bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Matthew 3
Matthew 3
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 4 →
1
O‘sha kunlarda Yahyo cho‘mdiruvchi Yahudiya cho‘lida va’z qila boshladi.
2
U odamlarga: “ Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi yaqinlashdi!” — deb aytardi.
3
Yahyo to‘g‘risida Ishayo payg‘ambar shunday degan edi: “Sahroda bir ovoz yangramoqda: Egamizga yo‘l hozirlang, Unga to‘g‘ri yo‘l oching!”
4
Yahyo tuya junidan to‘qilgan kiyim kiyib, charm kamar taqib yurardi. Uning yeguligi chigirtka va yovvoyi asal edi.
5
Uning oldiga butun Quddus shahridan, Yahudiya o‘lkasidan va Iordan daryosi atroflaridan odamlar kelardi.
6
Ular gunohlarini e’tirof etishar, Yahyo esa ularni Iordan suviga cho‘mdirardi.
7
Farziy va sadduqiy mazhablaridan bo‘lgan ko‘p odamlar suvga cho‘mdirilish uchun kelayotganlarini Yahyo ko‘rib, dedi: “Hoy, ilonlar zoti! Boshingizga kelayotgan Xudo g‘azabidan qochib qutulasiz, deb sizlarga kim uqtirdi?
8
Tavbaga yarasha samara beringlar!
9
O‘zingizcha: “Biz Ibrohim naslidanmiz”, deb aytishni xayolingizga ham keltirmanglar! Sizlarga shuni aytay: Xudo mana bu toshlardan Ibrohimga avlod tiklashga qodir.
10
Hozirdanoq daraxtlar ildizida bolta yotibdi. Yaxshi meva bermagan har bir daraxt kesilib, olovga tashlanadi.
11
Tavba qilganingizni ko‘rsatish uchun men sizlarni suvga cho‘mdiryapman. Lekin ortimdan mendan ham qudratliroq bo‘lgan bir Zot kelmoqda. Men Uning choriqlarini ko‘tarib yurishga ham arzimayman. U sizlarni Muqaddas Ruhga va olovga cho‘mdiradi.
12
Uning panshaxasi qo‘lida tayyor turibdi. U O‘z xirmonini shopiradi: bug‘doyini omborga to‘plab, somonni so‘nmas olovda yondirib yuboradi.”
13
Shu orada Iso Jaliladan Iordan daryosi bo‘yiga bordi. U Yahyo tomonidan suvga cho‘mdirilmoqchi edi.
14
Lekin Yahyo Isoni to‘xtatmoqchi bo‘lib dedi: — Aslida Siz meni suvga cho‘mdirishingiz kerak! Siz bo‘lsangiz mening oldimga keldingiz!
15
Iso unga dedi: — Keling, bu safar shunday bo‘la qolsin. Axir biz Xudoning irodasini to‘la bajarishimiz zarur. Shundan keyin Yahyo rozi bo‘ldi.
16
Iso suvga cho‘mdirildi. U suvdan chiqqan zahoti, osmon ochilib ketdi va Iso O‘z ustiga Xudoning Ruhi kaptar shaklida tushib qo‘nganini ko‘rdi.
17
Shu payt osmondan: “Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, Undan nihoyatda mamnunman”, — degan ovoz keldi.
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 4 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28