bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Psalms 118
Psalms 118
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 117
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 67
Chapter 68
Chapter 69
Chapter 70
Chapter 71
Chapter 72
Chapter 73
Chapter 74
Chapter 75
Chapter 76
Chapter 77
Chapter 78
Chapter 79
Chapter 80
Chapter 81
Chapter 82
Chapter 83
Chapter 84
Chapter 85
Chapter 86
Chapter 87
Chapter 88
Chapter 89
Chapter 90
Chapter 91
Chapter 92
Chapter 93
Chapter 94
Chapter 95
Chapter 96
Chapter 97
Chapter 98
Chapter 99
Chapter 100
Chapter 101
Chapter 102
Chapter 103
Chapter 104
Chapter 105
Chapter 106
Chapter 107
Chapter 108
Chapter 109
Chapter 110
Chapter 111
Chapter 112
Chapter 113
Chapter 114
Chapter 115
Chapter 116
Chapter 117
Chapter 118
Chapter 119
Chapter 120
Chapter 121
Chapter 122
Chapter 123
Chapter 124
Chapter 125
Chapter 126
Chapter 127
Chapter 128
Chapter 129
Chapter 130
Chapter 131
Chapter 132
Chapter 133
Chapter 134
Chapter 135
Chapter 136
Chapter 137
Chapter 138
Chapter 139
Chapter 140
Chapter 141
Chapter 142
Chapter 143
Chapter 144
Chapter 145
Chapter 146
Chapter 147
Chapter 148
Chapter 149
Chapter 150
Chapter 119 →
1
Baxtlidir yo‘llari pok bo‘lganlar, Ey Egam, Sening qonuning bo‘yicha yuradiganlar.
2
Baxtlidir Sening shartlaringga rioya qiladiganlar, Butun qalbi bilan Senga intiladiganlar.
3
Ular aslo nohaq ish qilmaydilar, Sening yo‘llaringdan yuradilar.
4
O‘zing bizga amr berib, Buyruqlarimga diqqat ila itoat eting, degansan.
5
Qani, endi farmonlaringni ado etishda barqaror bo‘lsam!
6
Men sharmanda bo‘lib qolmay, deya Hamma amrlaringga diqqat qilaman.
7
Sening odil qoidalaringni o‘rganganimda, Toza qalb ila hamdu sano aytaman Senga.
8
Sening qonunlaringni bajaraman, Meni butunlay tark etmagin.
9
Yigit qanday qilib yo‘llarini pok saqlaydi? Kaloming bo‘yicha yashab, shunga erishadi.
10
Butun qalbim bilan Senga intilaman, Amrlaringdan og‘ishimga yo‘l qo‘ymagin.
11
So‘zlaringni yuragimda asrayman, Toki Senga qarshi gunoh qilmayin.
12
Ey Egam, Senga olqishlar bo‘lsin, Farmonlaringni o‘rgatgin menga.
13
Og‘zingdan chiqqan barcha qoidalarni O‘z og‘zim bilan e’lon qilaman.
14
Shartlaringga ergashib, lazzat topaman, Go‘yo katta boylik topib xursand bo‘laman.
15
Buyruqlaring haqida chuqur fikr yuritaman, Sening yo‘llaringga diqqat qilaman.
16
Farmonlaringdan lazzat olaman, Kalomingni men unutmasman.
17
Men, O‘z qulingga yaxshilik qilgin, Toki yashab, kalomingga itoat etayin.
18
Ko‘zlarimni och, toki ko‘rayin Qonuningdagi ajoyibotlarni.
19
Yer yuzida musofirday yashayman, Amrlaringni mendan yashirma.
20
Jonim kuyayotir hasrat bilan, Qoidalaringni o‘rganishni doim istayman.
21
La’natlangan takabburlarga, Amrlaringdan og‘ib ketganlarga Sen tanbeh berasan.
