bible
ra
🌐 Language
English
Español
Français
Deutsch
Português
Italiano
Nederlands
Русский
中文
日本語
한국어
العربية
Türkçe
Tiếng Việt
ไทย
Indonesia
All Languages
Home
/
Uzbek
/
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
/
Joshua 20
Joshua 20
Uzbek Latin 2016 (UZLBC) (Muqaddas Kitob)
← Chapter 19
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 21 →
1
Egamiz bir kuni Yoshuaga shunday deb aytdi:
2
— Isroil xalqiga shu gaplarni yetkazgin: “Muso orqali sizlarga buyurganimday, panoh shaharlarni belgilanglar.
3
Shunda birortasi bilmasdan odam o‘ldirib qo‘ysa, qochib o‘sha shaharlardan biriga borsin. O‘lgan odamning qarindoshlari qasos olmoqchi bo‘lib, qotilning orqasidan quvib borsa, u mana shu shaharlarning birida panoh topadi.
4
Shaharga yetib borgandan keyin, qotil shahar darvozasi oldida o‘tirgan shahar rahbarlariga o‘z vaziyatini tushuntirsin. Shunda uni shaharga olib kirib, uy–joy berishadi.
5
Qasoskor qotilning orqasidan quvib kelsa, uni qasoskorga bermaslik kerak. Axir, u odamni bilmasdan o‘ldirib qo‘ygan, ularning orasida hech qanday dushmanlik yo‘q edi.
6
Jamoa yig‘ilib, qotilni hukm qilmaguncha, o‘sha odam panoh shaharda qolishi lozim. Aybsiz, deb topilgandan keyin esa qotil o‘sha paytda xizmat qilayotgan oliy ruhoniyning o‘limiga qadar panoh shaharda yashashi kerak. Oliy ruhoniyning o‘limidan keyingina u o‘zi qochib kelgan joyga qaytib borishi mumkin.”
7
Iordan daryosining g‘arb tomonida Isroil xalqi panoh shaharlar qilib quyidagi shaharlarni ajratdi: Naftali qabilasiga tegishli qirlarda joylashgan Jaliladagi Kedesh shahri, Efrayim qabilasiga tegishli qirlardagi Shakam shahri, Yahudo qabilasining qirlaridagi Xirat–Arba, ya’ni Xevron shahri.
8
Iordan daryosining sharqida, Yerixo shahrining qarshi tomonida esa Isroil xalqi quyidagi shaharlarni panoh shaharlar qilib ajratdi: yassi tepalik sahrosida joylashgan Ruben qabilasiga tegishli bo‘lgan Bazer shahri, Gad qabilasiga tegishli Giladdagi Ramo‘t shahri, Manashe qabilasiga tegishli Bashandagi Go‘lon shahri.
9
Mana shu shaharlar Isroil xalqi va ularning orasida yashayotgan begonalar uchun ajratildi. Agar birortasi bilmasdan odam o‘ldirib qo‘ysa, o‘sha panoh shaharlardan biriga qochib boradi. Shunday qilib, jamoa adolatli hukm chiqarmaguncha, odam o‘ldirgan kishi panoh shaharda xavf–xatarsiz bo‘lib, uni quvib kelgan qasoskor qo‘lida halok bo‘lmaydi.
← Chapter 19
Jump to:
Chapter 1
Chapter 2
Chapter 3
Chapter 4
Chapter 5
Chapter 6
Chapter 7
Chapter 8
Chapter 9
Chapter 10
Chapter 11
Chapter 12
Chapter 13
Chapter 14
Chapter 15
Chapter 16
Chapter 17
Chapter 18
Chapter 19
Chapter 20
Chapter 21
Chapter 22
Chapter 23
Chapter 24
Chapter 21 →
All chapters:
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24