bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Matthew 17
Matthew 17
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 16
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 18 →
1
Oradan olti kun o‘tdi. Iso yoniga faqat Butrus, Yoqub va Yoqubning ukasi Yuhannoni olib, baland bir toqqa chiqdi.
2
U yerda, ularning ko‘z o‘ngida Isoning qiyofasi o‘zgardi: yuzi quyoshday porlab, kiyimlari ko‘zni qamashtiradigan darajada oppoq bo‘lib qoldi.
3
Birdaniga ularga Muso bilan Ilyos zohir bo‘lishdi. Ular Iso bilan gaplashdilar.
4
Butrus Isoga dedi: — Hazrat, yaxshi ham shu yerga kelgan ekanmiz! Istasangiz, uchta chayla yasayman: bittasi Sizga, bittasi Musoga, bittasi Ilyosga.
5
U shu gapini tugatmagan ham ediki, birdaniga oppoq bulut paydo bo‘lib, hammalariga soya soldi. Bulut orasidan shunday ovoz keldi: — Bu Mening sevikli O‘g‘limdir, Undan mamnunman. Unga quloq solinglar!
6
Shogirdlar ovozni eshitganlarida, shunchalik qo‘rqib ketdilarki, yerga yuz tuban yiqildilar.
7
Iso esa kelib, ularga qo‘l tekkizdi–da: — Turinglar, qo‘rqmanglar! — dedi.
8
Ular boshlarini ko‘tarib, yolg‘iz Isodan boshqa hech kimni ko‘rmadilar.
9
Tog‘dan tushayotganlarida Iso ularga buyurdi: — Inson O‘g‘li o‘lib tirilmaguncha, bu ko‘rganlaringizni hech kimga aytmanglar.
10
Shogirdlari Undan so‘radilar: — Nega Tavrot tafsirchilari, Masihdan oldin Ilyos payg‘ambar kelishi kerak, deb aytadilar?
11
Iso ularga shunday javob berdi: — To‘g‘ri, avvalo Ilyos kelib, hamma narsani tiklashi kerak.
12
Biroq Men sizlarga shuni aytaman: Ilyos allaqachon kelgan. Ammo odamlar uni tanimay, uni xohlaganicha ho‘rladilar. Xuddi shunga o‘xshab, Inson O‘g‘li ham odamlar qo‘lida ko‘p azob chekadi.
13
Shunda shogirdlar tushundilarki, Iso ularga Yahyo cho‘mdiruvchi to‘g‘risida gapirayotgan ekan.
14
Iso shogirdlari bilan olomon oldiga kelganda, bir odam Isoning oldida tiz cho‘kib:
15
— Hazrat, — dedi, — o‘g‘limga rahm qiling! Uning tutqanoq kasali bor, qattiq azob chekmoqda. U ko‘pincha olovga yoki suvga yiqilib tushadi.
16
O‘g‘limni shogirdlaringiz oldiga olib kelgandim, ammo ular davolay olmadilar.
17
Iso shunday dedi: — Ey imonsiz va buzuq avlod! Qachongacha sizlar bilan birga bo‘lishim kerak?! Sizlarga yana qancha toqat qilishim kerak?! Bolani bu yerga olib kelinglar!
18
Iso jinga do‘q qildi. Jin bolaning ichidan chiqib ketdi, shu zahoti bola sog‘ayib qoldi.
19
Shogirdlar Iso bilan yolg‘iz qolganlarida, Undan: — Nega biz jinni quvib chiqara olmadik? — deb so‘radilar.
20
[20-21] Iso javob berib dedi: — Yetarli imoningiz yo‘qligi uchun shunday bo‘ldi. Sizlarga chinini aytayin: agar zig‘irday imoningiz bo‘lib, shu toqqa: “Bu yerdan u yerga ko‘ch”, — deb aytsangiz, tog‘ ko‘chadi. Sizlar uchun imkonsiz narsa bo‘lmaydi.
21
***
22
Iso shogirdlari bilan Jalilaga qaytib kelgandan keyin, ularga dedi: — Inson O‘g‘li odamlar qo‘liga tutib beriladi.
23
Uni o‘ldirishadi, uchinchi kuni esa U tiriladi. Shogirdlar nihoyatda g‘amgin bo‘lib qoldilar.
24
Iso bilan shogirdlari Kafarnahumga kelganlarida, Ma’bad solig‘ini yig‘uvchilar Butrusning oldiga kelib: — Ustozingiz Ma’bad solig‘ini to‘lamaydimi? — deb so‘radilar.
25
— To‘laydi! — deb javob berdi Butrus. Butrus uyga kelgach, Iso birinchi bo‘lib gapirdi: — Butrus, sening fikring qanday? Bu dunyo shohlari soliq va bojni kimdan yig‘adilar? O‘zinikilardanmi yoki begonalardanmi?
26
— Begonalardan–da, — deb javob berdi Butrus. — Demak, o‘zinikilar soliqdan ozod ekan–da, — dedi Iso. —
27
Ammo, ularni norozi qilmaylik. Ko‘lga borib qarmoq tashla. Birinchi ilingan baliqni olib og‘zini ochsang, to‘rt diramlik tangani topasan. Tangani olib, ikkovimiz uchun soliq to‘la.
← Chapter 16
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 18 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28