bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Matthew 28
Matthew 28
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 27
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
1
Shabbat kunining ertasiga, yakshanba kuni tongotarda Magdalalik Maryam bilan boshqa Maryam qabrni ko‘rgani borishdi.
2
Shunda to‘satdan qattiq zilzila bo‘ldi, chunki Egamizning farishtasi osmondan tushib, qabr og‘zidagi toshni ag‘darib yubordi. Farishta o‘sha tosh ustiga o‘tirdi.
3
Uning qiyofasi yashinday porlardi, kiyimlari qorday oppoq edi.
4
Uni ko‘rib soqchilar shunchalik qo‘rqib ketdilarki, titrab, murdaday qotib qoldilar.
5
Farishta ayollarga dedi: — Qo‘rqmanglar! Bilaman, sizlar xochga mixlangan Isoni qidiryapsizlar.
6
U bu yerda yo‘q. O‘zi aytganiday, U tirildi. Mana, kelib ko‘ringlar, U shu yerda yotgan edi.
7
Endi tezroq borib, Uning shogirdlariga: “Iso o‘likdan tirildi. U sizlarni Jalilada kutyapti. Uni o‘sha yerda ko‘rasizlar”, — deb aytinglar. Sizlarga aytadigan gapim shu edi.
8
Ayollar shosha–pisha qabrdan ketdilar. Qo‘rquv va cheksiz sevinchga to‘lib, Isoning shogirdlariga xabar bergani yugurib ketdilar.
9
Birdaniga Isoning O‘zi ularning qarshisidan chiqib: — Salom! — dedi. Ayollar Isoning oldiga borib, oyoqlariga yopishgancha Unga sajda qildilar.
10
Iso ularga dedi: — Qo‘rqmanglar! Borib, birodarlarimga: “Jalilaga borar ekansizlar”, deb aytinglar. Ular Meni o‘sha yerda ko‘radilar.
11
Ayollar ketganlaridan keyin, soqchilar bo‘linmasidan bir nechtasi shaharga kirib, yuz bergan voqea to‘g‘risida bosh ruhoniylarga aytib berdilar.
12
Bosh ruhoniylar bilan oqsoqollar uchrashib, reja tuzdilar. Ular soqchilarga katta miqdorda pul berib,
13
shunday dedilar: — Sizlar hammaga: “Isoning shogirdlari kechasi kelib, biz uxlab yotganimizda jasadni o‘g‘irlab ketishdi”, deb aytasizlar.
14
Bordi–yu, bu xabar hokimning qulog‘iga yetib borgudek bo‘lsa, uni o‘zimiz ishontiramiz, sizlarni har qanday ko‘ngilsizlikdan xalos etamiz.
15
Shunday qilib, soqchilar pulni olib, aytilganday qildilar. Voqeaning shu ta’rifi bugungi kungacha yahudiylar orasida keng tarqalgan.
16
O‘n bir shogird Jalilaga, Iso ularga tayin etgan toqqa bordilar.
17
Shogirdlar Isoni ko‘rganlari zahoti, Unga sajda qildilar, ba’zilari esa ikkilanib qoldilar.
18
Iso kelib, ularga dedi: “Yeru osmondagi butun hokimiyat Menga berilgan.
19
Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho‘mdiringlar.
20
Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o‘rgatinglar. Zotan, Men har doim, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo‘laman.”
← Chapter 27
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28