bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Joshua 3
Joshua 3
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 4 →
1
Ertasiga tongda Yoshua butun Isroil xalqi bilan birga Shitim qarorgohidan chiqib, Iordanga yetib kelishdi. Daryoni kechib o‘tishdan oldin ular o‘sha yerda qarorgoh qurishdi.
2
Uch kundan keyin qabila nazoratchilari qarorgoh bo‘ylab yurib,
3
xalqqa shunday deyishdi: “ Levi ruhoniylari Egangiz Xudoning ahd sandig‘ini ko‘tarib ketayotganini ko‘rganingizda yo‘lga chiqasizlar. Uning orqasidan boringlar,
4
shunda boradigan yo‘lingizni bilib olasizlar, chunki sizlar bu yo‘ldan oldin yurmagansizlar. Lekin sandiq bilan sizlarning orangizdagi masofa taxminan ikki ming tirsak bo‘lishi kerak. Orangizdagi masofa mana shundan kam bo‘lmasin.”
5
Keyin Yoshua xalqqa: “O‘zingizni poklang, chunki ertaga Egamiz oramizda mo‘jizalar qiladi”, — dedi.
6
Ertasiga Yoshua ruhoniylarga shunday dedi: “Ahd sandig‘ini olib, xalqning oldida yuringlar.” Ruhoniylar ahd sandig‘ini ko‘tarib, xalq oldida borishdi.
7
Egamiz Yoshuaga shunday dedi: — Bugundan boshlab seni butun Isroil xalqi oldida ko‘kka ko‘taraman, shunda ular Men Muso bilan bo‘lganimdek, sen bilan birga bo‘lishimni bilishadi.
8
Ahd sandig‘ini ko‘tarib boradigan ruhoniylarga aytasan: “Iordan daryosiga yetib borganingizdan keyin daryoga kirib to‘xtanglar.”
9
Keyin Yoshua Isroil xalqiga shunday dedi: — Yaqinroq kelib, Egangiz Xudoning gaplarini eshiting.
10
[10-11] Mana, butun olam Rabbiysining ahd sandig‘i oldingizda Iordan daryosidan o‘tadi. Shunday qilib, barhayot Xudo sizlarning orangizda ekanligini, Uning O‘zi Kan’on, Xet, Xiv, Pariz, Girgosh, Amor va Yobus xalqlarini albatta sizlarning oldingizdan quvib yuborishini bilasizlar.
11
***
12
Endi Isroil xalqining har bir qabilasidan bittadan, jami o‘n ikkita erkakni tanlang.
13
Butun olam Rabbiysi, Egamizning ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylarning oyoqlari Iordan daryosining suvlariga tegishi bilanoq oqim to‘xtab qoladi, suv bir joyda yig‘ilib turadi.
14
Xalq o‘z chodirlarini yig‘ib, Iordandan o‘tish uchun yo‘lga tushganda, ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylar ularning oldida borar edi.
15
Iordan suvi hosil paytida qirg‘oqlaridan ham toshib oqardi. Ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylar Iordanga yaqinlashdi. Ularning oyoqlari suvga tegishi bilanoq
16
daryoning oqimi to‘xtab qoldi. Suv uzoqda joylashgan Zoraton yonidagi Adama shahri oldida yig‘ilib qoldi, O‘lik dengizga quyiladigan suv esa butunlay to‘xtab qoldi. Shundan keyin xalq daryodan o‘tib, Yerixo shahrining yonidagi yerlarga bordi.
17
Butun Isroil xalqi quruq yerdan yurib, Iordandan o‘tib bo‘lmaguncha, ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylar daryoning o‘rtasida, quruq yerda turishdi.
← Chapter 2
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 4 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24