bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Song of Solomon 6
Song of Solomon 6
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 5
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 7 →
1
Sevgiling qayerga ketdi, Ey go‘zallarning go‘zali? Ayt–chi, qaysi tomonga yo‘l oldi, Biz sen bilan uni qidiraylik.
2
Sevgilim o‘z bog‘iga, Xushbo‘y ziravorlar bog‘iga keldi. U nilufar gullar terib, O‘z bog‘idan zavq olgani keldi.
3
Men sevgilimniki, sevgilim esa menikidir! U nilufarlar terib, o‘z bog‘idan zavq oladi.
4
Sen Tirza shahriday go‘zaldirsan, sevgilim, Quddus shahriday xushro‘ydirsan, Bayroqlari ko‘tarilgan qo‘shinday savlatlisan.
5
Ko‘zlaringni olib qoch mendan, Ular meni maftun qilganlar. Gilad qirlaridan yoyilib tushayotgan Qop–qora qo‘ylardaydir sening sochlaring.
6
Yuvib–taralgan oppoq Echkilardaydir sening tishlaring. Har birining egizi bor, O‘rni hech bo‘sh qolmagan.
7
Chachvoning ortidagi yonoqlaring esa Anorlarday qip–qizil.
8
Ana, oltmishta malika, saksonta kanizak, Son–sanoqsiz qizlar!
9
Ammo mening kabutarim, Komil sevgilim o‘zgachadir. Onasining erkasi, Tuqqan onasining yagonasidir. Qizlar uni ko‘rib, u baxtlidir, deyishadi, Malikayu kanizaklar uni ko‘rib, maqtashadi.
10
Mahbubamning nigohlari tongdaydir. O‘zi esa to‘lin oyday go‘zal, quyoshday yorqin, Bayroqlari ko‘tarilgan qo‘shinday savlatlidir.
11
Men bodomzorga, Vodiy chechaklarini ko‘rishga bordim. Toklaru anorlar gullaganmikin, deya bordim.
12
Shohona aravada o‘tirganday, Hayajondan titrar edim.
← Chapter 5
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 7 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8