bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Psalms 17
Psalms 17
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 16
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 67
Chapter 68
Chapter 69
Chapter 70
Chapter 71
Chapter 72
Chapter 73
Chapter 74
Chapter 75
Chapter 76
Chapter 77
Chapter 78
Chapter 79
Chapter 80
Chapter 81
Chapter 82
Chapter 83
Chapter 84
Chapter 85
Chapter 86
Chapter 87
Chapter 88
Chapter 89
Chapter 90
Chapter 91
Chapter 92
Chapter 93
Chapter 94
Chapter 95
Chapter 96
Chapter 97
Chapter 98
Chapter 99
Chapter 100
Chapter 101
Chapter 102
Chapter 103
Chapter 104
Chapter 105
Chapter 106
Chapter 107
Chapter 108
Chapter 109
Chapter 110
Chapter 111
Chapter 112
Chapter 113
Chapter 114
Chapter 115
Chapter 116
Chapter 117
Chapter 118
Chapter 119
Chapter 120
Chapter 121
Chapter 122
Chapter 123
Chapter 124
Chapter 125
Chapter 126
Chapter 127
Chapter 128
Chapter 129
Chapter 130
Chapter 131
Chapter 132
Chapter 133
Chapter 134
Chapter 135
Chapter 136
Chapter 137
Chapter 138
Chapter 139
Chapter 140
Chapter 141
Chapter 142
Chapter 143
Chapter 144
Chapter 145
Chapter 146
Chapter 147
Chapter 148
Chapter 149
Chapter 150
Chapter 18 →
1
Ijrochilar rahbariga. Egamizning quli Dovudning sanosi. Dovudni Egamiz barcha dushmanlari va Shoul qo‘lidan ozod etgan kunda, Dovud bu qo‘shiqni Unga atab kuylagan.
2
Seni sevaman, ey Egam, mening qudratim.
3
Egam suyangan qoyamdir, mening qal’am, qutqaruvchimdir. Ha, Xudodir mening qoyam, Unda panoh topaman. Udir mening qalqonim, bahodir kurashchim, qo‘rg‘onim.
4
Egamga iltijo qilaman, G‘animlarimdan U meni xalos qiladi. Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!
5
Meni o‘lim to‘rlari chirmab olgandi, Balo–qazo sellari dahshat ila bosib kelgandi.
6
Ha, o‘liklar diyorining to‘rlari meni o‘rab olgandi, O‘lim changali qarshimda paydo bo‘lgandi.
7
Kulfatda qolganimda Egamga iltijo qildim, Ha, nola qildim Xudoyimga. U Ma’badidan turib, ovozimni eshitdi, Ohu nolam qulog‘iga yetib bordi.
8
U zamon yer yuzi titrab, tebrandi, Tog‘larning poydevori larzaga keldi, Egamiz g‘oyat g‘azabga mingan edi.
9
Burnidan tutun buruqsab chiqardi, Og‘zidan otash pishqirardi, Oldidan qip–qizil cho‘g‘ yog‘ilardi.
10
U ko‘klarni yorib, pastga tushdi, Oyoqlari ostida — qora bulut.
11
Bir karubga minib uchdi, Yel qanotlari uzra uchib keldi.
12
Atrofini zulmat bilan o‘radi, Quyuq, qora bulutlarni O‘ziga chayla qildi.
13
Uning oldida yorug‘lik chiqdi, Do‘l va qip–qizil cho‘g‘ qop–qora bulutlarni parchaladi.
14
Egamizning ovozi ko‘klarda guldiradi, Xudoyi Taoloning sadosi eshitildi.
15
O‘qlarini otdi, Chaqmoq chaqtirib, yovlarini tirqiratdi, Ularni sarosimaga soldi.
16
Egamizning tahdidlaridan, Uning qahrli nafasidan Dengizning tubi ko‘rinib qoldi, Zamin poydevori yalang‘och bo‘lib qoldi.
17
Egam yuqoridan qo‘l uzatib, meni tutdi, Bahaybat suvlardan meni chiqarib oldi.
18
Meni kuchli g‘animlarim qo‘lidan, Mendan nafratlangan yovlarimdan qutqardi, Ular mendan kuchli edilar.
19
Qora kunimda ular menga qarshi turdilar, Egam esa menga tayanch bo‘ldi.
20
Meni bexavotir joyga chiqarib qo‘ydi, Mendan mamnun bo‘lib, najot berdi.
21
Egam solihligim uchun meni mukofotlaydi, Aybsizligim uchun meni taqdirlaydi.
22
Zero, men Egamning yo‘lidan yurdim, Axloqsizlik qilmadim, Xudoyimdan yuz o‘girmadim.
23
Uning hamma qonun–qoidalariga rioya qildim, Farmonlarini chetga surib qo‘ymadim.
24
Uning oldida benuqson bo‘ldim, Gunoh qilishdan o‘zimni saqladim.
25
Shu sababli Egam meni pok deb bildi, Solihligimga yarasha mukofot berdi.