22
Haqorat, xo‘rlikni mendan uzoqlashtir, Axir, shartlaringni doimo bajarganman.
23
Hatto shahzodalar to‘planib, menga bo‘hton qilsalar ham Men farmonlaring haqida chuqur fikr yuritaman.
24
Sening shartlaring menga lazzat bag‘ishlaydi, Shartlaring men uchun maslahatchidirlar.
25
Jonim chiqay deb turibdi, Va’dangga ko‘ra, hayotimni saqlagin.
26
Hayotim haqida Senga aytib berdim, Sen javob berding. Endi farmonlaringni menga o‘rgatgin.
27
Menga buyruqlaringni tushuntir, Toki mo‘jizalaring haqida chuqur fikr yuritay.
28
Jonim ado bo‘ldi g‘am–g‘ussadan, Quvvat bergin menga va’dangga binoan.
29
Soxta yo‘llardan meni saqlagin, Iltifot ila qonuningni menga o‘rgatgin.
30
Men sadoqat yo‘lini tanlaganman, Qoidalaringni yuragimga jo qilganman.
31
Ey Egam, shartlaringni mahkam ushlaganman, Endi sharmanda bo‘lishimga yo‘l qo‘ymagin.
32
Jonim bilan amrlaringni bajaraman, Zotan menga ko‘p zakovat ato qilasan.
33
Ey Egam, menga farmonlaringni o‘rgat, Toki men ularni oxirigacha bajarayin.
34
Zakovat ber menga, toki qonuningga rioya qilay, Chin qalbimdan qonuningni bajaray.
35
Amrlaring so‘qmog‘idan meni yetaklagin, Men undan lazzat topaman.
36
Yuragimni nohaq foyda tomon emas, O‘z shartlaring tomon burgin.
37
Ko‘zlarimni befoyda narsalardan qaytargin, Va’dangga binoan hayotimni saqlagin.
38
Men, O‘z qulingga bergan va’dangda turgin, Bu va’dang Sendan qo‘rqadiganlar uchundir.
39
Sharmandalikdan qo‘rqaman, mendan uzoq qil, Zotan qoidalaring ezgudir.
40
Buyruqlaringga naqadar talpinaman, Adolating bilan hayotimni saqlagin.
41
Sodiq sevgingni, ey Egam, menga ko‘rsat, Va’dangga ko‘ra, menga najot ber.
42
Shunda meni haqorat qilganlarga javob beraman, Sening kalomingga umid qilaman.
43
Og‘zimdan haqiqat kalomini tamom tortib olma, Sening qoidalaringga umidimni bog‘ladim.
44
Qonuningga doimo rioya qilaman, Abadulabad rioya qilaman.
45
Men ozod bo‘lib yuraveraman, Buyruqlaringni izlab topganman.
46
Shohlar oldida shartlaringdan so‘ylayman, Sharmanda bo‘lmasman.
47
Amrlaringdan lazzat topaman, Men amrlaringni sevaman.
48
Amrlaringga izzatu sevgi ko‘rsataman, Farmonlaring haqida chuqur fikr yuritaman.
49
Esla men, qulingga bergan va’dangni, Sen va’da berib, umidvor qilgansan meni.
50
Kulfatda qolganimda shu menga tasalli beradi, Sening va’dang mening hayotimni saqlaydi.
51
Takabbur meni tamom masxara qiladi, Shunda ham qonuningdan yuz o‘girmasman.
52
Azaliy qoidalaringni, ey Egam, eslayman, Bu qoidalaringdan men tasalli topaman.
53
Fosiq qonuningdan yuz o‘girgan, Shu bois men qattiq g‘azablanaman.
54
Qayerda boshpana qilgan bo‘lmayin, Sening farmonlaring qo‘shig‘im bo‘ldi.
55
Ey Egam, tunda ham Seni eslayman, Sening qonunlaringga rioya etaman.
