bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Psalms 105
Psalms 105
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 104
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 67
Chapter 68
Chapter 69
Chapter 70
Chapter 71
Chapter 72
Chapter 73
Chapter 74
Chapter 75
Chapter 76
Chapter 77
Chapter 78
Chapter 79
Chapter 80
Chapter 81
Chapter 82
Chapter 83
Chapter 84
Chapter 85
Chapter 86
Chapter 87
Chapter 88
Chapter 89
Chapter 90
Chapter 91
Chapter 92
Chapter 93
Chapter 94
Chapter 95
Chapter 96
Chapter 97
Chapter 98
Chapter 99
Chapter 100
Chapter 101
Chapter 102
Chapter 103
Chapter 104
Chapter 105
Chapter 106
Chapter 107
Chapter 108
Chapter 109
Chapter 110
Chapter 111
Chapter 112
Chapter 113
Chapter 114
Chapter 115
Chapter 116
Chapter 117
Chapter 118
Chapter 119
Chapter 120
Chapter 121
Chapter 122
Chapter 123
Chapter 124
Chapter 125
Chapter 126
Chapter 127
Chapter 128
Chapter 129
Chapter 130
Chapter 131
Chapter 132
Chapter 133
Chapter 134
Chapter 135
Chapter 136
Chapter 137
Chapter 138
Chapter 139
Chapter 140
Chapter 141
Chapter 142
Chapter 143
Chapter 144
Chapter 145
Chapter 146
Chapter 147
Chapter 148
Chapter 149
Chapter 150
Chapter 106 →
1
Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Egamizga shukrona ayting, U yaxshidir! Uning sodiq sevgisi abadiydir.
2
Egamizning qudratli ishlarini kim batafsil ayta oladi?! Kim Unga mukammal hamdu sano ayta oladi?!
3
Baxtlidir adolat ila ish tutganlar, Har doim to‘g‘ri ish qilganlar.
4
Ey Egam, xalqingga muruvvat ko‘rsatganingda meni eslagin, Ularga najot berganingda, menga ham yordam bergin,
5
Toki tanlagan xalqingning iqbolini ko‘rayin, Xalqingning shodligini ko‘rib, men ham quvonayin, Ular bilan birga faxrlanib yurayin.
6
Ey Isroil xalqi, ota–bobolarimiz kabi biz gunoh qildik, Egri yo‘ldan yurdik, yomonlik qildik.
7
Ota–bobolarimiz Misrda bo‘lganlarida, Egamizning ajoyib ishlariga e’tibor qilmadilar, Uning mo‘l sodiq sevgisini eslamadilar, Qizil dengizda isyon qildilar.
8
Qudratli kuchini bildirish uchun, O‘z nomi haqi, Egamiz ularni qutqardi.
9
U Qizil dengizga do‘q urdi, dengiz quridi. Qup–quruq yerdan yetaklaganday, Isroil xalqini dengiz tubidan o‘tkazdi.
10
Egamiz ularni yov qo‘lidan qutqardi, G‘anim qo‘lidan ularni ozod qildi.
11
Suvlar qaytib, g‘animlarni bosib qoldi, Dushmanlarning birontasi qutula olmadi.
12
Shunda Isroil xalqi Egamizning so‘ziga ishondi, Unga hamdu sanolar kuyladi.
13
Ular tez orada Egamizning ishlarini unutdi, Egamizdan bemaslahat ish qildilar.
14
Sahroda ular nafsi buzuqlik qildi, Dashtu biyobonda ular Xudoni sinadi.
15
Egamiz ularga so‘raganini berdi–yu, Ularga halokatli xastalikni ham yubordi.
16
Qarorgohdagi xalq Musoga, Egamizga bag‘ishlangan Horunga hasad qildi.
17
Yer yorilib, Datanni yutib yubordi, Abiram bilan sheriklarini yamlab yubordi.
18
Sheriklari ustiga olov tushdi, O‘sha fosiqlarni alanga yondirdi.
19
Sinay tog‘ida ular buzoq yasadilar, O‘sha oltin butga sajda qildilar.
20
Ular Xudoning ulug‘vorligini O‘t yeydigan buqa tasviriga alishdilar.
21
Ular o‘zlarining najotkori Xudoni, U Misrda buyuk ishlar qilganini unutdilar.
22
Xom yurtida Egamiz ajoyibotlar ko‘rsatgandi, Qizil dengizda qo‘rqinchli ishlar qilgandi. Mana shularni Isroil xalqi unutdi.
23
Shu bois Egamiz, ularni qiraman, dedi. Ammo Muso, Egamizning tanlagani o‘rtaga tushib, Egamizdan iltijo qilib, Uni qahrli g‘azabidan qaytardi.
24
So‘ngra ular maftunkor yurtni xor qildilar, Egamizning va’dasiga ishonmadilar.