26
Ey Egam! O‘zingga sodiq bo‘lganga Sen sodiq bo‘lasan, Begunohga aybsizligini ko‘rsatasan,
27
Pok kishiga pokligingni ko‘rsatasan, Egriga esa ayyorligingni ko‘rsatasan.
28
Ahli kamtarga esa najot berasan, Dimog‘dorni yerga urasan.
29
Ey Egam Xudo! Chirog‘imni yoquvchi O‘zingsan, Zulmatni men uchun yorug‘likka aylantirasan.
30
Ey Xudoyim! Senga suyanib lashkarni yo‘q qilaman, Senga suyanib devorlardan oshib o‘taman.
31
Xudoning yo‘li komildir, Egamizning kalomi chin haqiqatdir, Panoh izlab borganga U qalqondir.
32
Egamizdan boshqa Xudo kim ekan?! Xudoyimizdan boshqa suyanchiq Qoya bormikan?!
33
Meni qudratli qiluvchi Xudodir, Yo‘limni O‘zi bexatar qiladi.
34
U oyoqlarimni kiyik oyog‘iday qiladi, Cho‘qqilar uzra meni bexatar yurg‘izadi.
35
Qo‘llarimni jang qilishga o‘rgatadi, Barmoqlarim bronza yoyni buka oladi.
36
Ey Egam, Sen menga zafar qalqoningni bergansan, O‘ng qo‘ling menga tayanch bo‘ladi, Madading esa meni yuksaltiradi.
37
Oyoqlarim uchun yo‘limni keng qilgansan, Oyoqlarim sira og‘ib ketmas.
38
G‘animlarimni quvlab, tutib oldim, Ularni yo‘q qilmay ortga qaytmadim.
39
Shunday ezdimki ularni, tura olmadilar, Oyoqlarim ostida cho‘zilib qoldilar.
40
Sen menga quvvat berib, jangga yubording, Menga qarshi otlangan yovni oldimda bosh egdirding.
41
G‘animlarimni mendan qochirding, Mendan nafratlanganlarni yo‘q qildim.
42
Ular madad so‘rab faryod qildilar, Najotkorni esa topolmadilar, Ey Egam, g‘animlarim Senga yolvordilar, Ammo Sen javob bermading.
43
Shamolning changiday ularni ezdim, Yo‘ldagi loydek sidirib tashladim.
44
Sen meni xalqning urush–janjalidan xalos etding. Meni ellarga yo‘lboshchi qilding, O‘zim tanimagan elat menga qaram bo‘ldi.
45
Ovozimni eshitiboq quloq tutdi, Yot ellar menga bo‘yin egdi.
46
Yot ellar holsizlanib yiqildi, Qaltirab manzilidan chiqib qochdi.
47
Egam barhayotdir! Suyangan qoyamga olqishlar bo‘lsin! Najotkorim Xudo yuksalsin!
48
Qasdimni olgan Xudodir, Xalqlarni menga U tobe qilgan,
49
Meni g‘animlarimdan U qutqargan, Bosqinchilardan meni ustun qilgan, Meni zo‘ravonlar qo‘lidan xalos etgan.
50
Shu bois, ey Egam, xalqlar ichra Senga hamdlar aytaman! Seni kuylab sano aytaman!
51
Egamiz O‘z shohini ulug‘ zafarlarga erishtiradi, O‘zi tanlagan shoh Dovud va uning urug‘iga To abad sodiq sevgisini ko‘rsatadi.
← Chapter 16
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 67
Chapter 68
Chapter 69
Chapter 70
Chapter 71
Chapter 72
Chapter 73
Chapter 74
Chapter 75
Chapter 76
Chapter 77
Chapter 78
Chapter 79
Chapter 80
Chapter 81
Chapter 82
Chapter 83
Chapter 84
Chapter 85
Chapter 86
Chapter 87
Chapter 88
Chapter 89
Chapter 90
Chapter 91
Chapter 92
Chapter 93
Chapter 94
Chapter 95
Chapter 96
Chapter 97
Chapter 98
Chapter 99
Chapter 100
Chapter 101
Chapter 102
Chapter 103
Chapter 104
Chapter 105
Chapter 106
Chapter 107
Chapter 108
Chapter 109
Chapter 110
Chapter 111
Chapter 112
Chapter 113
Chapter 114
Chapter 115
Chapter 116
Chapter 117
Chapter 118
Chapter 119
Chapter 120
Chapter 121
Chapter 122
Chapter 123
Chapter 124
Chapter 125
Chapter 126
Chapter 127
Chapter 128
Chapter 129
Chapter 130
Chapter 131
Chapter 132
Chapter 133
Chapter 134
Chapter 135
Chapter 136
Chapter 137
Chapter 138
Chapter 139
Chapter 140
Chapter 141
Chapter 142
Chapter 143
Chapter 144
Chapter 145
Chapter 146
Chapter 147
Chapter 148
Chapter 149
Chapter 150
Chapter 18 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114
115
116
117
118
119
120
121
122
123
124
125
126
127
128
129
130
131
132
133
134
135
136
137
138
139
140
141
142
143
144
145
146
147
148
149
150