bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Corinthians 5
1 Corinthians 5
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 6 →
1
Orangizda jinsiy axloqsizlik bor ekanligi haqida gaplar yuribdi. Bunday axloqsizlik hatto butparastlar orasida ham sodir bo‘lmagan ekan. Orangizdagi bir kishi o‘z otasining xotinini xotin qilib yashayotgan ekan.
2
Sizlar esa kekkayib yuribsizlar. Aksincha, motam tutib, bunday ish qilgan odamni orangizdan haydab chiqarishingiz kerak–ku!
3
[3-4] To‘g‘ri, hozir jismonan sizlar bilan emasman, ammo ruhan sizlar bilanman. Men go‘yo sizlarning yoningizda bo‘lgandek, bu ishni qilgan odam haqida allaqachon Rabbimiz Iso Masih nomi bilan hukm chiqardim. Sizlar birga yig‘ilganingizda Iso Masihning qudrati va mening ruhim sizlar bilan birga bo‘ladi.
4
***
5
Shunda o‘sha odamni shaytonga topshiringlar, toki uning tanasi halokatga uchrasin, ruhi esa Rabbimiz Iso kelgan kunida xalos bo‘lsin.
6
Maqtanishingiz o‘rinli emas. Nahotki, ozgina xamirturush butun xamirni achitishini bilmasangizlar?
7
Orangizdan eski xamirturushni chiqarib tashlanglar, shu tariqa yangi xamirday bo‘linglar. Sizlar aslida xamirturushsiz xamirdaysizlar–ku! Chunki Masihning O‘zi jonini fido qilib, bizning Fisih qurbonligimiz bo‘ldi!
8
Shuning uchun Fisih bayramini nishonlaganday, yangi hayotimizni nishonlab yashaylik! Yomonlik va buzuqlik timsoli bo‘lgan xamirturushga hayotimizdan o‘rin bermay, soflik va haqiqat bilan kun kechiraylik.
9
Men oldingi maktubimda sizlarga jinsiy tomondan axloqsiz bo‘lgan odamlar bilan munosabatda bo‘lmaslik haqida yozgan edim.
10
Shubhasizki, bu dunyoning zinokorlarini, tamagirlarini, tovlamachilarini, butparastlarini nazarda tutmagan edim, aks holda sizlar bu dunyo bilan butunlay aloqani uzishingizga to‘g‘ri kelar edi.
11
Men o‘zini birodar, deb atab turib, zinokorlik, tamagirlik, butparastlik, g‘iybatchilik, ichkilikbozlik yoki tovlamachilik qiluvchi odam bilan aloqa qilmanglar, u bilan birga hatto ovqat ham yemanglar, deb aytgan edim.
12
[12-13] Qolaversa, imonlilar jamoatidan tashqaridagilarni hukm etishga bizning nima haqimiz bor? Ularni Xudo hukm qiladi. Sizlar jamoatdagilarni hukm qilsangiz, bas. Fosiq odamni o‘z orangizdan haydab chiqaringlar.
← Chapter 4
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 6 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16