56
Bu menga odat bo‘lgan edi, Buyruqlaringga rioya qildim.
57
Ey Egam, Sen mening xavfsizligim manbaisan, Kalomingga itoat etaman, deb va’da beraman.
58
Jamolingni izladim chin qalbimdan, Mehribon bo‘l menga va’dangga binoan.
59
Yo‘llarimga diqqat qildim, Shartlaring bo‘yicha qadam bosaman.
60
Men shoshilaman, kechikmasman Amrlaringga itoat etmoq uchun.
61
Fosiqlar meni arqonlar bilan bog‘laydi, Shunda ham Sening qonuningni unutmayman.
62
Yarim tunda uyg‘onib, odil qoidalaring uchun Senga hamdu sano aytaman.
63
Sendan qo‘rqqanlarga men do‘stman, Buyruqlaringga rioya qilganlarga sherikman.
64
Ey Egam, sodiq sevgingdan zamin to‘lgandir, Farmonlaringni menga o‘rgat.
65
Ey Egam, O‘zing bergan va’dangga muvofiq Men, O‘z qulingga yaxshilik qilding.
66
Menga donolik, zukkolik bergin, Sening amrlaringga ishondim.
67
Jazo olmasimdan oldin adashar edim, Endi Sening so‘zingga itoat etaman.
68
Naqadar yaxshisan, ezgulik qilasan, Farmonlaringni menga o‘rgatgin.
69
Takabbur yolg‘on so‘ylab, meni qoraga chaplar, Men esa chin qalbdan buyruqlaringga itoat etaman.
70
Ularning qalbini yog‘ bog‘lagan, Men esa qonuningdan lazzat olaman.
71
Tortgan jazoim menga saboq bo‘ldi, Shu orqali farmonlaringni o‘rgandim.
72
Minglab kumush, oltin bo‘laklaridan ko‘ra, Yaxshidir men uchun og‘zingdan chiqqan qonun.
73
Qo‘llaring meni yaratgan, barpo qilgan, Amrlaringni o‘rganishga menga idrok bergin.
74
Sendan qo‘rqqanlar meni ko‘rib, sevinsinlar, Zotan, Sening kalomingga umid qilganman.
75
Ey Egam, hukmlaring adolatliligini bilaman, Menga jazo berganingda, Sen haq eding.
76
Men, O‘z qulingga bergan va’dangga ko‘ra, Sodiq sevging menga tasalli bo‘lsin.
77
Menga shafqat qilgin, toki yashayin, Axir, Sening qonuning men uchun lazzat.
78
Yolg‘on gapirib, menga zarar qilgani uchun Takabburlar sharmanda bo‘lsin. Men esa buyruqlaring haqida fikr yuritaman.
79
Men tomon kelsin Sendan qo‘rqqanlar, Sening shartlaringni biladiganlar.
80
Farmonlaringni bitta qolmay bajaray, Toki men sharmanda bo‘lib qolmay.
81
Najotingni kutib, jonim ado bo‘lmoqda, Sening kalomingdan umid qilmoqdaman.
82
Va’dalaringni kutib, ko‘zimning nuri so‘nadi, “Qachon menga tasalli berasan?” deya so‘rayman.
83
Tutunda qorayib, bujmaygan meshday bo‘lsam ham, Sening farmonlaringni men unutmaganman.
84
Men, Sening quling qachongacha kutishim kerak? Meni ta’qib qiluvchilarni qachon hukm qilasan?
85
Takabburlar menga chuqur qazirlar, Sening qonuningga ular qarshi chiqarlar.
86
Hamma amrlaring umidbaxshdir. Meni sababsiz ta’qib etarlar, yordam ber!
87
Ular meni yer yuzidan yo‘q qilay, dedi, Ammo buyruqlaringni men tark etmadim.
88
Sodiq sevging haqi saqla hayotimni, Toki og‘zingdan chiqqan shartlarga rioya qilay.