25
O‘z chodirlarida ming‘irlab nolidilar, Egamizga itoat etmadilar.
26
Egamiz qo‘lini ko‘tarib, ont ichdi: “Sizlarni sahroda yakson qilaman.
27
Naslingizni xalqlar orasiga tarqataman, Boshqa yurtlarga ularni sochib yuboraman.”
28
So‘ngra bizning ota–bobolarimiz Piyor tog‘idagi Baalga sajda qilishga qo‘shildilar, O‘liklarga keltirilgan qurbonlikdan yedilar.
29
Ular qilmishlari bilan Egamizni g‘azablantirdilar, Ular o‘latga giriftor bo‘ldilar.
30
Finxaz qo‘zg‘alib, aralashdi, Shunda o‘lat ham to‘xtadi.
31
Shu bois Finxaz solihlik timsoli bo‘ldi, Bu nasllardan nasllarga to abad davom etadi.
32
Mariva suvlarida ular Egamizning qahrini keltirdi, Ularning dastidan Musoning boshiga qayg‘ular keldi.
33
Ular Musoning g‘azabini qo‘zg‘atdi, Muso ham o‘ylamay gapirdi.
34
Egamiz, xalqlarni qiringlar, deb amr bergandi, Ular Egamizning amrini bajarmadi.
35
Begona xalqlar bilan ular aralashib, Ularning odatlarini o‘rgandilar.
36
Ular begona xalqlarning butlariga sajda qildilar, Ularning butlari Egamizning xalqiga tuzoq bo‘ldi.
37
Ular o‘zlarining o‘g‘il–qizlarini Iblislarga qurbon qildilar.
38
Ha, o‘zlarining o‘g‘il–qizlarini Kan’on butlariga qurbon qilib, Begunoh qon to‘kdilar. Ularning qoni yurtni harom qildi.
39
Ishlari bilan o‘zlarini bulg‘adilar, Qilmishlari bilan Egamizga bevafolik qildilar.
40
Shunda Egamiz O‘z xalqidan g‘azablandi, Ulardan jirkandi.
41
Ularni yot xalqlarning qo‘liga berdi, G‘animlari ular ustidan hukmron bo‘ldi.
42
Dushmanlari ularni siquvga oldi, Kuch bilan ularni bo‘yin egdirdi.
43
Ko‘p marta Egamiz ularni qutqardi, Ular esa ataylab isyon qilgan edi, Gunohlari tufayli past ketdilar.
44
Shunda ham Egamiz O‘z xalqining nolalarini eshitib, Ularning kulfatlariga e’tibor berdi.
45
Ular haqi O‘z ahdini yodida tutdi, Mo‘l sodiq sevgisi bilan ularga shafqat ko‘rsatdi.
46
Ularni asir olganlarni Shafqatli bo‘lishga undadi.
47
Ey Egamiz Xudo, bizlarni qutqar, Xalqlar orasidan bizni to‘plab ol, O‘zing muqaddassan, Senga shukr aytaylik, Sening madhlaring bilan faxrlanaylik.
48
Isroil xalqining Xudosi — Egamizga To abad olqishlar bo‘lsin, Jamiki xalqlar: “Omin”, desin. Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!
← Chapter 104
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 67
Chapter 68
Chapter 69
Chapter 70
Chapter 71
Chapter 72
Chapter 73
Chapter 74
Chapter 75
Chapter 76
Chapter 77
Chapter 78
Chapter 79
Chapter 80
Chapter 81
Chapter 82
Chapter 83
Chapter 84
Chapter 85
Chapter 86
Chapter 87
Chapter 88
Chapter 89
Chapter 90
Chapter 91
Chapter 92
Chapter 93
Chapter 94
Chapter 95
Chapter 96
Chapter 97
Chapter 98
Chapter 99
Chapter 100
Chapter 101
Chapter 102
Chapter 103
Chapter 104
Chapter 105
Chapter 106
Chapter 107
Chapter 108
Chapter 109
Chapter 110
Chapter 111
Chapter 112
Chapter 113
Chapter 114
Chapter 115
Chapter 116
Chapter 117
Chapter 118
Chapter 119
Chapter 120
Chapter 121
Chapter 122
Chapter 123
Chapter 124
Chapter 125
Chapter 126
Chapter 127
Chapter 128
Chapter 129
Chapter 130
Chapter 131
Chapter 132
Chapter 133
Chapter 134
Chapter 135
Chapter 136
Chapter 137
Chapter 138
Chapter 139
Chapter 140
Chapter 141
Chapter 142
Chapter 143
Chapter 144
Chapter 145
Chapter 146
Chapter 147
Chapter 148
Chapter 149
Chapter 150
Chapter 106 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114
115
116
117
118
119
120
121
122
123
124
125
126
127
128
129
130
131
132
133
134
135
136
137
138
139
140
141
142
143
144
145
146
147
148
149
150