bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Corinthians 4
1 Corinthians 4
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 5 →
1
Odamlar bizni Masihning xizmatkorlari hamda Xudoning sir–asrorlarini bayon etishga mas’ul insonlar, deb bilishlari kerak.
2
Bizdan talab qilingan narsa ishonchli bo‘lishdir.
3
Meni sizlar hukm qilasizlarmi yoki mahkamada hukm qilishadimi, menga farqi yo‘q. Men o‘zimni o‘zim ham hukm qilmayman.
4
Zotan o‘zimda hech bir ayb ko‘rmasam ham, bu bilan o‘zimni oqlamayman. Chunki meni hukm qiluvchi Rabbimiz Iso bo‘ladi.
5
Shu bois sizlar ham vaqtidan oldin, Rabbimiz kelmaguncha, aslo hukm qilmanglar. U kelib zulmatda yashirilgan narsalarni ravshan qiladi, inson yuraklarining maqsadlarini oshkor etadi. O‘shanda har kim o‘z ishiga yarasha Xudoning tahsiniga sazovor bo‘ladi.
6
Ey birodarlar, men o‘zimni va Apollosni misol qilib keltirdim, toki sizlar Muqaddas Bitiklarda yozilganlarga binoan yashashni bizdan o‘rganinglar. Bir ustozni boshqasidan ustun qo‘ymang.
7
Kim sizlarga shunday huquq berib qo‘ygan?! Xudodan olmagan biror narsangiz bormi?! Bor narsangizni sizga Xudo bergan–ku, nima uchun xuddi o‘z kuchingiz bilan erishganday maqtanib yuribsiz?
8
Xohlagan hamma narsangizga erishib oldingizmi?! Boy bo‘lib ketdingizmi?! Bizsiz hukmronlik qilyapsizmi?! Qani endi, haqiqatdan ham hukmronlik qilayotgan bo‘lsangiz edi, biz ham sizlar bilan birga hukmronlik qilsak.
9
Lekin men o‘ylaymanki, Xudo biz — havoriylarni sharmandali ahvolga solib, maydonda namoyish qilinadigan, o‘limga mahkum etilgan asirlarday qilib qo‘ydi. Biz farishtalaru insonlar oldida, butun koinot oldida tomosha bo‘lib qoldik.
10
Biz Masih haqi aqlsiz bo‘libmiz, sizlar esa Masih soyasida aqlli bo‘lib qolibsizlar. Biz zaif, sizlar esa kuchli ekansiz! Sizlar obro‘–e’tiborli, biz esa sharmanda ekanmiz–da!
11
Hozirgacha och–yalang‘ochmiz, tashnalik va kaltaklarga bardosh beramiz, sarson–sargardon bo‘lib yuribmiz.
12
O‘z mehnatimiz bilan kun ko‘ryapmiz. Bizni haqorat qilsalar, duo qilamiz, quvg‘in qilsalar, chidaymiz.
13
Bizni g‘iybat qilsalar, yaxshilik bilan javob beramiz. Hozirgacha biz dunyoning supurindisi, hammaning axlatiday bo‘lib yuribmiz.
14
Men bularni sizlarni xijolatda qoldirmoq uchun emas, balki sevimli bolalarimga nasihat qilganday, sizlarga nasihat qilmoq uchun yozyapman.
15
Masihning yo‘lida minglab odamlar sizlarga ustozlik qilsa ham, sizlarning faqatgina bir ruhiy otangiz bor. Men sizlarga Xushxabarni yetkazib, Iso Masih orqali sizlarning ruhiy otangiz bo‘ldim.
16
Shuning uchun sizlarga yolvoraman, mendan o‘rnak olinglar.
17
Ana shu maqsadda men Rabbimiz Isoga sodiq bo‘lgan sevimli o‘g‘lim Timo‘tiyni sizlarning oldingizga yuboryapman. Har yerda va har bir imonlilar jamoatida ta’lim berar ekanman, Iso Masihga tegishli bo‘lib, qanday hayot kechirayotganligimni u sizlarga bildiradi.
18
Orangizda ba’zilar: “Pavlus kelmas ekan”, deb kekkayib, bilganini qilayotgan ekan.
19
Ammo Rabbimiz Iso xohlasa, men yaqin orada oldingizga boraman. Shunda nafaqat bu takabbur odamlar qanday gaplar gapirayotganlarini, balki ularda qanday kuch borligini sinab ko‘raman.
20
Chunki Xudoning shohligi quruq so‘zlar bilan emas, balki kuch–qudrat bilan namoyish etiladi.
21
Xo‘p, nima xohlaysizlar? Oldingizga kaltak bilan boraymi yoki mehr–muhabbat va muloyimlik ruhi bilan boraymi?
← Chapter 3
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 5 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16