bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Psalms 77
Psalms 77
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 76
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 67
Chapter 68
Chapter 69
Chapter 70
Chapter 71
Chapter 72
Chapter 73
Chapter 74
Chapter 75
Chapter 76
Chapter 77
Chapter 78
Chapter 79
Chapter 80
Chapter 81
Chapter 82
Chapter 83
Chapter 84
Chapter 85
Chapter 86
Chapter 87
Chapter 88
Chapter 89
Chapter 90
Chapter 91
Chapter 92
Chapter 93
Chapter 94
Chapter 95
Chapter 96
Chapter 97
Chapter 98
Chapter 99
Chapter 100
Chapter 101
Chapter 102
Chapter 103
Chapter 104
Chapter 105
Chapter 106
Chapter 107
Chapter 108
Chapter 109
Chapter 110
Chapter 111
Chapter 112
Chapter 113
Chapter 114
Chapter 115
Chapter 116
Chapter 117
Chapter 118
Chapter 119
Chapter 120
Chapter 121
Chapter 122
Chapter 123
Chapter 124
Chapter 125
Chapter 126
Chapter 127
Chapter 128
Chapter 129
Chapter 130
Chapter 131
Chapter 132
Chapter 133
Chapter 134
Chapter 135
Chapter 136
Chapter 137
Chapter 138
Chapter 139
Chapter 140
Chapter 141
Chapter 142
Chapter 143
Chapter 144
Chapter 145
Chapter 146
Chapter 147
Chapter 148
Chapter 149
Chapter 150
Chapter 78 →
1
Osifning qasidasi. [1] Quloq soling, ey xalqim, o‘gitlarimga, Quloq tuting og‘zimdan chiqqan so‘zlarga.
2
Og‘zimni ochaman masalga, O‘tmishning sirli saboqlarin o‘rgataman sizga.
3
Bularni aytgan edi ota–bobolarimiz, Ulardan eshitganmiz, bilamiz.
4
Egamizning hamdga loyiq ishlarini, Uning qudratini, U qilgan ajoyibotlarni Biz yashirmaymiz ularning bolalaridan, Hikoya qilarmiz kelgusi avlodlarga ham.
5
Yoqub nasliga U farmon berdi, Isroilga qonun tayinladi Ota–bobolarimizga amr berib: “Bolalaringizga o‘rgating”, dedi.
6
Toki kelajak nasllar bularni bilsin, Bilsin hatto tug‘ilmagan bolalar, O‘z navbatida bolalariga aytsin ular.
7
Bolalari ham umidini bog‘lasin Xudoga, Xudoning ishlarini unutib qo‘ymay, Rioya etsin Uning amrlariga.
8
Toki ular ota–bobolariga o‘xshab, O‘jar, isyonkor nasl bo‘lmasin. Yuragida Xudoga sadoqat bo‘lmagan, Ruhan beqaror nasl bo‘lmasin.
9
O‘q–yoy bilan qurollangan Efrayim jangchilari Jang kunida ortiga qaytdi.
10
Ular Xudoning ahdiga rioya qilmadi, Uning qonunlari bo‘yicha yurishni rad qildi.
11
Ular unutdilar Xudoning qilgan ishlarini, Xudoning ularga ko‘rsatgan mo‘jizalarini.
12
Misr diyoridagi Zo‘van tekisligida, Ularning ota–bobolari ko‘z o‘ngida Xudo mo‘jizalar ko‘rsatgandi.
13
Dengizni yorib, o‘rtasidan ularni o‘tkazdi, Suvlarni devor kabi tik qilib qo‘ydi.
14
Kunduzi ularni bulut orqali yetakladi, Tun bo‘yi alanga yorug‘i orqali yetakladi.
15
U sahrodagi qoyalarni parchaladi, Dengizday mo‘l–ko‘l suvni ularga berdi.
16
Qoyadan irmoqlarni chiqardi, Suvlarni daryolarday oqizdi.
17
Ular sahroda Xudoyi Taologa qarshi isyon qilib, Unga qarshi gunoh qilaverdilar.
18
Ular ataylab Xudoni sinadilar, Ko‘ngli tusagan ovqatni talab qildilar.
19
Ular Xudoga qarshi so‘zlab, dedilar: “Sahroda Xudo bizga dasturxon yoza olarmidi?!
20
Mana, U qoyaga urganda, Suv daryo–daryo bo‘lib oqdi, Irmoqlar to‘lib–toshdi. Endi U O‘z xalqiga non bera olarmikan? Xalqini go‘sht bilan ta’minlay olarmikan?”
21
Egamiz ularning gapini eshitib, Qattiq g‘azabga mindi. Yoqub nasliga qarshi g‘azab alangasini purkadi, Ha, Isroil nasliga qarshi qahrini sochdi.