89
Kaloming, ey Egam, to abaddir, U samolarda mustahkam turadi.
90
Sening sadoqating nasllar osha davom etadi, Yerni barqaror qilgansan, u to abad turaveradi.
91
Qoidalaring tufayli Yeru osmon bugun ham mustahkamdir, Butun olam qo‘ling ostidadir.
92
Agar qonuning men uchun lazzat bo‘lmasaydi, Tortgan g‘amu kulfatlarimdan tamom bo‘lardim.
93
Men buyruqlaringni hech qachon unutmayman, Bular orqali Sen hayotimni saqlagansan.
94
Men Senikidirman, meni qutqargin, Zotan, men buyruqlaringni bajarishga intilganman.
95
Fosiqlar meni o‘ldirishga payt poylaydi, Men esa shartlaring haqida chuqur fikr yuritaman.
96
Jamiki komillikning cheklanganini ko‘rdim, Sening amrlaring esa chegarasizdir.
97
O, naqadar sevaman qonuningni! Kun bo‘yi xayolimda tutaman uni.
98
Amrlaring meni g‘animlarimdan ko‘proq dono qildi, Amrlaring doimo men bilan birga.
99
Barcha ustozlarimdan ham ziyrakroq bo‘ldim, Sening shartlaring ustida fikr yuritaman.
100
Yoshi ulug‘lardan ham donoroq bo‘ldim, Chunki Sening buyruqlaringga itoat etdim.
101
Har qanday yomon yo‘ldan qadamimni tiydim, Toki Sening kalomingga itoat etay dedim.
102
Qoidalaringdan men qaytmadim, Menga O‘zing ta’lim bergansan.
103
So‘zlaring men uchun naqadar mazalidir, Asaldan ham shirin tuyular og‘zimga.
104
Buyruqlaring tufayli men dono bo‘laman, Har qanday yolg‘on yo‘ldan nafratlanaman.
105
Sening kaloming qadamlarim uchun chiroqdir, Yo‘limga nur sochadigan yorug‘likdir.
106
Adolatli qoidalaringni bajaray, deb Ont ichib, ontimni mustahkam qildim.
107
Ey Egam, men ko‘p jafo chekdim, Va’dangga ko‘ra, hayotimni saqla.
108
Ey Egam, maqtov nazrlarimni qabul etgin, Menga qoidalaringni o‘rgatgin.
109
Hayotim har on xavfda bo‘lsa ham, Sening qonuningni men unutmayman.
110
Fosiqlar menga tuzoq qo‘ydilar, Shunda ham buyruqlaringdan og‘ib ketmadim.
111
Sening shartlaring to abad mening mulkimdir, Shartlaring qalbimning quvonchidir.
112
Farmonlaringni to abad ijro etmoqqa Yuragimni moyil qildim.
113
Ikkiyuzlamachilardan men nafratlanaman, Sening qonuningni sevaman.
114
Sen mening panohimsan, qalqonimsan, Sening kalomingga umid bog‘layman.
115
“Ey badkirdorlar, yo‘qoling ko‘z oldimdan, Men Xudoyimning amrlarini bajaray”, deb aytaman.
116
Va’dangga ko‘ra, menga tayanch bo‘l, toki yashayin, Umidim puchga chiqmasin, sharmanda bo‘lmayin.
117
Suyanchiq bo‘l menga, toki najot topayin, Farmonlaringga doim diqqat bilan boqayin.
118
Farmonlaringdan toyganlarni rad etding, Ularning hiylayu nayranglari behudadir.
119
Yer yuzidagi jamiki fosiqlarni Axlatday uloqtirib tashlaysan, Shu bois men shartlaringni sevaman.
120
Sendan qo‘rqqanimdan vujudim titraydi, Hukmlaringdan meni vahima bosadi.
121
Adolatli, to‘g‘ri ishlar qilganman, Meni zolimlar qo‘lida qoldirma.
