Solomon 2
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 1
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 3 →
1
Men Sharon atirguliman, Vodiylar nilufaridirman.
2
Mening sevgilim qizlar orasida, Tikanlar orasidagi nilufar gulidaydir!
3
Mening sevgilim yigitlar orasida, O‘rmon daraxtlari orasidagi olma daraxtiday ajralib turar. Men uning soyasida o‘tirib zavq olaman, Uning mevasi juda shirindir.
4
U meni o‘z mehmonxonasiga olib kirdi, Meni o‘z sevgisi bilan qopladi.
5
Mayizlar yedirib, menga kuch bergin, Olmalar bilan quvvatga to‘ldirgin, Axir, sevgilimning ishqi dardida yonmoqdaman.
6
Uning chap qo‘li boshim ostidadir, O‘ng qo‘li bilan esa meni quchoqlaydi!
7
Ey Quddus qizlari, Kiyigu yovvoyi ohular haqi ont iching. Vaqt–soati kelmaguncha, Sevgini qo‘zg‘atmang, uyg‘otmang.
8
Sevgilim ovozi eshitilyapti, Ana qaranglar, u kelyapti. Tog‘laru qirlar osha kelyapti.
9
Sevgilim ohuday, yosh kiyikdaydir. Mana, u devor ortida turibdi. Oynalardan mo‘ralab, Panjaralar orasidan qarab turibdi.
10
Sevgilim menga shunday deydi: “Tura qol, sevgilim, oppog‘im, Men bilan yurgin.
11
Mana qish o‘tdi, yomg‘irlar to‘xtadi.
12
Yer yuzi gullar bilan qoplanmoqda, Yurt bo‘ylab kabutarlar kuyi eshitilmoqda, Qo‘shiq kuylash vaqti yetib keldi.
13
Anjir meva tugishni boshladi, Toklar ham gulga kirdi. Ular xushbo‘y hidlarini taratmoqda. Tura qol, sevgilim, oppog‘im, Men bilan yurgin.”
14
Sevgilim, sen tog‘larda yashaydigan, Qoyalarda yashirinadigan kabutardaysan. Yuzingni ko‘rsatgin, ovozingni eshitay. Ovozing juda shirin, yuzing go‘zaldir.
15
Qarang, uzumzorimiz gullab yotibdi, Kichkina tulkilarni ushlanglar. Axir, ular uzumzorlarni vayron qiladi.
16
Sevgilim menikidir, men esa unikiman, U nilufarlar terib, o‘z bog‘idan zavq oladi.
17
Tong otmay turib, boraqol jonim. Baland tog‘larda sakraydigan ohu, kiyikday bo‘lib, Qorong‘ulik chekinmasdan oldin, qaytib keta qol.
← Chapter 1
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 3 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8