22
Ular Xudoga ishonmadilar, Uning najotiga tayanmadilar.
23
Xudo samolardan turib amr berdi, Osmonning qopqalarini ochib yubordi.
24
Ular yesin, deb manna yog‘dirdi, Osmonning donini ularga berdi.
25
Odamzod farishtalar nonidan yedi, Xudo ularga mo‘l–ko‘l taom yubordi.
26
U samolardan sharq shamolini estirdi, Qudrati bilan janub shamoliga yo‘l ko‘rsatdi.
27
U changday mo‘l qilib, xalqiga go‘sht yog‘dirdi, Ha, dengizdagi qumday mo‘l qilib qushlar yog‘dirdi.
28
Bularni ularning qarorgohiga yog‘dirdi, Ularning chodirlari atrofiga tushirdi.
29
Ular to‘ygunlaricha yedilar, Xudo ularga ko‘ngillari tusaganini berdi.
30
Biroq hali ko‘ngli tusaganiga to‘ymagan, Luqmalari hali ularning og‘izlarida ekan,
31
Xudo g‘azabini ularga sochdi, Ularning kuchlilarini o‘ldirdi, Isroilning gulday yigitlarini yer tishlatdi.
32
Shularga qaramay, ular gunoh qilaverdilar, Xudoning mo‘jizalariga ishonmadilar.
33
Xudo ularning kunlarini bir nafasday bitirdi, Ularni vahimaga solib, umrlarini barbod qildi.
34
Ba’zilarini Xudo o‘ldirdi, Shundagina qolganlari Unga intildi, Tavba qilib, yana Xudoga qaytdi.
35
Ular shunday deb esladilar: “Ha, Xudo suyangan qoyamiz, Bizning qutqaruvchimiz Xudoyi Taolo.”
36
Ammo Xudoga xushomad qilardilar, Unga tillari bilan yolg‘on so‘zlashardi.
37
Yuraklarida esa Xudoga sodiq emas edilar, Uning ahdiga bevafolik qildilar.
38
Xudo–chi, shafqat qildi, Kechirdi ularning gunohlarini, Qirib tashlamadi ularni, Ko‘pincha U g‘azabini bosdi, Butun g‘azabini sochmadi.
39
Xudo esladi: “Ular shunchaki bandalardir, Esib, boshqa qaytib kelmas shamoldir.”
40
Sahroda Xudoga qanchalar ko‘p isyon qildilar! Dashtu biyobonda Uni xafa qildilar.
41
Xudoni ular takror–takror sinadilar, Isroil xalqining Muqaddas Xudosini ranjitdilar.
42
Ular Xudoning qudratini, Ularni dushmandan qutqargan kunni esdan chiqardilar.
43
Xudo Misrda ko‘rsatgan mo‘jizalarni, Ha, Zo‘van tekisligida ko‘rsatgan ajoyibotlarni unutdilar.
44
Misrdagi daryolarni Xudo qonga aylantirdi, Misrliklar irmoqlardan suv icholmay qoldi.
45
Ularni yeb bitirsin, deya pashshalar galasini yubordi, Yurtni vayron qilsin, deya qurbaqalar yubordi.
46
Ularning hosilini Xudo chigirtkalarga yem qildi, Ularning mehnati mahsulini chigirtkalarga berdi.
47
Uzumzorlarini do‘l bilan yakson qildi, Shikamora–anjir daraxtlarini jalada nobud etdi.
48
Ularning chorvasini do‘lga duchor qildi, Ularning podasini yashin alangasiga berdi.
49
Buzg‘unchi farishtalari to‘dasini yuborganday Xudo ularga alangali g‘azabini, qahrini, Nafratini hamda musibatni sochdi.
50
U Misrdan g‘azabini qaytarmadi, Ularning jonlariga shafqat qilmadi, Ularni vaboga duchor qildi.
51
Misrning hamma to‘ng‘ichlarini urdi, Ha, Xom avlodlarining uylaridagi Qudratining ilk hosilini yo‘q qildi.
52
O‘z xalqini esa Xudo qo‘yday yetaklab chiqdi, Ularni sahro bo‘ylab suruvday boshlab bordi.
53
Egamiz eson–omon boshlab bordi, Ular qo‘rqmadilar, Ularning g‘animlarini esa dengiz yutdi.
54
Egamiz xalqini O‘z muqaddas yurtiga, O‘z kuchi bilan qo‘lga kiritgan toqqa olib keldi.
55
O‘z xalqining oldidan boshqa xalqlarni quvdi, Ularning yurtini mulk qilib bo‘lib berdi, Isroil qabilalarini ularning chodirlarida o‘rnashtirdi.
