bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Matthew 1
Matthew 1
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 2 →
1
Ibrohim va Dovud avlodidan bo‘lgan Iso Masihning nasabnomasi quyidagicha:
2
Ibrohimdan Is’hoq tug‘ildi. Is’hoqdan Yoqub tug‘ildi. Yoqubdan Yahudo va uning aka–ukalari tug‘ildilar.
3
Yahudo va Tamaradan Paraz va Zarah tug‘ildilar. Parazdan Xazron tug‘ildi. Xazrondan Oram tug‘ildi.
4
Oramdan Ominadov tug‘ildi. Ominadovdan Naxsho‘n tug‘ildi. Naxsho‘ndan Salmo‘n tug‘ildi.
5
Salmo‘n va Rahobadan Bo‘az tug‘ildi. Bo‘az va Rutdan Obid tug‘ildi. Obiddan Essay tug‘ildi.
6
Essaydan shoh Dovud tug‘ildi. Shoh Dovud va Uriyoning sobiq xotinidan Sulaymon tug‘ildi.
7
Sulaymondan Raxabom tug‘ildi. Raxabomdan Abiyo tug‘ildi. Abiyodan Oso tug‘ildi.
8
Osodan Yohushafat tug‘ildi. Yohushafatdan Yo‘ram tug‘ildi. Yo‘ramdan Uzziyo tug‘ildi.
9
Uzziyodan Yo‘tom tug‘ildi. Yo‘tomdan Oxoz tug‘ildi. Oxozdan Xizqiyo tug‘ildi.
10
Xizqiyodan Manashe tug‘ildi. Manashedan Omon tug‘ildi. Omondan Yo‘shiyo tug‘ildi.
11
Isroil xalqi Bobilga surgun qilingan davrda Yo‘shiyo Yexoniyoni va boshqa o‘g‘il farzandlarni ko‘rdi.
12
Isroil xalqi Bobilga surgun qilingandan keyin Yoxoniyodan Shaltiyol tug‘ildi. Shaltiyoldan Zarubabel tug‘ildi.
13
Zarubabeldan Abihud tug‘ildi. Abihuddan Eliyaqim tug‘ildi. Eliyaqimdan Azo‘r tug‘ildi.
14
Azo‘rdan Zodo‘x tug‘ildi. Zodo‘xdan Axim tug‘ildi. Aximdan Elihud tug‘ildi.
15
Elihuddan Elazar tug‘ildi. Elazardan Mattan tug‘ildi. Mattandan Yoqub tug‘ildi.
16
Yoqubdan Maryamning eri Yusuf tug‘ildi. Maryamdan esa Masih deb atalgan Iso tug‘ildi.
17
Shunday qilib, Ibrohimdan Dovudgacha hammasi bo‘lib o‘n to‘rt nasl, Dovuddan Bobildagi surgungacha o‘n to‘rt nasl va Bobildagi surgundan Masih tug‘ilgungacha o‘n to‘rt nasldir.
18
Iso Masihning tug‘ilishi shunday sodir bo‘ldi: Isoning onasi Maryam Yusufga unashtirib qo‘yilgan edi. Ularning nikohidan oldin Maryam Muqaddas Ruhdan homilador ekanini bildi.
19
Maryamning bo‘lg‘usi eri Yusuf solih odam bo‘lib, Maryamni sharmanda qilishni istamay, birovga bildirmasdan fotihasini buzmoqchi bo‘ldi.
20
Yusuf bu haqda o‘ylab yurganda, Egamizning bir farishtasi unga tushida zohir bo‘lib dedi: “Ey Dovud o‘g‘li Yusuf! Maryamga uylanishdan qo‘rqma, chunki qornidagi bola Muqaddas Ruhdan paydo bo‘lgan.
21
Maryam O‘g‘il tug‘adi, Uning ismini Iso qo‘yasan, chunki U O‘z xalqini gunohlardan qutqaradi.”
22
Bu barcha voqealar Egamizning payg‘ambar orqali aytgan quyidagi so‘zlari bajo bo‘lishi uchun yuz bergan edi:
23
“Qiz homilador bo‘ladi, u o‘g‘il tug‘adi, Uning ismini Immanuil, deb qo‘yishadi.” Immanuil “Xudo biz bilan” deganidir.
24
Yusuf uyg‘onib ketdi. Egamizning farishtasi buyurgandek, u Maryamga uylandi.
25
Ammo Maryam O‘g‘il tug‘magunicha unga yaqinlashmadi. Bola tug‘ilganda esa Yusuf Unga Iso deb ism qo‘ydi.
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 2 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28