bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Song of Solomon 5
Song of Solomon 5
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 6 →
1
Ey jonim, kelinchagim, bog‘imga kelib, Mirra va ziravorlarimni to‘playman. Asalari mumini hamda asalimni yeyman, Sut va sharobimni ichaman. To‘yguningcha yegin, sevgilim, Sevgidan ichib, qoniqqin.
2
Uxladim, lekin yuragim uyg‘oq edi. Ana, sevgilim chaqirmoqda: “Ochgin eshigingni, jonim, sevgilim, Kabutarim, komilim. Boshim ho‘ldir shudringdan, Sochlarim esa tun shabnamidan.”
3
Kiyimlarimni yechib qo‘yganman, Qanday qilib yana kiyaman?! Oyoqlarim yuvilgan, Ularni kir qilaymi?!
4
Sevgilim qo‘lini eshik teshigidan kirgizganda, Butun vujudim titrab ketdi.
5
Sevgilimni kirg‘izay, deya turdim. Qo‘llarimdagi mirra, Eshikning tutqichlariga oqib tushdi.
6
Sevgilimga eshikni ochdim, Lekin u ketib qolibdi. U ketganiga yurak–bag‘rim ezildi. Qidirib, uni topa olmadim, Chaqirdim, lekin u javob bermadi.
7
Shaharni aylanib yurgan qo‘riqchilar Meni ko‘rib qoldilar. Ular meni urib yaraladilar. O‘sha shahar qo‘riqchilari Ustimdagi ro‘molimni olib qo‘ydilar.
8
Ey Quddus qizlari, va’da beringlar, Sevgilimni topsangiz, aytib qo‘yinglar, Uning ishqi dardida yonmoqdaman.
9
Ey ayollar go‘zali, Sevgilingning boshqalardan nimasi ortiq?! Uning boshqalardan nimasi ortiqki, Sen bizga, va’da beringlar, deb aytasan?!
10
Sevgilim qo‘hlik, chiroylidir, O‘n mingtaning ichida ajralib turar.
11
Boshi eng a’lo tilladay go‘zal, Jingalak sochlari qarg‘aday qop–qoradir.
12
Ko‘zlari esa buloqlar bo‘yidagi kabutarlarday, Chashmalar bo‘yidagi, sutga cho‘mdirilgan kaptarlardaydir.
13
Uning yonoqlari muattar hidli Ziravor bog‘lari kabi juda xushbo‘ydir. Lablari esa mirra oqib turgan Nilufarlar kabi shirindir.
14
Qo‘llari tilladan yasalib, Topaz toshlar bilan bezatilganga o‘xshaydi. Tanasi esa zangori yoqutlar o‘rnatilgan Tep–tekis fil tishiday chiroylidir.
15
Oyoqlari tilla taglikka o‘rnatilgan Marmar ustunlari kabi kuchlidir. Uning qiyofasi ulug‘vor Lubnonday, Qudratli a’lo sadr daraxtlaridaydir.
16
Uning ovozi juda shirin, O‘zi esa har jihatdan maftunkor. Ey Quddus qizlari, mana shunday yigit Mening sevgilim, do‘stimdir.
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 6 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8