122
Men, qulingning baxtiga kafolat bergin, Takabburlar meni ezishlariga yo‘l qo‘ymagin.
123
Najotingni qidirib, ko‘zlarim toldi, Va’da qilgan najoting uchun ko‘zim nuri to‘kildi.
124
Men, O‘z qulingga sodiq sevgingni ko‘rsatgin, Farmonlaringni menga o‘rgatgin.
125
Sening qulingman, menga idrok bergin, Toki men shartlaringni bilib olayin.
126
Ey Egam, vaqti keldi, O‘z ishingni qil, Sening qonuning buzildi.
127
Chindan ham Sening amrlaringni Oltindan, eng sof oltindan ham ko‘proq sevaman.
128
Sening buyruqlaringga ko‘ra, qadam bosaman, Har qanday yolg‘on yo‘ldan nafrat etaman.
129
Sening shartlaring ajoyibdir, Shu bois ularga itoat etaman.
130
Kalomingning ta’limoti ziyo sochadi, Soddalarga aql–idrok beradi.
131
Og‘zim ochilib, og‘ir nafas olaman, Chunki Sening amrlaringga juda intilaman.
132
Seni sevguchilarga har doim qilganingdek Men tomon yuz bur, shafqat qilgin.
133
Va’dangga ko‘ra, qadamlarimni sobit qil, Hech qachon ustimdan gunoh hukmron bo‘lmasin.
134
Inson zulmidan meni qutqargin, Toki Sening buyruqlaringga itoat etayin.
135
Jamoling menga nurlarini sochsin, Farmonlaringni menga o‘rgatgin.
136
Ko‘zlarimdan yoshlar daryo bo‘lib quyilar, Axir, odamlar qonuningga rioya qilmayapti.
137
Sen odilsan, ey Egam, Hukmlaring adolatlidir.
138
Adolat ila shartlaringni buyurgansan, Tamomila ishonchlidir shartlaring.
139
G‘azabim meni ado qilmoqda, Dushmanlarim kalomingni rad etmoqda.
140
Va’dalaring naqadar sofdir! Men va’dalaringni naqadar sevaman!
141
Men keraksizman, xo‘rlanganman, Buyruqlaringni unutmayman.
142
Sening adolating mangudir, Sening qonuning haqiqatdir.
143
Boshimga kulfatu azob keldi, Amrlaring menga zavq berar.
144
Shartlaring to abad adolatlidir, Idrok bergin menga, toki yashayin.
145
Ey Egam, chin ko‘ngildan yolvoraman, javob ber, Farmonlaringga rioya qilaman.
146
Senga faryod qilaman, meni qutqargin, Toki shartlaringga men rioya qilay.
147
Kun chiqmasdan Sendan madad so‘rab faryod qilaman, Sening kalomingga men umid bog‘layman.
148
Sening va’dangni chuqur anglay, deb Ko‘zlarimga tun bo‘yi uyqu kelmaydi.
149
Sodiq sevgingga ko‘ra, ovozimni eshitgin, Ey Egam, adolating bilan hayotimni saqlagin.
150
Qabih reja tuzadiganlar yaqin kelmoqda, Ular qonuningdan uzoqda yuradi.
151
Sen esa, ey Egam, yaqindasan, Hamma amrlaring haqiqatdir.
152
Shartlaringni to abad tayinlaganingni Azalda ularning o‘zidan bilib oldim.
153
Azoblarimga qaragin, meni qutqargin, Axir, men Sening qonuningni unutmadim.
154
Mening da’voimni isbot qil, meni qutqar, Va’dangga ko‘ra, hayotimni saqla.
155
Fosiqdan najot uzoqdadir, Sening farmonlaringni ular izlamaslar.
156
Ey Egam, shafqating buyukdir, Adolating bilan hayotimni saqla.
157
Meni ta’qib qiluvchi dushmanlarim ko‘p, Men shartlaringdan yuz o‘girmayman.
