bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Joshua 23
Joshua 23
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 22
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 24 →
1
Ancha yillar o‘tdi, Egamiz Isroil xalqiga ularning atroflaridagi dushmanlaridan tinchlik bergan edi. Yoshua ham yoshi ancha o‘tib, qarib qolgan edi.
2
U butun Isroil xalqini, ularning oqsoqollariyu boshliqlarini, hakam va nazoratchilarini chaqirib shunday dedi: “Mening yoshim ham o‘tdi, ancha qarib qoldim.
3
Egangiz Xudo sizlar uchun atrofingizdagi xalqlarni nima qilganini ko‘rdingiz. Egangiz Xudoning O‘zi sizlar uchun jang qildi.
4
Men Isroil xalqining qabilalariga sharqda Iordan daryosidan boshlab g‘arbdagi O‘rta yer dengizigacha bo‘lgan yerlarni mulk qilib berdim. Men sizlarga mag‘lub bo‘lgan xalqlarning ham, hali mag‘lub qilinmagan xalqlarning ham yerlarini berdim.
5
Egangiz Xudoning O‘zi o‘sha xalqlarni oldingizdan haydab, orqaga chekintiradi. Egangiz Xudoning O‘zi va’da qilganday, sizlar ularning yerlarini egallaysizlar.
6
Musoning Tavrot kitobida yozilgan barcha qonunlardan chetga chiqmanglar. Ularni bitta ham qoldirmay bajaringlar.
7
Orangizda qolgan o‘zga xalqlarga qo‘shilmanglar. Ularning xudolarining nomlarini tilga ham olmanglar, o‘sha xudolarning nomi bilan qasam ichmanglar. U xudolarga sajda ham qilmanglar, xizmat ham qilmanglar.
8
Ammo shu paytgacha qilib kelganingizday, Egangiz Xudoga sodiq qolinglar.
9
Egamiz sizlarning oldingizdan katta va kuchli xalqlarni haydab chiqardi, mana shu kungacha hech kim sizlarga bas kela olgani yo‘q.
10
Egangiz Xudo va’da qilganday, Uning O‘zi sizlar uchun jang qiladi. Dushmanlarning mingtasi bittangizga bas kela olmaydi.
11
Shuning uchun doimo chin dildan Egangiz Xudoni sevinglar.
12
Undan yuz o‘girmang, orangizdagi o‘zga xalqlar bilan aralashmang, ular bilan quda–andachilik qilmang.
13
Agar shunday qilsangiz, bilib qo‘yingki, Egangiz Xudo o‘sha xalqlarni sizlarning oldingizdan boshqa haydab chiqarmaydi. Ular sizlarga qopqon va tuzoqday, biqinlaringizga qamchiday, ko‘zlaringizga esa tikanday bo‘ladi. Oxiri, Egangiz Xudo sizlarga bergan mana shu hosildor yurtda birortangiz ham tirik qolmaysiz.
14
Men ham bir bandaman, umrim oxirlab boryapti. Shubhasiz, hammangiz bilasiz, Egangiz Xudo sizlarga yaxshi va’dalar bergan edi, shu va’dalarning hammasi ro‘yobga chiqdi, ularning birortasi ham bajarilmay qolmadi.
15
Egangiz Xudo sizlarga va’da qilgan barcha yaxshi narsalarni ro‘yobga chiqardi. Agar Egamizga itoat qilmasangiz, U sizlarni ogohlantirib aytgan kulfatlarni boshingizga soladi. Oqibatda U sizlarga bergan mana shu hosildor yurtdan sizlarni butunlay yo‘q qilib tashlaydi.
16
Agar sizlar Egangiz Xudo bilan qilgan ahdni buzib, boshqa xudolarga ergashsangiz, ularga xizmat qilib, sajda qilsangiz, sizlarga qarshi Egamizning g‘azabi qo‘zg‘aydi–da, U sizlarga bergan mana shu hosildor yurtdan tezda qirilib ketasizlar.”
← Chapter 22
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 24 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24