bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
1 Corinthians 8
1 Corinthians 8
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 7
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 9 →
1
Butga qurbonlik qilingan go‘sht masalasiga kelsak. O‘zingiz aytgandek, hammamiz bu haqdagi haqiqatni bilamiz. Ammo bilim odamni shishintiradi, mehr–muhabbatli inson esa atrofidagilarning manfaatini ko‘zda tutadi.
2
Agar bir kishi bilimliman deb o‘ylasa, u hali zarur bo‘lgan bilimga erishmagan.
3
Kimki Xudoni yaxshi ko‘rsa, Xudo uni tanib–biladi.
4
Endi butga qurbon qilingan go‘shtni yeyish masalasiga kelsak, biz shuni bilamizki, but dunyoda hech narsa emas, birgina Xudodan boshqa xudo yo‘q.
5
Garchi yeru ko‘kda xudo deb atalgan narsalar ko‘p bo‘lsa–da (haqiqatan, bunaqa “xudolar” va “ rabbiylar ” juda ko‘p),
6
biz uchun birgina Otamiz Xudo bor. U butun mavjudotning Yaratuvchisidir va biz U uchun yashaymiz. Shuningdek, birgina Rabbimiz Iso Masih bor. Butun mavjudot Masih orqali vujudga kelgan va biz U orqali yashaymiz.
7
Ammo hamma ham bularni bilmaydi. Orangizda ba’zilar “butlar bor” degan fikrga shunchalik o‘rganib qolganki, butlarga bag‘ishlangan go‘shtni yeganda ularning vijdoni qiynaladi, chunki ular bunday go‘sht yeyishni hali ham butlarga sajda qilish, deb biladi.
8
Oziq–ovqat bizni Xudoga yaqinlashtira olmaydi. Yemasak, biror narsa yo‘qotmaymiz, yesak ham biror narsa orttirib olmaymiz.
9
Faqat ehtiyot bo‘ling, sizlarning bu erkinligingiz zaiflarning vasvasaga tushishiga sabab bo‘lmasin.
10
Agar sen, bilimli odam bo‘la turib, butxonada taom yeb o‘tirsang, bu masala haqida ikkilanib turgan birodaring seni ko‘rib, butga bag‘ishlangan go‘shtdan yeyishga moyil bo‘lmaydimi?
11
O‘sha zaif birodaring uchun Masih o‘lgan, sen esa uni o‘z biliming tufayli halokatga yo‘liqtirasan.
12
Shunday qilib, ikkilanib turgan birodaringni vasvasaga solib, unga qarshi gunoh qilsang, Masihga qarshi gunoh qilgan bo‘lasan.
13
Agar biror ovqatni yeyishim birodarimning gunoh qilishiga sabab bo‘lsa, uni vasvasaga solmaslik uchun endi men umrbod o‘sha ovqatni yemayman.
← Chapter 7
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 9 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16