158
Makkorlarga nafrat ila qarayman, Ular Sening amrlaringga rioya qilmaydi.
159
Qaragin, naqadar sevaman buyruqlaringni, Sodiq sevgingga ko‘ra, saqlagin hayotimni.
160
Kaloming mohiyati haqiqatdir, Adolatli qoidalaring to abad davom etadi.
161
Hukmdorlar meni sababsiz ta’qib qilar, Yuragim kalomingdan qo‘rqib titrab turar.
162
Xuddi ulkan xazina topgan odamday, Sening so‘zingdan shod bo‘laman.
163
Yolg‘ondan nafratlanib, jirkanaman, Sening qonuningni esa sevaman.
164
Sening adolatli qoidalaring tufayli Yetti marta kuniga Seni madh qilaman.
165
Qonuningni sevganlar buyuk tinchlikka yetar, Hech narsa ularga to‘siq bo‘la olmaydi.
166
Ey Egam, men najotingga umid qilaman, Men Sening amrlaringni bajaraman.
167
Shartlaringga itoat etaman, Men ularni g‘oyatda sevaman.
168
Buyruq, shartlaringga rioya qilaman, Hamma yo‘llarim Senga ma’lumdir.
169
Ey Egam, ohu nolam yetsin Senga, Idrok bergin menga, kalomingga ko‘ra.
170
Iltijoim yetib borsin Senga, O‘zing bergan va’dangga ko‘ra, meni qutqar.
171
Lablarimdan hamdu sano to‘lib–toshsin, Menga o‘rgatasan farmonlaringni.
172
Tilim kuylaydi Sening va’dangni, Zotan, adolatlidir barcha amrlaring.
173
Menga yordamga tayyor turgin, Zotan tanlaganman men buyruqlaringni.
174
Ey Egam, najotingga talpinaman, Sening qonuningdan lazzat topaman.
175
Umr ber menga, hamdu sano aytayin Senga, Qoidalaring yordam bersin menga.
176
Adashgan qo‘yday yo‘ldan ozganman, Izlab top meni, O‘z qulingni. Zotan, men amrlaringni unutmaganman.
← Chapter 117
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 67
Chapter 68
Chapter 69
Chapter 70
Chapter 71
Chapter 72
Chapter 73
Chapter 74
Chapter 75
Chapter 76
Chapter 77
Chapter 78
Chapter 79
Chapter 80
Chapter 81
Chapter 82
Chapter 83
Chapter 84
Chapter 85
Chapter 86
Chapter 87
Chapter 88
Chapter 89
Chapter 90
Chapter 91
Chapter 92
Chapter 93
Chapter 94
Chapter 95
Chapter 96
Chapter 97
Chapter 98
Chapter 99
Chapter 100
Chapter 101
Chapter 102
Chapter 103
Chapter 104
Chapter 105
Chapter 106
Chapter 107
Chapter 108
Chapter 109
Chapter 110
Chapter 111
Chapter 112
Chapter 113
Chapter 114
Chapter 115
Chapter 116
Chapter 117
Chapter 118
Chapter 119
Chapter 120
Chapter 121
Chapter 122
Chapter 123
Chapter 124
Chapter 125
Chapter 126
Chapter 127
Chapter 128
Chapter 129
Chapter 130
Chapter 131
Chapter 132
Chapter 133
Chapter 134
Chapter 135
Chapter 136
Chapter 137
Chapter 138
Chapter 139
Chapter 140
Chapter 141
Chapter 142
Chapter 143
Chapter 144
Chapter 145
Chapter 146
Chapter 147
Chapter 148
Chapter 149
Chapter 150
Chapter 119 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114
115
116
117
118
119
120
121
122
123
124
125
126
127
128
129
130
131
132
133
134
135
136
137
138
139
140
141
142
143
144
145
146
147
148
149
150