bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Corinthians 16
1 Corinthians 16
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 15
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
1
Endi Xudoimizning Quddusdagi azizlariga moddiy mablag‘ to‘plash masalasiga kelsak, sizlar ham Galatiya hududidagi jamoatlarga bergan yo‘l–yo‘riqlarimga amal qilinglar.
2
Har haftaning boshida har bir odam qo‘lidan kelganicha bir miqdor pulni olib qo‘ysin, toki oldingizga borganimda pul yig‘ishga hojat bo‘lmasin.
3
Borganimdan keyin, ehsonlaringizni imonlilarga topshirsin, deb o‘zingiz munosib ko‘rgan kishilarni Quddusga jo‘nataman. Ularning har birini tanishtirib, maktub yozib beraman.
4
Agar borishga imkon bo‘lsa, o‘zim ham ular bilan birga boraman.
5
Makedoniyadan o‘tish niyatim bor. Shundan keyin sizlarning oldingizga boraman.
6
Sizlar bilan birmuncha vaqt bo‘laman, deb o‘ylayman, balki hatto qishni ham sizlar bilan o‘tkazarman. Undan keyin qayerga bormoqchi bo‘lsam ham, sizlarning yordamingiz bilan safarimni yana davom ettiraman.
7
Axir, sizlarni faqatgina yo‘l–yo‘lakay ko‘rishni istamayman, Rabbimiz Iso xohlasa, sizlar bilan ko‘proq vaqt o‘tkazaman, deb umid qilaman.
8
Lekin Hosil bayramiga qadar Efes shahrida qolaman.
9
Chunki bu yerda menga qarshi chiqqanlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, ta’sirchan faoliyat ko‘rsatishim uchun yo‘l ochildi.
10
Timo‘tiy oldingizga borganda unga g‘amxo‘rlik qilinglar, u orangizda xotirjam yursin, chunki u ham menga o‘xshab Rabbimiz Iso xizmati bilan mashg‘ul.
11
Hech kim unga past nazar bilan qaramasin. U mening oldimga qaytib kelayotganda, uni eson–omon kuzatib yuboringlar. Uning birodarlar bilan birga kelishini kutib turibman.
12
Birodarimiz Apollosga kelsak, uni birodarlarga qo‘shilib sizlarning oldingizga borishga ko‘p undadim, lekin uning hozir hech borgisi yo‘q. Imkoni bo‘lsa keyinroq borar ekan.
13
Hushyor bo‘linglar, imonda mahkam turib, jasoratli va kuchli bo‘linglar.
14
Hamma narsani mehr–muhabbat bilan qilinglar.
15
Birodarlar, Stefanning xonadonini bilasizlar. Ular Axaya hududida birinchi bo‘lib Masihga imon keltirganlar va o‘zlarini Xudoning aziz xalqiga xizmat qilishga bag‘ishlaganlar. Sizlardan bir iltimosim bor:
16
Bunday insonlarni va ular bilan birga berilib xizmat qilayotganlarni hurmat qilib, ularning aytganlarini qilinglar.
17
Stefan, Fortunat va Axaikning kelganidan xursand bo‘ldim, ular sizlarning yo‘qligingizni bildirmadi.
18
Ular sizlarning ruhingizni ko‘targandek, mening ham ruhimni ko‘tardilar. Bunday insonlarni qadrlanglar.
19
Asiya hududidagi jamoatlar sizlarga salom yo‘llayaptilar. Akil bilan Priskilla va ularning uyida yig‘iladigan jamoat ham sizlarga — Rabbimiz Isoning yo‘lidagi hamkorlariga otashin salom aytyapti.
20
Hamma birodarlarimiz salom aytyaptilar. Bir–biringiz bilan o‘pishib ko‘rishinglar.
21
Men, Pavlus mana shu salomni o‘z qo‘lim bilan yozyapman.
22
Kimki Rabbimiz Isoni yaxshi ko‘rmasa, u la’nati bo‘lsin! Ey, Rabbimiz, kelgin!
23
Rabbimiz Isoning inoyati sizlarga yor bo‘lsin.
24
Sizlarni yaxshi ko‘raman, chunki hammamiz Iso Masihga tegishlimiz.
← Chapter 15
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16