bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Joshua 14
Joshua 14
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 13
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 15 →
1
Iordan daryosining g‘arbida Kan’on yurtidagi yerlardan Isroil xalqining qolgan qabilalari mulk oldilar. Ruhoniy Elazar, Nun o‘g‘li Yoshua va Isroil qabilalarining boshliqlari bu yerlarni qabilalarga bo‘lib berishdi.
2
Iordan daryosining g‘arbida mana shu to‘qqiz qabila va bir qabila yarmisining ulushlari, Musoga Egamiz buyurganday, qur’a tashlab belgilandi.
3
[3-4] Iordanning sharqida esa Muso ikki qabilaga va bir qabilaning yarmisiga ulush berib bo‘lgandi. Yusufning ikki o‘g‘li Manashe va Efrayimdan ikki qabila kelib chiqqan edi. Ammo Isroil qabilalari orasida Levi qabilasi hech qanday ulush olmadi. Ularga faqat o‘zlari yashashi uchun shaharlar va qo‘y–mollarini boqish uchun shaharlar atrofidagi yaylovlar berildi.
4
***
5
Shunday qilib, Egamiz Musoga buyurganday, Isroil xalqi yerlarni bo‘lib oldilar.
6
Bir kuni Yahudo qabilasidan bir necha kishi Yoshuaning oldiga kelishdi. Isroil xalqining hammasi hali ham Gilgaldagi qarorgohda edilar. Xanaz avlodidan bo‘lgan Yafunax o‘g‘li Xolib o‘sha kishilar orasida edi. U Yoshuaga shunday dedi: — Kadesh–Barna shahrida bo‘lganimizda, Xudoning odami Muso siz va men haqimizda nima deganini bilasiz. Muso Egamiz nomidan gapirdi.
7
Egamizning quli Muso meni Kadesh–Barnadan mana shu yerlarni tekshirib kelish uchun yuborganda qirq yoshda edim. Men qaytib kelib unga bor haqiqatni aytdim.
8
Men bilan birga borganlar xalqni vahimaga solgan bo‘lsa ham, men Egam Xudoga sodiq qoldim.
9
O‘sha kuni Muso qasam ichib shunday degan edi: “Sen Kan’on yurtida bosib o‘tgan yerlar abadiy senga va avlodlaringga ajratilgan mulk bo‘lib qoladi, chunki sen Egam Xudoga sodiq qolding.”
10
Mana ko‘rib turganingizdek, Egamiz Musoga shunday deb gapirganiga qirq besh yil bo‘ldi. O‘sha paytda Isroil xalqi sahroda yurgan edi. Xudoyim O‘zi aytganday o‘shandan beri jonimni saqlab kelyapti. Mana hozir sakson besh yoshdaman.
11
Muso meni yuborgan kunda qanday baquvvat bo‘lgan bo‘lsam, hozir ham shundayman. Haligacha jangga ham, qolgan barcha ishlarga ham quvvatim yetadi.
12
Endi Egamiz o‘sha kuni va’da qilgan qirlarni menga bering. O‘sha kuni ayg‘oqchilarning: “ Inoq avlodi u yerda o‘zlarining katta, mustahkam shaharlarida yasharkan”, — degan gaplarini o‘zingiz eshitdingiz. Ammo Egamiz men bilan birga bo‘lsa, Egamizning O‘zi aytganday, men ularni bu yurtdan haydab chiqaraman.
13
Shundan keyin Yoshua Xolibni duo qilib, Xevron shahrini unga mulk qilib berdi.
14
Shunday qilib, Xolib Isroil xalqining Xudosi — Egamizga sodiq qolgani uchun Xevron shahri uning va avlodining mulki bo‘lib qoldi.
15
Xevronning eski nomi Xirat–Arba edi. Arba Inoq avlodi orasida eng mashhur kishi bo‘lgan edi. Endi esa yurtda tinchlik barqaror bo‘ldi.
← Chapter 13
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 15 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24