bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Joshua 6
Joshua 6
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 5
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 7 →
1
Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Mana, Yerixo shahrini shohiyu sipohlari bilan birga sening qo‘lingga berdim.
2
Shahar atrofini barcha jangchilar bilan bir marta aylangin. Olti kun shunday qilasan.
3
Yettita ruhoniy ahd sandig‘ining oldida yursin. Ularning qo‘lida bittadan qo‘chqor shoxidan qilingan burg‘u bo‘lsin. Yettinchi kuni shahar atrofini yetti marta aylaninglar, ruhoniylar burg‘uni chalib yurishsin.
4
O‘sha kuni burg‘ularning uzoq chalinganini eshitishi bilanoq, hamma bor ovozi bilan baqirsin. Shunda shaharning devorlari qulaydi, hamma shaharga hujum qilib, to‘g‘ri kirib boraveradi.”
5
Yoshua ruhoniylarni chaqirib, ularga shunday dedi: “Ahd sandig‘ini ko‘taringlar, yettitangiz esa bittadan burg‘u olib, Egamizning ahd sandig‘i oldida yuring.”
6
Odamlarga esa: “Borib, shaharni aylaninglar, qurollangan jangchilarning hammasi Egamizning sandig‘i oldida borsin”, — dedi.
7
Yoshua xalqqa buyurganday, Egamiz oldida yettita ruhoniy burg‘ularni chalib borishar, Egamizning ahd sandig‘i esa ularning orqasidan borardi.
8
Qurollangan kishilar burg‘u chalayotgan ruhoniylar oldidan borishdi, sandiqning orqasidan esa qorovullar bo‘linmasi bordi. Burg‘ular to‘xtamay chalinib turar edi.
9
Yoshua xalqqa shunday degan edi: “Men aytmagunimcha, sizlar baqirmang, ovozingizni chiqarmang. Men sizlarga, baqiringlar, deb aytgan kundagina baqirasizlar.”
10
Egamizning sandig‘i shaharni bir marta aylanib keldi. Ular qarorgohga qaytib kelib, tunni o‘sha yerda o‘tkazishdi.
11
Yoshua ertasiga saharda turdi, ruhoniylar yana Egamizning sandig‘ini ko‘tarishdi.
12
Yettita burg‘uni ko‘targan yetti ruhoniy Egamiz sandig‘ining oldida borishdi. Ular burg‘ularni to‘xtamay chalishardi. Qurollangan kishilar esa ularning oldida borishardi. Egamizning sandig‘i orqasida esa qorovullar bo‘linmasi borardi, burg‘ular to‘xtamay chalinayotgan edi.
13
Ikkinchi kuni ham ular shahar atrofini bir marta aylanib, qarorgohga qaytib kelishdi. Ular olti kun shunday qildilar.
14
Yettinchi kuni erta tongda turib, oldingiday shaharning atrofini aylandilar, faqat o‘sha kuni yetti marta aylanishdi.
15
Yettinchi marta aylanayotganda, ruhoniylar burg‘uni chalar ekan, Yoshua odamlarga shunday dedi: “Baqiringlar, chunki Egamiz shaharni bizga bergan.
16
Shahar aholisiyu uning ichidagi hamma narsa Egamizga bag‘ishlanib, yo‘q qilinsin. Faqat fohisha Rahoba va uning uyidagilarning hammasi tirik qoladi, chunki u biz yuborgan ayg‘oqchilarni yashirgan edi.
17
Sizlar esa Egamizga bag‘ishlangan narsalarning hech biriga yaqinlashmang, yana o‘sha narsalarni olib, o‘zingiz ham halok bo‘lmang. Isroil xalqining qarorgohiga kulfat keltirmang, qarorgoh vayrona bo‘lmasin.
18
Lekin barcha oltin, kumush, hamma bronza va temirdan yasalgan idishlar Egamizga bag‘ishlangan. Ular Egamizning xazinasiga keltirilsin.”
19
Ruhoniylar burg‘ularni chaldilar. Xalq burg‘u tovushini eshitishi bilanoq baland ovoz bilan baqirgan edi, butun shahar devorlari qulab tushdi. Isroil jangchilari turgan joylaridan to‘g‘ri shaharga kirib, unga hujum qilishdi. Isroil jangchilari shaharni qo‘lga kiritishdi.
20
Ular shahardagi hammani, erkagu ayollarni, yoshu qarilarni, mol–qo‘y, eshaklarni — butun jonzotni qirib tashladilar.
21
Yoshua o‘sha yerni tekshirib kelgan ikki kishiga aytdi: “Fohishaning uyiga boringlar. Ichgan ontingizga amal qilib, u bilan uyidagilarning hammasini olib chiqing.”
22
Ayg‘oqchi bo‘lgan kishilar borib, Rahobani, uning ota–onasini, aka–ukalarini, hamma qarindoshlarini shahardan olib chiqib, ularni Isroil qarorgohining yoniga, xavfsiz joyga keltirdilar.
23
Isroil jangchilari shaharni uning ichidagi bor narsasi bilan yondirib tashladilar. Faqat oltin, kumush, bronza va temirdan yasalgan idishlarni Egamiz uyining xazinasiga keltirdilar.
24
Fohisha Rahoba va uning hamma qarindoshlarini Yoshua saqlab qoldi, chunki Yoshua Yerixoni tekshirib kelish uchun yuborgan ayg‘oqchilarni u yashirgan edi. Uning xonadoni o‘shandan beri Isroilda yashaydi.
25
Keyin Yoshua qasam ichib, quyidagilarni aytdi: “Yerixo shahrini qayta qurmoqchi bo‘lgan, Egamiz oldida la’nati bo‘lar! O‘z to‘ng‘ich o‘g‘lining joni evaziga shahar poydevorin qo‘yar, Kenja o‘g‘lining joni evaziga darvozalar o‘rnatar!”
26
Egamiz Yoshua bilan birga edi. Yoshuaning shuhrati butun yurtga tarqaldi.
← Chapter 5
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 7 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24