56
Ular hamon Xudoyi Taoloni sinardilar, Unga qarshi isyon qilib, farmonlariga bo‘ysunmadilar.
57
Otalari kabi bevafolik qilib, xoinlik qildilar, Yaroqsiz kamonga o‘xshab ishonchsiz chiqdilar.
58
Sajdagohlari bilan ular Xudoni g‘azablantirdilar, Butlari bilan Uning rashkini qo‘zg‘atdilar.
59
Bularni eshitganda Xudo, g‘azabga mindi, Shundan so‘ng Isroilni tamom rad etdi.
60
U Shilo‘dagi O‘z maskanini, Insonlar orasida tikkan chodirini tark etdi.
61
Dushmanga asirlikka berdi ahd sandig‘ini, O‘zining qudratiyu shuhrati ramzini.
62
O‘z xalqini U qilichga ro‘para qildi, G‘azabini tanlagan xalqiga sochdi.
63
Yigitlarini alanga yamlamay yutdi, Qizlari nikoh qo‘shiqlarini aytolmay qoldi.
64
Ruhoniylari qilich tig‘idan yiqildi, Ruhoniylar bevalari aza tutolmay qoldi.
65
Shunda Rabbiy qo‘zg‘aldi uyqudan uyg‘onganday, Sharobdan hayqirayotgan bahodirday.
66
Dushmanlarini U tirqiratib quvdi, Ularni abadiy sharmandalikka duchor qildi.
67
Xudo Yusuf chodirini rad etdi, Efrayim qabilasini tanlamadi.
68
Uning o‘rniga Yahudo qabilasini, O‘zi sevgan Sion tog‘ini tanladi.
69
Abadiy o‘rnatgan yer kurrasi kabi, Samolar kabi O‘z muqaddas maskanini qurdi.
70
Xudo O‘z quli Dovudni tanlab oldi, Qo‘y qo‘rasidan uni chaqirib oldi.
71
U Dovudni sovliq qo‘y, qo‘zilarga cho‘ponlikdan oldi. O‘zining xalqi Isroilga, Yoqub nasliga cho‘pon qilib tayinladi.
72
Dovud ularga halollik bilan cho‘ponlik qildi, Mohirlik bilan ularni yetaklab bordi.
← Chapter 76
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 25
Chapter 26
Chapter 27
Chapter 28
Chapter 29
Chapter 30
Chapter 31
Chapter 32
Chapter 33
Chapter 34
Chapter 35
Chapter 36
Chapter 37
Chapter 38
Chapter 39
Chapter 40
Chapter 41
Chapter 42
Chapter 43
Chapter 44
Chapter 45
Chapter 46
Chapter 47
Chapter 48
Chapter 49
Chapter 50
Chapter 51
Chapter 52
Chapter 53
Chapter 54
Chapter 55
Chapter 56
Chapter 57
Chapter 58
Chapter 59
Chapter 60
Chapter 61
Chapter 62
Chapter 63
Chapter 64
Chapter 65
Chapter 66
Chapter 67
Chapter 68
Chapter 69
Chapter 70
Chapter 71
Chapter 72
Chapter 73
Chapter 74
Chapter 75
Chapter 76
Chapter 77
Chapter 78
Chapter 79
Chapter 80
Chapter 81
Chapter 82
Chapter 83
Chapter 84
Chapter 85
Chapter 86
Chapter 87
Chapter 88
Chapter 89
Chapter 90
Chapter 91
Chapter 92
Chapter 93
Chapter 94
Chapter 95
Chapter 96
Chapter 97
Chapter 98
Chapter 99
Chapter 100
Chapter 101
Chapter 102
Chapter 103
Chapter 104
Chapter 105
Chapter 106
Chapter 107
Chapter 108
Chapter 109
Chapter 110
Chapter 111
Chapter 112
Chapter 113
Chapter 114
Chapter 115
Chapter 116
Chapter 117
Chapter 118
Chapter 119
Chapter 120
Chapter 121
Chapter 122
Chapter 123
Chapter 124
Chapter 125
Chapter 126
Chapter 127
Chapter 128
Chapter 129
Chapter 130
Chapter 131
Chapter 132
Chapter 133
Chapter 134
Chapter 135
Chapter 136
Chapter 137
Chapter 138
Chapter 139
Chapter 140
Chapter 141
Chapter 142
Chapter 143
Chapter 144
Chapter 145
Chapter 146
Chapter 147
Chapter 148
Chapter 149
Chapter 150
Chapter 78 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114
115
116
117
118
119
120
121
122
123
124
125
126
127
128
129
130
131
132
133
134
135
136
137
138
139
140
141
142
143
144
145
146
147
148
149
150